EA =NPV/ PVA1 n,k
Bu formuladan foydalanishda PVA1n,k bo‘yicha hisoblangan jadvaldan foydalanish tavsiya etiladi. Unda bir birlik valutaning n- yildagi va k- foiz stavkasidagi qiymati ko‘rsatib berilgan. Yuqoridagi misolimizni EA = NPV/ PVA1 n,k formulasi yordamida hisoblaymiz:
EA (A variant) = 95,04/ PVA1 2 yil, 10% =95,04/1, 7355 = 54,76
EA (B variant) = 109, 45/ PVA1 4 yil, 10% =109, 45/3,1699 = 34,53
Bundan ham tezkor varianti kompyuter dasturlari orqali hisoblanadi va amaliyotda ko‘proq qo‘llaniladi.
Amaliyotda pul tushumlarini ta’minlamaydigan (notijorat) loyihalarni baholashga duch kelishimiz mumkin. Masalan, xizmat binosini yoritish uchun kunduzgi yoritish lampalaridan yoki boshqa muqobil turdagi yoritish vositalaridan birini tanlash vazifasi turganda shunday holat yuzaga keladi. Bunda firma ma’lum bir vaqt davomida kam xarajat talab etadigan yoritish loyihasini tanlaydi.
Agar biz turli xizmat davrlariga ega loyihalarga duch kelsak, hamda baholanayotgan faoliyatni davom ettirish uchun qayta moliyalash ko‘zda tutilsa, yuqorida ko‘rib chiqilgan ekvivalent annuitetni aniqlash usulidan foydalaniladi. Bunda ekvivalent annuitet
EAC-yillik ekvivalent xarajatlar deb ataladi. Uning quyidagicha hisoblanadi (22-formula)
EAC = NPV/ PVA1 n,k
Buning uchun bir misolni ko‘rib chiqamiz.
jadval
EAC-yillik ekvivalent xarajatlarni hisoblash
Binoni yoritish tizimi
|
Ekspluatatsiya muddati, yil
|
Joriy xarajatlar
qiymati (mln.so‘m)
|
EAC-yillik
ekvivalent xarajatlar (mln.so‘m)
|
A
|
5
|
100
|
100/3,791= 26,38
|
B
|
7
|
120
|
120/5,335= 22,50
|
Binoni yorishda yoritish masalasini kam xarajat bilan B variantda hal qilish mumkin ekan.
Dostları ilə paylaş: |