Raqamli infrastruktura ish faoliyati raqamli asosda ta’minlanadigan texnologiyalar, qurilmalar va jarayonlar kompleksidan tashkil topadi, va u 2 qismdan iborat bo’ladi:
yumshoq raqamli infrastruktura (soft – dasturiy mahsulotlar kompleksi).
Raqamli transformatsiya – bu biznes jarayonlarini (ishlab chiqarish) zamonaviy texnologiyalar (qurilmalar, tizimlar) qo’llash orqali uning boshqaruvi, ko’rinishi va kommunikatsiyalarini butunlay o’zgartirish natijasida biznes jarayonning samaradorligini oshirish, tezlashtirish hamda mijozlarga qulaylik, zamonaviylik taqdim etish.
Axborot xavfsizligi
Axborot xavfsizligi (ma’lumotlar xavfsizligi) – bu qurilmalarda mavjud ma’lumotlarning butunligi-to’liqligi, foydalanishga ruxsat etilganligi hamda uning konfidentsialligini ta’minlovchi apparat hamda dasturiy ta’minot vositalari to’plami hisoblanadi.
Kiberxavfsizlik – tarmoq, qurilmalar va ilovalarning doimiy ishchi holatini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan barcha himoya choralari kompleksi hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi oqibatida juda muhim ahamiyat kasb etuvchi milliy raqamli iqtisodiy xavfsizlik tizimiga ham ehtiyoj paydo bo’ladi.
Milliy raqamli iqtisodiy xavfsizlik tizimi tushunchasi murakkab siyosiy-huquqiy, tashkiliy, texnik, ijtimoiy-madaniy tizim bo’lib, u milliy raqamli iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlovchi ob’ekt va sub’ektlar majmuasidan iborat bo’ladi.
Raqamli telekommunikatsiya va raqamli infratuzilmalarning zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilinishi.
Raqamli telekommunikatsiya va raqamli infratuzilmalarning zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilinishi.
Davlat, tadbirkorlar va fuqarolarga ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash bo’yicha foydalanish qulay, barqaror, xavfsiz va iqtisodiy samarali xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydigan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari yaratilishi.
Hokimiyat, tadbirkorlar va fuqarolar ehtiyojlarini qondirish uchun ma’lumotlar bilan ishlashning raqamli platformalarini joriy etish.
Raqamli texnologiyalar va platformalar yaratish hamda raqamli xizmatlar ko’rsatish sohasida maksimal darajada kichik va o’rta korxonalar tashkil etish hamda samarali faoliyatini ta’minlash.