Mavzu: quritish. Umumiy tushunchalar. Ideal va real quritish jarayonlari



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə11/11
tarix18.03.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#88682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAVZU

Pnevmatik quritkichlar. Donador (lekin qovushib qolmaydigan) va kristall materiallarni quritish uchun pnevmatik quritkichlar ishlatiladi. Quritish jarayoni uzunligi 25 m gacha bo’lgan vertikal quvurda olib boriladi. Materialning zarracha­lari isitilgan havo (yoki tutunli gaz) oqimi bilan birga harakat qiladi. Bunda havo oqimining tezligi qattiq zarrachaning harakat tezligidan katta bo’ladi (10—30 m/s). Bunday quritkichlarda jarayon juda qisqa vaqt (1— 3 s) davom etadi, shu sababli material tarkibidagi erkin namlikning bir qismigina ajralib chiqadi. Pnevmatik quritkichda (31.7-rasm) material bunkerdan tachminlagich orqali vertikal quvur-quritkichga tushadi. Havo oqimi ventilyator yordamida kalorifer orqali vertikal quvurga yuboriladi. Quvurda havo oqimi material zarrachalarini o’zi bilan birga olib ketadi. Havo qurigan material bilan birga yig`uvchi amortizatorga kiradi, keyin siklonga o’tadi. Siklonda qurigan material havo oqimidan ajraladi, sochngra tochkish moslamasi yordamida tashqariga chiqariladi. Ishlatilgan havo filtrda tozalangandan sochng atmosferaga chiqariladi. Shunday qilib, quritish jarayoni pnevmotransport rejimida olib boriladi.

31.7-rasm. Pnevmatik quritgich:
1 — bunker; 2 — tachminlagich; 3 — quvur; 4 — ventilyator; 5 kalorifer; 6 — yig`uvchi amortizator; 7 — siklon; 8 — tushirish moslamasi; 9 — filtr.
Pnevmatik quritkichlarda energiya sarfi ancha katta, bu sarf material zarrachasining o’lchami kichrayishi bilan kamayadi, biroq zarrachalarning o’lchami 8-10 mm dan oshmasligi kerak. Katta o’lchamli zarrachalari bo’lgan materiallarni quritish hamda materialdan namlikni chiqarish uchun pnevmatik quritkichlarni boshqa turdagi quritkichlar bilan birga ishlatish zarur. Demak, tuzilishi oddiy va ixcham bo’lishidan qatchiy nazar pnevmatik quritkichlarni ishlatish chegaralangan.
Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin