Mavzu: Qo‘shish va ayirish, ko‘paytrish va bo’lish amali ma’nosini ochib berish hamda uni bosqichlab kontsentrlarda bajarilishini o‘rgatish



Yüklə 12,76 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü12,76 Kb.
#182601
GULNOZA ABDULLAYEVA


URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI 22.02-GURUX TALABASI ABDULLAYEVA GULNOZANING MATEMATIKA VA UNI O’QITISH METO’DIKASI FANIDAN TAQDIMOTI
Mavzu: Qo‘shish va ayirish, ko‘paytrish va bo’lish amali ma’nosini ochib berish hamda uni bosqichlab kontsentrlarda bajarilishini o‘rgatish.
1..”O’nlik mavzusida” arifmetik amallarni o’rganish.
2.“Yuzlik” mavzusida arifmetik amallarni o`rganish.
3. “Minglik” mavzusida arifmetik amallarni o`rganish.
REJA.
Mavzuni o’rganishda o’qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat: qo’shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtirish;
hisoblash usullaridan ongli foydalanishni ta’minlash;
“sonni qismlari bo’yicha (bittalab yoki gruppalab) qo’shish va ayirish” usuli;
yig’indining o’rni almashtirish xossasidan foydalanib qo’shish usuli;
v) sonlarni ayirishda qo’shish amalidan ya’ni noma’lum komponentni topishdan foydalanish. 3) 10 ichida qo’shish va ayirishni avtomatizmga yetkazish;
Mavzuni o’zaro bog’langan bir nechta bosqichlarga bo’lib o’rganamiz. 1-bosqich. Tayyorgarlik bosqichi: qo’shish va ayirish amalining aniq mazmunini ochish; a+1 ko’rinishdagi qo’shish va ayirish hollari. Bu ish 1-10 ichida sonlarni o’rganishga bag’ishlangan boshlanadi. Bunda ikki to’plamning birlashmasiga doir va to’la qismini ajratishga doir yetarli mashq bajaradilar. Nomerlashni o’rganish jarayonida 1-o’rindagi keyingi son dan 1 ni ayirishdan hosil bo’lishi, shu bilan sonlar ko’rinishdagi hollar uchun jadval tuziladsi. Birinchi darsdanoq 1-1=0, 0+1=1 ko’rinishdagi amallarga to’xtaladi.
2-bosqich.a+2, a+3, a+4 ko’rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish. Bu hollarning har biri uchun taxminan bir xil quyidagi reja tuziladi. 1)tayyorgarlik sifatida sonlarni 2 qo’shiluvchiga ajratish va qo’shish hamda ayirish jadvallari takrorlanadi; 2)sonni qismlar bo’yicha qo’shish va ayirish usullari bilan tanishish; 3)yangi bilimlarni mustahkamlash va uni qo’llash; 4)qo’shish va ayirish jadvallarini ongli eslab qolishga doir ishlar.
3-bosqich.a+6, a+7, a+9 ko’rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish. Bu ishlarni bajarish jarayonida ham oldingilardek bajarilib qo’shiluvchi, yig’indi so’zlari bilan tanishadilar. 

Qo’shiluvchi

4

6

5

3

7

2

1

0

Qo’shiluvchi

0

2

3

4

2

5

7

8

Bolalarga tushunarli bo’lishi uchun quyidagidek jadvallarni o’rgatish mumkin:
O’q-uvchilar 4+2=6, 2+4-6 kabi misollarni yechish orqali o’rin almashtirish xossasi bilan tanishadilar va uni qoida sifatida ifodalaydilar.
Yig’indi
6=…+… , 7=…+… kabi ko’rgazmali mustaqil ishlar beriladi. 4-bosqich. a-5, a-6, a-7, a-8 ko’rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish.
Bunda yig’indi va qo’shiluvchilardan biri orqali ikkinchi qo’shiluvchini topishga asoslangan. Qo’shishning o’rin almashtirish xossasini o’qitish. Qo’shiluvchilarning o’rnini almashtirish usullari bolalar tushunib olishlari uchun dastlab ularga qo’shishining o’rin almashtirish xossasi mohiyati ochib berish maqsadga muvofiqdir. Qo’shishning o’rin almashtirish xossasi bilan bolalarni quyidagicha tanishtirish mumkin. O’quvchilarga masalan, 4 ta yashil va 3 ta qizil uchburchak olish buyuriladi. O’qituvchi 3 ta uchburchakni 4 ta uchburchakka qo’shib qo’ying. Uchburchaklar nechta bo’ladiq Buni qanday bildingiz? O’quvchi: 4 ga 3 qo’shilsa 7 hosil bo’ladi (yozadi:4+3=7) O’qituvchi endi uchburchakning rangiga qarab ajrating va 4 ta uchburchakni 3 ta uchburchakka qo’shib qo’ying. Uchburchaklar nechta bo’ladiq O’quvchi: bu gal ham 7 ta (yozadi 4+3=7). O’qituvchi: bu misollarni sonlarni qo’shishdagi parametr nomlari bilan aytib bering. O’quvchi: birinchi qo’shiluvchi 4, ikkinchi qo’shiluvchi 3, yig’indi 7. Birinchi qo’shiluvchi 3, ikkinchi qo’shiluvchi 4 yig’indi 7. O’qituvchi: bu misollar nimasi bilan o’xshash? O’quvchi: qo’shiluvchilar bir xil, yig’indi bir xil. O’qituvchi: bu misollar nimasi bilan farq qiladiq O’quvchi: qo’shiluvchilarni o’rni almashdi.
So’ngra qo’shiluvchilarning o’rin almashtirish usulining mohiyatni ochib beradi, ya’ni hisoblashlarda qachon o’rin almashtirish xossasidan foydalanish ko’rsatiladi. Ana shu maqsadda amaliy xarakterdagi masalalar yechiladi. Masalan, har xil joyda turgan 2 qop va 7 qop unni bir joyga joylashtirish kerak. Uni qanday bajargan ma’qul. 2 qopni 7 qop oldiga keltirib qo’yishi yoki aksinchami? Bolalar turmushda ko’rganlaridan foydalanib masalani yechadilar. So’ngra 1+3, 3+1, 2+4, 4+2 ko’rinishdagi misollardan bir juftini tushuntiradi. Qolganlarini o’quvchilar mustaqil yechadilar, hisoblash usullarini taqqoslaydilar. Sonlarni qanday qilib tezda hisoblash mumkinligini aniqlaydilar. Bunday mashqlar asosida o’quvchilar quyidagi xulosaga keladilar: katta songa kichik sonni qo’shish, kichik songa katta sonni qo’shishga qaraganda oson, qo’shish paytida esa qo’shiluvchilarning o’rinlarini doimo almashtirish mumkin, bunday yig’indi o’zgarmaydi.
To’rtinchi darsda “5, 6, 7, 8, 9 ni ayirish” hollari uchun natijani topishda qo’shish va ayirishning bog’lanishiga asoslangan ayirish usullari o’rganiladi. Masalan, 10-8 misolini yechish uchun 10 sonini 8 va 2 sonlarining yig’indisi bilan almashtirish va undan qo’shiluvchilardan biri bo’lgan 8 ni ayirish kerak, ikkinchi qo’shiluvchi 2 ni hosil qilamiz. Bu usuldan foydalanish uchun sonlarning qo’shiluvchilardan iborat tarkibini, shuningdek yig’indi va qo’shiluvchilar o’zaro qanday bog’langanligini bilish kerak. Qo’shish komponentlari va amal natijasi orasidagi bog’lanishni egallashda tayyorgarlik bosqichi qo’shish va ayirish ustida ishning boshidan boshlanadi. Shu maqsadda maxsus mashqlar ko’zda tutiladi, berilgan rasm (1ta katta va 2 ta kichik koptok) bo’yicha qo’shish va ayirishga doir misollar tuzish yoki bir rasmning o’zi bo’yicha qo’shishga doir masala va ayirishga doir masala tuzish; 4+3 va 7-3 ko’rinishdagi misollar juftini yechish va taqqoslash. Qo’shish amali komponentlari va amal natijalari orasidagi bog’lanish bilan tanishishga maxsus dars ajratiladi. Yangi material ustida ishni quyidagicha olib boorish mumkin. O’qituvchi