Bu muammolarni уechishni aniq yo‘llari belgilab olgan. U ham bo‘lsa qo‘yidagilar bilan belgilanadi: agronomik ahamiyatlik mikrob senoziga yoki guruh mikroorganizmlariga tashqaridan turib ta'sir qilishi boshqarish, ya'ni ularning ko‘payishi, o‘sishi rivojlanishi va o‘simlik uchun zarur bo‘lgan FFM (antibiotiklar, o‘simlikning o‘sishini boshqaruvchi moddalar) va x.k.
Ishlab chiqarishni tashkil qila bilish, tuproqda mikroblarning o‘sishi va rivojlanishini ta'minlovchi o‘simliklar orasida almashlab ekinni tashkil qilish va shu tufayli mikrobiokimyoviy boshqarish tuproqda mikrobiokimyoviy jarayonlarni boshqarishda organik va mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish
Tuproq mikrob senozi- biologik tizimidir
Tabiatda sodir bo‘ladigan bir qator muhim voqevalar, - biogeotsenoz, tuproqdagi organik moddalarni menerallashtir-ish, ularning hayotiy zarur biologik (modda almashinuvi) jarayonlarida ishtirokini belgilash, mikrotsenozi (ma'lum sharoitdagi mikroorganizmlarning tarkibi va faolligi) bilan belgilannadi.
Tuproq mikroflorasini aniqlashda, ularning tarkibi va o‘ziga xosligini belgilashda, antropogen ta'sirlarsharoitida o‘zgarishi va boshqa bir qator sharoitlarda mikrobning tuzilishi va faolligi (funksiyasi) asosiy belgilovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tuproqnnig mikrob senozi (tarkibi) - bu biosferaning o‘ziga xos reaktiv komponentidir. Uning yuqori reaktivligi fiziologik xilma- xilligi, o‘sish tezligi, polifunksionalligi, oqibat natijada esa modda almashinuvi , mineralizatsiyalanishi jarayonidagi beqiyos ishtiroki bilan belgilanadi.
Mikrob senozi- mikroblar klassifikatsiyasining katta bir bo‘lagi sifatida, bir xil sharoitda yashab turgan mikroorganizmlar to‘dasidir. Mikrorganizmlar uchun o‘ta zarur sharoitlar mikroklimat, suv rejimi, tuproqning geologik tuzilishi va ozuqa moddalri hisoblanadi.
Tuproqda mikrob senozi xilma –xildir. УE.N.Meshustin ularning zimogen, avtoxton, oligotrof, avtotrof, guruhlarga bo‘lib o‘rganishini tavsiya qiladi. Bu guruhlar o‘rtasidagi aloqadorlik, doimiy o‘zgarib turadi va ko‘p ma'noda tuproqqa bo‘lgan ta'sir bilan belgilanadi.