4)bortlar soni yoki ish frontining siljishi yo'nalishi.
Qoplovchi jinslarni tashish usuliga ko'ra ochiq usulda qazish tizimlari uch sinfga bo'linadi:
-- transportsiz;
-- transportli;
-- kombinastiyalashgan ko'rinishi.
Qazib olish tizimi tasniflari.
Transportsiz qazish tizimi.
Prof. E.F.Sheshko o'zining qazib olish tizimi klassifikatsiyasiga qoplovchi tog' jinslarini zaboydan ag'darmaga tashish, joylashtirish yo'nalishini asos qilib olgan. Yuqoridagi belgilari bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi:
A. Qoplovchi tog' jinslarini transport vositalarini qo'llamagan holda ag'darmaga ko'ndalangiga joylashtirish tizimi; bu tizim transportsiz qazish tizimi deb nomlanadi.
Transportsiz qazish tizimlari shunisi bilan xarakterliki, ularda qoplovchi jinslar ekskavatorlar yoki ag'darma hosil qilgichlar yordamida ichki ag'darmalarga yotqiziladi yoki uyiladi.
Transportsiz qazish tizimlari shunisi bilan xarakterliki, ularda qoplovchi jinslar ekskavatorlar yoki ag'darma hosil qilgichlar yordamida ichki ag'darmalarga yotqiziladi yoki uyiladi.
Qoplovchi jinslarni bevosita ekskavatorli uyish qazish tizimida jinslarni zaboydan ag'darmagacha siljitish birgalikda ishlovchi ochuvchi va ag'darma hosil qiluvchi ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Biroq ular faqat foydali qazilmalar nishab yotgan va qatlamlar qalinligi uncha katta bo'lmagan hollardagina qo'llanilishi mumkin. Bundan tashqari, bu tizimlarda ochish va qazish ishlari orasida qattiq bog'liqlik mavjud bo'ladi, chunki ochilishi kerak bo'lgan zaxiralar miqdori, ochuvchi va ag'darma hosil qiluvchi mashinalarning ishchi parametrlari va quvvati bilan chegaralanadi.