Vazifani asoslash
Reduktor korpusi asosan quyma shaklda, donalab tayyorlanganda payvandlash yo’li bilan tayyorlash mumkin. Material sifatida SCh15 markali cho’yan ishlatiladi, agarda og’irligini kamaytirish kerak bo’lsa solishtirma og’irligi kam bo’lgan (silumin) materialdan tayyorlanadi
Korpusning tashqi yuzasi bir tekisda bo’lib, bikrligini oshirish uchun ishlatiladigan qovurg’alar, boltlarni o’rnatish uchun ishlatiladigan o’yiqchalar (lapa), uzatmani ko’tarish uchun ishlatiladigan maxsus teshikchalar (moslamalar) shu korpus bilan birga quyma shaklida hosil qilinib devorning tashqi uzasi bilan bir tekis qilib tayyorlanadi
Kurs loyihasida korpus detaliga ishlov berish uchun APRS – 4 modelli ko’p operatsiyali stanokni strukturaviy texnologik modellashtirish talab etiladi.
RDB dastgohlarining STMi quyidagilardan tashkil topgan:
a) dastgohning koordinata-texnologik sxemasi; (KTS)
b) dastgohning struktura texnologik formulalari; (STF)
c) dastgohning kombinatsiyalashgan koordinata-texnologik sxemasi; (KKTS)
d) dastgohning quvvati formulasi.(DQF)
Detalga ishlov berish uchun RDB dastgohni tanlash
Korpus detaliga ishlov berish uchun APRC-4 modelli ko’p operatsiyali RDB frezalash dastgohidan foydalanamiz. Ushbu dastgoh Uchinchi avlod mashinasi hisoblanadi. Ular murakkab qayta ishlashni ta'minlash, ilg'or texnologik imkoniyatlar va keng ko'lamli transportni ta'minlash imkoniyati bilan ajralib turadi.
Dastgoh 950X800X750 mm o'lchamdagi korpus qismlarini qayta ishlash uchun mo'ljallangan.Ishlov beriladigangan detallar hajmining oshishi
dizaynerlarni dastgohning strukturasi o'zgartishiga olib keladi va nu uning STF va KTS da ko'rinib turadi
Stanok olti koordinatali ko’p operatsiyali dastgohlar sinfiga kirib , ushbu guruhga APRS-1H , APRS-5H kabilar kiradi. Ular texnologik strukturasi hajmi va imkoniyatlari bilan farqlanadi.
Dastgoh xarakteristikasi
Ishlov berish parametrlari
Shpindel va stol orasidagi maksimal oraliq 120-1220 mm
Stol xarakteristikasi
Stol o’lchami 1000-1000 mm
Maksimal og’irlik 2000 kg
Surilish:
Stol surilishi X o’qida 1600 mm
Shpindelning vertical surilishi Y o’qida 1100 mm
Z o’qida surilishlar 1100 mm
Shpindel uchidan stol markazigacha bo’lgan masofa 250 -1350
Shpindel :
shpindel konusi VT 50
shpindel aylanish chastotasi maksimal 4500 ay\min
shpindel uzatmasinig quvvati 22 \ 26 kvt soat
shpindel uzatmasining turi reduktorli
Uzatish :
X o‘qi bo’yicha tezlanishli uzatish 24 m/min
Y o‘qi bo’yicha tezlanishli uzatish 24 m/min
Z o‘qi bo’yicha tezlanishli uzatish 24 m/min
Instrumentlar sistemasi:
Instrumentlar soni 60 ta
Instrumentlar maksimal diametri 125mm
Instrument maksimal uzunligi 400 mm
Instrument ogirligi 25 kg
Umumiy parametrlar:
Dostları ilə paylaş: |