partaga 5 ta qizil va 4 ta ko’k, doiracha qo’ying, hammasi bo’lib nechta doiracha qo’ydingiz? O’quvchi: 5 ga 4 ni qo’shish kerak, 9 hosil bo’ladi (yozadi). O’qituvchi: sonlarni bunday qo’shishdagi nomlarini aytib, misolni o’qing. O’quvchi: birinchi qo’shiluvchi 5, ikkinchi qo’shiluvchi 4, yig’indi 9. O’qituvchi: 4 ta ko’k doirachani chetga surib qo’ying. Nechta doiracha qoldiq Buni qanday bildingiz? O’quvchi: 9 dan 4 ni ayiramiz, 5 hosil bo’ladi (yozadi). O’qituvchi: shu misolni sonlar birinchi misolda qanday atalgan bo’lsa shunday o’qing. O’quvchi: yig’indi 9 dan qo’shiluvchi 4 ni ayirdik, birinchi qo’shiluvchi 5 ni hosil qildik. 9-5=4 hol ham shunga o’xshash qarab chiqiladi.
Shunday misollardan yetarlicha yechdirish kerak, natijada bolalar o’z kuzatishlari asosida quyidagi xulosani chiqaradilar: agar yig’indidan birinchi qo’shiluvchini ayirsak ikkinchi qo’shiluvchi hosil bo’ladi; agar yig’indidan ikkinchi qo’shiluvchi ayrilsa, birinchi qo’shiluvchi hosil bo’ladi. Yig’indi va qo’shiluvchilarga doir bilimlarni mustahkamlash uchun o’quvchilar quyidagi mashqlarni bajaradilar; qo’shishga doir berilgan misol bo’yicha, ayirishga doir 2 ta misol tuziladi va ular yechiladi ( 2+4=6, 6-4= 6-2= ) berilgan 3 ta son yordamida 4 ta misol (4+5, 5+4, 9-5) tuziladi va yechiladi. X+2=5, 4+x= 10 ko’rinishdagi tenglamalarni yechib noma’lum sonni topadi. Shunga o’xshash x-4=3, 8-x+5 kabi ayirishdagi noma’lum komponentlari topishga doir ham yetarli misollarni yechdirish mumkin. 1.2.Yuzlik ichida qo’shish va ayirish. Mavzuda amallarni o’rgatish bilan birga 1-sinfda sonni yig’indiga qo’shish va yig’indini songa qo’shish, sonni yig’indidan ayirish va yig’indini ayirish xossalari, 2-sinfda yig’indini yig’indiga qo’shish va yig’indidan ayirish xossalari qaraladi. Bu xossalarni va tegishli hisoblash usullarini ochib berishda avval tayyorgarlik ishini bajarish kerak, natijada o’quvchilar sonlar yig’indisi va sonlar ayirmasi kabi mamavzutik ifodalarni o’zlashtiradi, qo’sh tengliklar, bir va ikki amalli ifodalarni qavslar yordamida yozishni o’rganadi, ikki xonali sonlarni o’nlik va birlik yordamida yoza oladilar.
“Yig’indi”,”ayirma” tushunchalari bilan 4+3=7, 7-4+3 kabi misollarni yechishda tanishadilar. 10 ichida qo’shish va ayirishdayoq 5+4=5+2+2=9, 8-3=8-1-2=5 kabi qo’sh tengliklarni ishlatib qo’shish va ayirishning turli ko’rinishlarini yoza oladilar, qavslar ishlatish yordamida 6+(3+1)=6+4=10 kabi hisoblash usullarini bilib olishadi. Nomerlashni o’rganish davrida “qavs” belgisi bilan tanishadi va “5 va 3 sonlari yig’indisida 2 ni qo’shing” kabi og’zaki masalalarni yechadilar. Qo’shish va ayirishni o’rgatish quyidagi tartibda olib boriladi. Oldin nol bila tugaydigan 2 xonali sonlarni qo’shish va ayirish o’rganiladi. Shu tartibda sonni yig’indidan ayirish, yig’indini songa qo’shish va yig’indini sondan ayirish qoidalari ham shu tartibda qaraladi. Nol bilan tugaydigan sonlar ustida amallar bajarish: 60+20=? 70-40=? 6 o’nli+2 o’nli=8 o’nli 7 o’nli-4 o’nli=3 o’nli 60+20=80 70-40=30 kabi ko’rinishda o’rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Har bir qoida o’rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: I bosqich. Narsalar to’plami ustida amallar bajarib, o’quvchilar xossasini ochishadi va ifodalashadi. II bosqich. Xossani misollar yordamida har xil usullar, jumladan qulay usul bilan yechishga tadbiq qiladi. III bosqich. Arifmetik amallar xossalari asosida chiqariladigan hisoblash usullari o’rganish obyekti bo’lib xizmat qiladi. IV bosqich. O’rganilgan xossalarni va hisoblash usullarini taqqoslash natijasida bu xossalar va usullar umumlashtirishning yuqoriroq darajasiga ko’tariladi. Misol: 36+23=(30+6)+(2+3)=(30+20)+(6+3)=50+9=59
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 12,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin