Mavzu: Raqamli qurilmalarni virtual oraliqda loyihalash


Mikroprotsessor registrlari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə3/8
tarix06.12.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#72668
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Raqamli qurilmalarni virtual oraliqda loyihalash

1.2. Mikroprotsessor registrlari
Ma’lumotlar qayta ishlanadigan joylarda ma’lumotlar doim uzoq yoki qisqa vaqt saqlanadi. Bu maqsadlarda registrlarni xotira elementlari sifatida qo’llash mumkin. MP tarkibida o’nlab maqsadlarga mo’ljallangan turli rgistrlar ishlatiladi.Ularning soni ma’lum darajada MPning hisoblash quvvatini belgilaydi.Lekin doim yodda tutish kerakki, aniq masalani yechish uchun nazariy jihatdan minimal registrlar soniga ega bo’lgan MPli ixtiyoriy EHMni qo’llash mumkin.Bu holda oddiy komandalarning ko’pligi tufayli mashina uzoq vaqt hisoblaydi.
Funksional belgisiga ko’ra, registrlarni uch guruhga bo’lish mumkin:
1. Saqlash registrlari
2. Operatsion registrlar
3. Yordamchi registrlar.
Saqlash registrlari ma’lumotlar, komandalar, adreslar va oraliq natijalarni bevosita protsessorda saqlash uchun xizmat qiladi.
Protsessor va AMQlarning saqlash registrlarini ko’rib chiqamiz.
Ma’lumotlar registri (MR). U ma’lumotlarni xotira va protsessor orasida almashinishida 16 razryadli so’zlarni vaqtincha saqlash uchun qo’llaniladi. Komanda, son yoki simvolni xotiradan protsessorga o’qish jarayonida bu so’z avval ma’lumotlar registriga kelib tushadi, so’ngra yoki komanda registriga,yoki protsessorning boshqa registrlariga uzatiladi. Ma’lumotlar protsessordan xotiraga qayta uzatilayotganda ular avval MRga joylashtirladi va so’ngra xotiraning tegishli yacheykalariga yoziladi. Ma’lumot so’zi MR da joylashgan vaqtda, u arifmetik va mantiqiy amallar bajarish uchun qo’llanilishi mumkin.
Akkumlyator (A). A registri protsessorning asosiy elementlaridanbiri hisoblanadi. Mashina bir vaqtning o’zida faqat ikki operandlar ustidan arifmetik va mantiqiy amallar bajarishi mumkin. Odatda,birinchi operand xotiradan MRga uzatiladi, bu vaqtda ikkinchi operand xotiradan MRga uzatiladi, bu vaqtda ikkinchi operand A da joylashadi. Komanda yordamida berilayotgan amal MR va A ichidagi operandlar ustida bajariladi va natija A ga joylashtiriladi, ya’ni to’planib (akkumlyatsiyalanib) boradi.
Uzatish registri (S). Bu bir razryadli registr bo’lib, akkumlyator to’lib qolgan holda ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. U yana siklik ravishda siljishlarni tashkil qilishda ham qo’llaniladi.
Komandalar registry (KR). Bu registr mashina tomonidan bevosita amal bajarilishi jarayonida amal kodini saqlab turadi. Komandaning amal kodi KRdan boshqaruv qurilmasiga uzatiladi va deshifratsiyalanadi. So’ngra komandani amalga oshirish yuzasidan vazifalar bajariladi: operandni o’qish yoki komanda tomonidan belgilangan amalni bajarish. Komanda so’zining adres qismi adres registrida saqlanadi.
Operatsion registrlar. Operatsion registrlar saqlashdan tashqari, o’z holatini ma’lum tarzda o’zgartirish xossasiga ega. Masalan, komanda hisoblagichi, stek ko’rsatkichi va boshqalar kabi operatsion registrlar xotiraga murojaat qilgandan keyin o’z holatini bittaga o’zgartiradi.
Yordamchi registrlar. Ular buferlash, qisqa muddatga saqlash va shu kabi yordamchi amallarni bajarishga mo’ljallangan.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin