2. Raqobat shakllari va usullari Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat engavvalo, ikki turga – tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarningqiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladi va aks holda, ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadi va zarar ko‘radi.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan uning normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Кam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat’i nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli ishlab chiqaruvchilarningo‘z tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlarinikiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi - «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushirish imkoniyatini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlar bo‘yicha chiqaradi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma qilish, asosiy xaridqilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan biriningo‘z mahsulotiga narxni pasaytirishi raqobatchilariningham shunday harakat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat tarmoq bo‘yicha foydani kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmati ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y berishi kerak. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.