Mavzu:Radioaktivlikni, aktivlikni, nurlanish dozasini o‘lchash birliklarinio’rganish.
Mashg’ulot maqsadi.Talabalarni radioaktivlikni, aktivlikni, nurlanish dozasini o‘lchash birliklari bilan tanishtirish. Radioaktivlik Atom yadrosining murakkab strukturaviy tuzilishiga ega ekanligini tasdiqlovchi yana bir hodisa radioaktivlikdir. Radioaktivlik fransuz olimi A.Bekkerel (1896-y.) tomonidan baxtli tasodif tufayli kashf etildi. Uran tuzi birikmalarini lyuminessensiyasiga quyosh nuri ta’sirini o‘rganish uchun tayyorlangan namuna (metall krest va uran tuzi birikmalari sepilgan fotoplastinka) fevral oyida havoning bulutligi tufayli qoldiriladi. Har ehtimolga ko‘ra, ikki kundan so‘ng ochilgan fotoplastinkada krestning aniq tasviri hosil bo‘ladi. Bu esa uranning hech qanday tashqi ta’sirsiz o‘z-o‘zidan g‘alati nurlanish chiqarishidan darak beradi. Atom yadrolarining o‘z-o‘zidan elementar zarrachalar chiqarib yoki radioaktiv nurlanish tufayli boshqa element yadrolariga aylanish xususiyati radioaktivlik deb yuritiladi. Radioaktivlikning tabiiy va sun’iy turlari mavjud bo‘lib, aslini olganda radioaktivlikning bu ikki turi orasida hech qanday keskin farq yo‘q. Faqat birinchi holda nostabil tabiiy izotoplarning radioaktiv nurlanishi, ikkinchisida yadro reaksiyalarida vujudga kelgan izotoplarning nurlanishi nazarda tutiladi. Tajribalar ko‘rsatishicha, radioaktiv nurlanishning g‘alati xususiyatlariquyidagilardan iborat: U fotoplastinkani qoraytiradi, ba’zi moddalarda lyuminessensiya hosil qiladi, yuqori o‘tuvchan biologik aktiv va ionlashtirish qobiliyatiga egadir. Radioaktiv nurlanishning yuqorida aytilgan xossalariga hech qanday fizikaviykimyoviy kuchlar ta’sir etmaydi, ya’ni nurlanish intensivligi bosim va temperaturaga, radioaktiv elementlarning qanday modda bilan va qay miqdorda birikma hosil qilganligiga bog‘liq emas. Radioaktiv nurlanish murakkab tarkibiy qismga ega bo‘lib, u magnit maydonida uchta komponentga ajraladi. Radioaktiv nurlanishning magnit maydonidan o‘tganda musbat zaryadli
zarrachalar og‘ishi yo‘nalishidagi tashkil etuvchisi alfa - nurlar deb yuritiladi.