Talaba qila olishii kerak:
Amaliy ko'nikmalarni bajarish - yon tomondan yoritib ko'rish, qovoqlarni ag'darib ko'rish.
Vaziyatli masala:
1. Bemor 32 yoshda. Qovoqlarining qiynoqli qichishidan, yorug'likdan qo'rqishidan shikoyat qiladi. Bemor surunkali gastrit bilan xastalangan. Ob’yektiv ko'rganda qovoq qirralari qizargan, yo'g'onlashgan. Kiprik ildizi atrofida mayda oq-kul rang, quruq, qazg'oqni eslatuvchi qoplamalar bor. Ular olib tashlanganda ostidagi teri yupqalashib, qizargan.
Tashhis qo'ying.
Tavsiya bering.
Javob. Qipiqsimon blefarit
1. Gastroenterologda davolanish.
2.Qovoqlarni massaj qilish. Dezinfeksiyalovchi tomchilar. Antibakterial surtmalar. Kortikosteriod tomchilar. Qovoq chetlarini 1%li brilliant yashilning spirtli ergitmasi bilan surtib chiqish.
2. Bemor 38 yoshda.O'ng ko'zidan tinmay yosh oqishidan shikoyat qiladi. Ob’yektiv ko'rganda: OD- ko'z tirqishining ichki burchagi yosh xalqob bo'lib turibdi. Yosh qopchasining proyeksiyasidagi teri nuxatdek shishib qolgan. Uni barmoq bilan bosganda yosh nuqtasidan sarg'ish yiringli ajralma chikdi. Yosh yo'lini yuvib ko'rganda suyuqlik burun bo'shlig'iga o'tmadi.
Tashhis qo'ying.
Tavsiya bering.
Javob.OD-Surunkali dakriotsistit
1. Burun atrof bo'shliqlarining rentgenografiyasi
2. Otorinolaringolog konsultatsiyasi.
3. Stomatolog konsultatsiyasi.
4. Dakriotsistorinostomiya operatsiyasi.
3. Bemor 68 yoshda. Chap ko'zining yoshlanib turishi, yiringli ajralma bo'lishidan shikoyat qiladi. Ob’yektiv ko'rganda chap ko'z pastki qovog'i yosh nuqtasi bilan birgalikda ko'z olmasida ajralib pastga osilib turibdi. Kon’yunktiva dag'allashgan va qizargan. Yosh qopchasi proyeksiyasiga bosilganda yosh nuqtasidan yiringli ajralma chiqmadi.
Tashhis qo'ying.
Tavsiya bering.
Javob. OS-Pastki qovoqni atonik tashqariga burilishi. Surunkali kon’yunktivit.
1. Ko'zga dezinfeksiyalovchi tomchilarni tez-tez tomizib turish.
2. Qovoqni xirurgik usul bilan to'g'rilash ya’ni Kunit-Shimanovskiy operatsiyasini o'tkazish zarur.
4. Bemor 16 yosh. Shikoyatlari: chap ko'zning yuqori qovog'i sohasida og'riq va shishga.
Anamnez: bemor o'zini 2 kundan beri kasal deb hisoblaydi, kasalligini shamollash bilan bog'laydi.
Tashhis qo'ying.
Davolash prinsipini ko'rsating.
Javob. OS- yuqori qovoq govmichchasi, yiringli boshchani yorish, antibakterial terapiya (maxalliy va umumiy)
Dostları ilə paylaş: |