left va right index lari markazidagi elementni topamiz (left + right) / 2
topilgan elementimiz biz qidirayotgan elementga teng bo'lsa unda mid elementni javob sifatida qaytaramiz
agar a[mid] elementimiz biz qidirayotgan elementdan kichkina bo'lsa biz left = mid deb belgilaymiz va shunda a[mid:right] bo'lagida qidiruv davom etadi.
agar a[mid] elementimiz biz qidirayotgan elementdan katta bo'lsa demak right = mid deb belgilaymiz shunda qidiruv a[left:mid] bo'lagida qidiruv davom etadi.
Shu zaylda qidiruv left < right shart bajarilmagunicha davom etadi, agar bu jarayonda biz qidirgan element topilmasa u xolda -1 javob qaytariladi, quyida dastur kodi keltirilgan: #include
cout<<"Enter an integer: "<< endl; cin>> userValue;
int result = binarySearch(a, 8, userValue);
if(result >=0) { cout<<"The number "<< a[result]<<" was found at the" " element with index "<< result << endl; } else { cout<<"The number "<< userValue <<" was not found. "<< endl; } }
Bu usul binar qidiruvni iterativ usuli deyiladi, shuningdek bu algoritmni rekursiya usulida ham yozish mumkin, rekursiv usulni erinmasangiz o'zingiz yozib ko'ring. Bitta urinishda ko'pchilik dasturchilar bu narsani to'g'ri yoza olishmaydi va bu normal holat, chunki xato bor joyda o'z ustida ishlash uchun imkoniyat bo'ladi. Endi bu qidiruv usullarini ayrim jihatlarini keltirib o'tamiz:
funksiyaga berilayotgan massiv Binar qidiruv uchun albatta o'sish tartibida bo'lishi talab qilinadi, chiziqli qidiruv uchun esa berilayotgan massiv qay tartibda bo'lishini ahamiyati yo'q
chiziqli qidiruvda elementlarni bittalab har birini tekshiriladi, binarda esa algoritmidan kelib chiqib chiziqliga nisbatan ancha kam solishtirish amali bajariladi, chiziqli qidiruvning ishlash vaqti ko'pi bilan O(n) va binar qidiruvniki ko'pi bilan O(log n)
"Xesh" so'zi ingliz tilidagi «hash» so’zidan olingan bo’lib, uning ma'nosi “shovqin” yoki “aralash” kabi ta'riflanadi. Aslida, bular atamaning haqiqiy ma'nosini to'liq ifodalaydi. 1. Xesh jadvalni tashkil etish: asosiy tushunchalar • Xeshlash – bu ma'lum bir turdagi va ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma'lumotlari massivini fiksirlangan uzunlikdagi chiquvchi bitlar qatoriga (butun son) aylantirish. Bunday akslantirish (aylantirish) xesh-funksiya deb ham ataladi. Xesh-funksiya – bu kirish ma’lumotlarini sonlarga aylantiruvchi funksiya bo’lib, bir xil ma’lumotlar to’plami hamma vaqt bir xil natija beradi. •Xesh-jadval – bu elementlari “kalit-qiymat” juftliklari bo'lgan assotsiativ massiv shaklidagi ma'lumotlar tuzilmasi.
• Xeshlash assotsiativ massivlarni tashkil qilish uchun qo’llaniladi, bunda indekslari sonlar emas, balki ixtiyoriy qiymatlar bo’ladi. Xeshlashdan odatda matnlardan nusxalarning takrorlanishini qidirishda, ya'ni xesh-funksiyalarining bir xil qiymatiga ega bo'laklarni qidirishda foydalaniladi. Bundan tashqari, xeshlash ko'pincha parollarni saqlash uchun ishlatiladi; shu bilan birgalikda noyob identifikatorlarni yaratish uchun, masalan, agar fayl o'ziga xos nomni talab qilsa, siz ushbu faylni xeshlash natijasini hisoblab chiqishingiz va natijani faylga nom sifatida ishlatishingiz mumkin. Shuningdek, bu matnlarning nazorat summasini hisoblash uchun juda muhimdir. Aytaylik, foydalanuvchi tarmoq orqali bir nechta matn yuborishi kerak. Tekshirish summasi matn bilan birga uzatiladi, olinganidan keyin asl nusxasi bilan tekshiriladi. Agar summasi mos kelmasa, demak matnni uzatishda qandaydir xatolik bo’lganligi haqida xulosa qilish mumkin bo’ladi.