Mavzu: Raqobat va monopoliya Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari


Monopoliyaning mohiyati va turlari. Davlatning monopoliyalarga qarshi tadbirlari



Yüklə 67,06 Kb.
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü67,06 Kb.
#168221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2. Monopoliyaning mohiyati va turlari. Davlatning monopoliyalarga qarshi tadbirlari
Monopoliya” atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya‘ni, grekcha “monos” – yagona, bitta, va “poleo” - sotaman) tarkib topadi, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqoladi.
Monopoliya монопол yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari bo’lib, monopoliyalarning vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi. Asosiy sabab – olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi, foydaning (qo’shimcha mahsulot) bir qismi kapitallashtirib boriladi.
Kapitalning to’planishi – bu qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Ya‘ni, korxonadagi ishchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.
Kapitalning to’planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to’ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishidir.
Monopoliyalarning turlari quyidagilardan iborat:
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko’ra:
a) sof monopoliya;
b) oligopoliya;
v) monopoliya.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. Masalan, O’zbekistonda sof monopoliyalar sifatida “O’zbekiston havo yo’llari” DAK, “O’zbekiston temir yo’llari”DAK, toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi shular jumlasidandir.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist–ishlab chiqaruvchilarga O’zbekistonda tsement (asosan, Bekobod, Kuvasay, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko’mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHargun) va Boysun (To’la) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopoliya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko’p bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste‘molchisi yoki xaridori mavjud bo’lgan sharoitdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga “O’zDEUavto” korxonasi yaqqol misol bo’la oladi.

Yüklə 67,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin