Mavzu: qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Reja



Yüklə 26,84 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü26,84 Kb.
#165462
  1   2   3
Mavzu qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigi-fayllar.org


Mavzu: qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi

MAVZU: QON VA QON AYLANISH TIZIMINING YOSH XUSUSIYATLARI VA GIGIYENASI.

Reja:
1. Organizmda qonning ahamiyati.
2. Qonning xususiyatlari va tarkibii qismi.
A) eritrotsitlar B) leykotsitlar V) trombotsitlar
3. Qonning cho‘kish tezligi va qon gruppalari.
4. Qon aylanish va yurak-tomir faoliyatining yosh xususiyatlari.
5. Yurak qon-tomir sistemasining chiniqtirish va jismoniy mashqlanishning ahamiyati.

Tayanch tushunchalar: Qon, limfa, eritrotsit, leykotsit, trombotsit, qon deposi, muhit, vorsinka, plazma, gemoglabin, immunitet.
Organizmning ichki muhitini qon, limfa va to‘qima suyuqligi tashkil etadi. Bular tomirlarni va to‘qimalar orasidagi bo‘shliklarni to‘ldirib turadi.
Qon, to‘qima suyuk va limfa tarkibi va fizik kimyoviy xossalarini uncha o‘zgartirmasdan doimo bir xilda saklaydi. Bu doimiylik, ya’ni qon, to‘qima suyuqligi va limfaning tarkibi qismini muvozanatda bo‘lishi, hayot faoliyati normal kechib turishi uchun zarurdir.
Bolalarda qonning absalyut miqdori, bolaning o‘sishi va rivojlanishi jarayonida oshib borsa, nisbiy miqdori (1kg. Og‘irlikka tug‘ri keladigan miqdorda) kamayib boradi.
Bolalarning tana vazniga nisbatan qon miqdori chaqaloqlarda 17.7%, 1 yoshli bolada 10.9% ni 6-10 yashar bolada 6.97% ni, 11-16 yoshli bolalarda esa 6.81% ni tashkil etadi. O‘g‘il bolalardagiga qaraganda qon kiz bolalarda birmuncha ko‘proq bo‘ladi.
Qon suyuq biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, qizil rangli, yopishqoq xira bo‘ladi, reaksiyasi kuchsiz ishkoriy va ta’mi shurroq bo‘ladi.
  1. Qon-ichak vorsinkalarida so‘rilgan oziq moddalarni organizm to‘qima va hujayralariga etkazib beradi.


  2. Hujayra va to‘qimalarda modda almashinish jarayonida hosil bo‘lgan keraksiz qoldiq mahsulotlarni organizmdan chiqaruv organlariga etkazib beradi.


  3. Qon o‘pkada kislorodga tuyinib, so‘ngra hujayralarga tarqatadi.


  4. Ichki sekretsiya bezlarida ishlangan gormonlar qon orqali turli organlarga boradi, shuning natijasida organlarni bir-biri bilan aloqasini bog‘laydi.


  5. Qon elementlari organizmga tushgan yot va zararli moddalarga, hamda yuqumli mikroblarga qarshi kurash olib boradi. Qondagi maxsus oqsil moddalar qonga tushgan mikrob va viruslarni parchalash xususiyatiga ega.


  6. Qondagi oziq moddalar va boshqa hujayra va to‘qimalarning ishlash uchun muvofik sharoit yaratib beradi,


  7. Qon temperaturasining turg‘unligi saqlashda katta rol o‘ynaydi.


Qonning 1F4-1F3 qismi yukotilganda hayot uchun xavfli hisoblanadi.


Qonning taxminan 55-60% qon plazmasi 40-45% qon shaklli elementlarini tashkil etadi. 8-10% turli oksillar, mineral tuzlar, uglevodlar, gormonlar tashkil etadi.
Qonning xususiyatlari odamning yoshiga o‘zgarib boradi. Bolaning bir yoshidagi qonning xususiyatlari katta odamnikidan fark qiladi. Bunga sabab, modda almashinuvining tezligi, qon yaratuvchi organlarning yaratuvchanlik moxiyati va tuzilishi bilan bog‘liq.
Bola qancha yosh bo‘lsa, tana og‘irligiga nisbatan shuncha ko‘p qon to‘g‘ri keladi. Umumiy tana og‘irligiga nisbatan yangi tug‘ilagan bolalarda qon 15% ni, katta odamlarda 7% tashkil etadi. O‘rtacha katta yoshni (70 kg.) organizmda 5-6 litr qon bo‘ladi.
Bolalarda qonning yopishqoqligi yuqori bo‘ladi. Masalan; Yangi tug‘ilgan bolalarda 10-11 bo‘lsa, 2 yoshli bolalarda 6 ga, katta yoshli odamlarda 4 ga tushib qoladi.
Qonning ko‘pchilik qismi bolalarda eritrotsitlar tashkil qilib, uning plazma qismi 50% dan ham kam bo‘ladi.
Plazma, suv organik birikmalar va anorganik tuzlardan iborat. Plazmaning 90-92% suv tashkil etadi. qonning 8-10% turli oksillar, mineral tuzlar, uglevodlar, fermentlar, gormonlar tashkil etadi. Yangi tug‘ilgan bolalarda og‘irligiga 150 sm3, ko‘krak yoshidagi bolada 110 sm3, 7-12 yoshda 70 sm3, 15 yoshdan boshlab tana og‘irligini har kg. ga 65 sm3 qon to‘g‘ri keladi.
Qon shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va xokazolar (limfotsitlar, neytrofillar, eozenofillar) kiradi.
1mm3 qonda ularning o‘rta soni 4,5-5,5 ml-on eritrotsit bo‘ladi, Eritrotsitlarning asosiy vazifasi, ular nafas organlaridan (o’pkadan) organizm to‘qimalariga kislorod tashish va organizmda tuz va suv muvozanatini ushlash vazifasini bajaradi.
Eritrotsitlarningssitoplazmasida gemoglabin degan rangli modda bor. Gemoglabin ikki qismdan iborat: oqsilli qismi - globin va temirli qismi gemdan iborat, Gemoglabinga qizil rang beruvchi temir moddasi hisoblanadi.
7-9 yashar bolalarda 80-81% gacha, 10-11 yashar bolalarda 85%, katta odamlar qonida 100% gacha, ya’ni 100 ml. qonda 17,3 gr. gemoglabin bo‘ladi. Gemoglabin 70 % gacha yoki 100 ml. qonda 14 gr. tushganda organizm kasal bo‘ladi.
Leykotsitlar oq qon tanachalari qonning yadroli hujayralari bo‘lib, aktiv harakatlanishi xususiyatiga egadir. Ular har xil shaklda bo‘lib, 1 kubFmm. bolalar qonida 8000-11000 gacha bo‘ladi, katta odamlarda normal holatlda 6-8 ming leykotsit bo‘ladi. Ularni soni kun mobaynida ham o‘zgarib turishi mumkin. 1 mm3 7 yoshli bola qonida 11000, 9 yoshli bola qonida 10000, 13 yoshli bolada 8500 ta leykotsit bo‘ladi.
Leykotsitlar organizm ichki muhitning posboni hisoblanadi, chunki leykotsitlar qonga va limfaga tushgan mikroblarni, viruslarni va sodda hayvonlarni organizmni ichkarisiga kirishga qattiq kurashadi. Organizmga tushgan zaharli moddalarni neytrallash xususiyatiga egadir. Leykotsitlar fagatsitoz yo’li bilan ovqatlanadi. Ular qon tomirlaridan tashqari ham, qon tomir devorlaridan o‘tib yallig’langan yoki shikastlangan joyga etib borib, mikroblarga qarshi kurashishi va kimyo qilishi mumkin.
Trombotsitlar - qon plastinkalari qonning eng shaklli elementlari orasida eng maydasidir. Ularning diametri 2-4 shakli ortmaydi. Ular qo‘shiqda hosil bo‘ladi.
1mm3 qonda 300000 dan 400000 qon plastikalari bo‘ladi.
Trombotsitlar ham yoshga karab o‘zgarib boradi. Katta odamlarda 1mm3 qonda 200-400 ming, 1 yoshgacha bolalarda 160-330 ming, 1 yoshdan 2 yoshgacha 140-370 ming, 2-3 yoshda 150-300 ming, 3-4 yoshda 356-370 ming trombotsitlar bo‘ladi. Trombotsitlar qonning ivishida muhim rol o‘ynaydi. Muskullarning harakati bilan bog‘liq jismoniy ish bajarilganda trombotsitlar miqdori ortadi. Bu xodisani miogen trombotsigoz deb ataladi.
Qon ivishi katta biologik ahamiyatga ega bo‘lib, organizm jaroxatlanganda qon yo‘qotishdan saklaydi. Organizm jaroxatlanganda qon chiqqan trombotsitlar yoriladi va ulardan chiqqan maxsus modda - serotanik qon tomirlarini torishini ta’minlaydi.
Bolaning o‘sish va rivojlanish jarayonida yurak massasi va hajmi ortib boradi. Shu bilan birga funksiyasi ham o‘zgaradi, Bunday o‘zgarishlar bolaning birinchi yoshlarida, qisman barcha yoshida va jismoniy balog‘at yoshida juda tez bo‘ladi. Katta odamda yurak konus shaklida bo‘lib, ko‘krak qafasidan 1F3 qismi chap tomonda, 2F3 qismi o‘ng tomonda joylashgan muskulli organdir.
Yurak 3 kavatdan tuzilgan: tashqi seroz, epikard qavat, o‘rta muskulli va ichki yassi epiteliyadan tashkil topgan-endokard qavatdan iborat. Tashqi qavat yurak xaltasiga tutashib ketgan bo‘ladi.
Odam yuragi bir-biridan ajralgan o‘ng va chap bo‘laklarga bo‘lingan bo‘ladi. Yurakning o‘ng bo‘lagiga organizmdan kelaetgan vena tomirlarikuyiladi. Chap bo‘lagiga o‘pkadan kelaetgan arteriya qoni bo‘lgan o‘pka venalari kuyiladi.
Yurakning har bir bo‘lagi ikki kameradan: bo‘lmacha va qorinchadan tashkil topgan. Shunday kilib, yurak 4 kameradan: ikkita yurak bo‘lmasi va ikkita yurak qorinchalaridan tashkil topgan bo‘ladi
Bolaning 7-8 yoshida yurak muskullarining elastik tolalari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Yurak muskullarining rivojlanishi va diferensiyalanishi 18-20 yoshgacha davom etadi.
Yurak bo‘lmachalari va qorinchalarining ketma-ket qisqarishi hamda bo‘shashishini yurakning o‘tkazuvchi sistemasi uyg‘unlashtirib turadi. Impul’slar yurakning muskul tolalaridan atipik muskul tolalari orqali boshqa muskullarga o‘tadi. Bu tolalar Purkine tolalari deb ataladi.
Yurakning o‘ng qulog‘i bilan yuqorigi kovak vena o‘rtasida tolalar tuguni bo‘lib, ular Keyt-Flak tuguni deb ataladi. Bu tugun xuddi shunday tolalar yordamida yurakning o‘ng qulog‘i bilan qorinchasi o‘rtasida joylashgan ikkinchi tugun – Ashof-Tavar tuguniga tutashadi. Bu tugundan kattagina tolalar tutami – Gis tutami boshlanib, u qorinchalar to‘sig‘i bo‘ylab pastga tushadi va ikki oyoqchaga bo‘linadi, so‘ngra o‘ng va chap qorincha epikardi ostida tarmoqlanib, so‘rg‘ichsimon muskullarda tugaydi.
3-ta qoziq tishlar klapin o’ng yurak bo’lmasi va o’ng yurak qorinchasi orasida joylashgan. Ikkita qoziq tishlar klapin (bicuspid valve, mitral valve) chap yurak bo’lmasi va chap yuurak qorinchasini ajratib turadi. (5.6-chizma)
Yarim oysimon klapinlar o’pka arteriyasi va aortaga kirishda joylashadi ular to’liq o’ng yurak qisilishidan keyin orqadan oqadigan qonni saqlab qoladi.

O’ng qorinchaning devori


ventricle

Wall of right


ventricle

Oldingi ichki qorincha tarmog’i

miokard

perikard

endokard

chap qorincha devori

chap qorincha

o'ng qorincha

Orqa ichki qorincha tarmog’i


Yüklə 26,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin