Mavzu: Qurilish narxini turli usullarda aniqlash Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi



Yüklə 40,41 Kb.
səhifə1/5
tarix01.05.2023
ölçüsü40,41 Kb.
#105484
  1   2   3   4   5
Qurilish narxini turli usullarda aniqlash


Mavzu: Qurilish narxini turli usullarda aniqlash



Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son “2019-yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom talablari markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari uchun loyiha-tadqiqot ishlari qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi.
Ushbu Nizom talablari boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari uchun tavsiyaviy xaraktyerga ega.
2. Buyurtmachi tomonidan loyiha-tadqiqot ishlarining qiymati loyiha-tadqiqot hujjatlarini (loyiha, ishchi loyiha va ishchi hujjatlar) ishlab chiqish, shuningdek ishchi loyihalashdan oldingi texnik-iqtisodiy asoslar (bundan buyon matnda TIA deb yuritiladi) hamda texnik-iqtisodiy hisob-kitob (bundan buyon matnda TIHK deb yuritiladi) bosqichlarida mazkur Nizom asosida aniqlanadi.
3. Loyiha-tadqiqot ishlarining joriy narxlarda belgilangan qiymati loyiha-tadqiqot ishlarining ijrochisini aniqlash uchun davlat xaridlarini amalga oshirishda boshlang‘ich qiymat sifatida qo‘llaniladi.
4. Loyiha-tadqiqot hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilot loyiha-tadqiqot hujjatlarini mazkur sohada tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlarining ekspertiza xulosasini olishda, qurilish ustidan mualliflik nazoratini o‘tkazishda hamda tugallangan qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha komissiyalari yig‘ilishlarida ishtirok etadi.


Yüklə 40,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin