Mavzu Raqobatchilikni baholash usullari-fayllar.org
Mamlakat raqobat ustunligining determinantlari va ularning xususiyatlari va mazmuniga quyidagilar kiradi: Omillar shartlari, ya'ni ushbu tarmoqda raqobat uchun zarur bo‘lgan konkret omillar (aytaylik, ma'lum ixtisoslikdagi malakali ishchi kuchi ѐki infrastruktura). Talab shartlari, ya'ni ushbu tarmoq taklif qilaѐtgan mahsulot ѐki xizmatga ichki bozorda talab qanday? Bir turdagi (related) va qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlar, ya'ni xalqaro bozorda raqobatbardosh bir turdagi ѐki ta'minlovchi tarmoqlarning mamlakatda bor ѐki yo‘qligi. Firmaning strategiyasi, uning tuzilishi va raqobatchilar, ya'ni mamlakatda firmalar qanday yaratilishi va boshqarilishi hamda ichki bozordagi raqobatning xususiyati qanday bo‘lishini belgilab beruvchi sharoitlarning qandayligi.