Mavzu: Raqobat kurashida hujumkor va mudofaa strategiyalardan foydalanish. Reja: Kirish
Mavzu: Raqobat kurashida hujumkor va mudofaa strategiyalardan foydalanish. Reja: Kirish.
Hujumkor strategiyalar va mudofaa strategiyalari.
Hujumkor va mudofaa strategiyalarining qo’llanishi.
Hujumkor va mudofaa strategiyalarini ishlab chiqishda qo’yiladigan asosiy talablar.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish. Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustaxkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o’xshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo’lishi, zarar ko’rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya galaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi xujumkorlik va mudofaa xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va uzoq muddatli xarakatlarni o’z ichiga oladi.
Bozordagi raqobatchilar nechta bo’lsa raqobatchilik strategiyasining variantlari va ko’rinishlari shuncha bo’ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko’p bo’lmasin, ularning o’xshashliklari topiladi. Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeyini mustahkamlash, iste’molchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash rivojlanishning mumkin bo’lgan turli yo’llari va usullari ichidan eng maqbulini tanlab olish demakdir. Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funksiyalaridan biridir. Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va mohirona amalga oshirilgan bo’lsa, kompaniyaning mavqeyi shunchalik kuchayadi.
Ma’lumki. «strategik menejment» atamasi o‘tgan asrning 60-70-yillarida yuqori pog‘onada amalga oshiriladigan boshqarishni ishlab chiqarish darajasidagi boshqarishdan farqini ifodalash uchun kundalik hayotga kirib keldi. Kasbiy faoliyat xo'jalik yuritishning barcha pog‘onalarida boshqarishning qonunlari, tamoyillari, tashkiliy tuzilmalari va munosabatlari to‘grisida nazariy bilimlar beruvchi juda ko‘p darsliklar yaratilgan. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko'rsatadigan har bir firmaning ichida o‘ziga xos nuqtayi nazari bor. Tashqi muhit ta’siri. ichki bo‘lim va bo‘linmalardagi turli jarayonlar, me’yorlar, yechim qabul qilish, kommunikatsiya boshqaruv apparatiga ta’sir ko'rsatadi. Zamonaviy sharoitlarda mamlakatimiz ravnaqini rivojlantirishda kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishadigan talabalarda korxonalarda strategik boshqaruvni tashkil etish bosqichlari, iqtisodiyotni erkinlashuvi sharoitida mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotishni ko‘paytirishning eng zarur omillari va imkoniyatlarini aniqlay olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari, istiqbolli va tezkor usullarini turli tarmoqlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda qo‘llash masalalari bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirish zamon talabidagi dolzarb masalalardan biridir.
«Strategik boshqaruv» termini yuqori darajadagi boshqaruvni ishlab chiqarish darajasidagi joriy boshqaruvdan farqini aks ettirish uchun 60-70-yillarda muomalaga kiritilgan. Operativ boshqaruvdan strategik boshqaruvga o’tishning mohiyatini aks ettiruvchi asosiy g’oya sifatida yuqori rahbariyat diqqat markazini atrof muhitdagi o’zgarishlarga muvofiq tarzda va o’z vaqtida ta’sir ko’rsatish uchun tashqi muhitga o’tkazish zaruriyati sifatidagi g’oya bo’ldi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustaxkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o’xshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo’lishi, zarar ko’rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya galaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi xujumkorlik va mudofaa xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va uzoq muddatli xarakatlarni o’z ichiga oladi. Bozordagi raqobatchilar nechta bo’lsa raqobatchilik strategiyasining variantlari va ko’rinishlari shuncha bo’ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko’p bo’lmasin, ularning o’xshashliklari topiladi.
Ushbu kurs loyihasi uzoq muddatli rejalashtirishning muqobillaridan biri hujumkor strategiyalarni ko’rib chiqadi. Raqobat ustunligiga deyarli xar doim muvaffakiyatli xujumkor strategik xarakatlar xisobiga erishiladi. Ustunlikka erishishni ta’minlash uchun muvaffakiyatli xujumkor strategiyaga kancha vaqt talab etilishi tarmokdagi rakobat tavsifiga bog’lik. Ustunlikni ta’minlash vaqti qisqa bo’lishi, xizmat ko’rsatish soxasidagi kabi, murakkab texnologik jarayonli kapital talab etadigan tarmoqlardagi kabi ancha davomli bo’lishi ham mumkin.