Milliy dinlar. Vedizm, Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta’limotlari
Milliy dinlar
deb, odatda, bir millatga mansub xalkdar e’tiqod qiladigan
dinlar tushuniladi.
Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug‘-qabila
dinlaridan farkli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida
vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning sо‘ngra, millatning
shakllanishini о‘zlarida aks ettirgan.
Milliy dinlarda tasavvur kilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib,
ibodat-marosimlar asosan muayyan elat eki millatnikigagina mos tushar edi.
Binobarin, bu xildagi qadimga dinlar milliy davlat xarakterida bо‘lishi bnlan
boshqa din shakllaridan ajralib turagan.
Yeng sо‘nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm,
sikxizm, daosizm, konfutsiylik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik).
Vedalar (Vedizm).
Miloddan avvalgi ikkinchi ming yilliklar о‘rtalarida
Hindistonga, Panjob hududiga g‘arbdan Hindiqush dovoni orqali oriy jangari
xalqlar bostirib kelganlar. Ular eronga kо‘chib kelgan qо‘shni qabila tillariga yaqin
hind-yevropa tillarida sо‘zlashar edilar. Ular harbiy ishlarda, she’riyatda usta
bо‘lib, о‘zlari bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskrit-muqaddas bilim)ni olib
kelganlar.
Hind adabiyoti boy bо‘lib, uning anchagina qismi yо‘qolib ketgan. Uning
boshlanishi Vedalardir.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda
ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar
tо‘rt yirik tо‘plamdan iborat:
1.
Rigveda (“Madhiyalar vedasi”);
2.
Samaveda (“Qо‘shiqlar vedasi”);
3.
Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”);
4.
Atxarvaveda (“Afsun va jodular vedasi”);
Rigveda.
Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning tо‘plami, diniy
yodgorliklar bо‘lib, uning mualliflari rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari
xudolarni oriy tomonga og‘dirish bо‘lgan. Rigvedada zardushtiylikning muqaddas
kitobi “Avesto” bilan о‘xshash afsona va marosimlar bor. Rigveda Panjobda, Hind
havzasi va uning oqimida miloddan avvalgi VI asrda paydo bо‘lgan. Unda
Shimoliy Hindistonda miloddan avvalgi 2-1-ming yilliklarda yuz bergan voqealar
haqida ma’lumot beriladi.
Samaveda.
Rigvedaga kо‘proq bog‘liq bо‘lib, u hozirgi davrga ikki tahrirda
etib kelgan (cakha – aynan, shahobcha); Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya
(Ranayaniya).
Kautxuma tо‘plami 1810 she’rdan iborat bо‘lib, undan faqat 76 tasi
Rigvedada uchramaydi. Undagi she’rlar Rigvedaning VIII va IX mandalasidan
olingan bо‘lib, tantanali qurbonlik marosimi paytida о‘qiladi. Tо‘plam ikki
qismdan iborat: birinchi qism hajmi Agni, Indra, Sama xudolariga, ikkinchi qism
Somaga qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qо‘shiqlardan iborat.
Samovedaning maqsadi diniy marosimlarda aytiladigan qо‘shiqlarni о‘rgatishdan
7
iborat. Hindistonda hozirda ham vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samovedinalar
saqlanib, ularning maktablari mavjud.
Yajurveda.
Yajurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog‘liq bо‘lib,
uning asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil etadi. Bu marosimlarda
tо‘lin oyli tunda, yangi oy chiqqan payti Agni uchun qurbonliklar о‘tkazilgan.
Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bо‘lingan. Qora
yajurvedaning turli maktablarga xos bо‘lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa,
Maytrayani, Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli
birgina tahriri bor.
Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. Yajus
va mantralar. III. Braxmana sharhlari.
Atxarvaveda.
U mil.av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy
hind afsunlarini о‘zida aks ettirgan. Qadimiy hind jamiyatida mavjud bо‘lgan
barcha taraflarni, nuqson va kamchiliklarni о‘zida aks ettirgan. Atxaravaveda
afsonaviy ruhoniy Atxarvana (“Olov ruhoniysi”) nomi bilan bog‘liq bо‘lib, afsun
va jodular о‘sha davrda olov ustida bajarilgan. Atxarvaveda 6 ming she’rdan iborat
bо‘lib, 371 madhiyani о‘z ichiga oladi. Ular yigirmata kitobda jamlangan.
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta’limot ilgari suriladi.
Hindistonda kо‘pxudolik keng targ‘ib qilinadi. Xudolar orasida “yeng ulug‘i, eng
kichigi, eng qarisi, eng yoshi bо‘lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir xudo
ba’zida butun borliqning hukmdori bо‘lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir
xudoga tobe bо‘lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe
bо‘lishi mumkin. Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bо‘ysunadilar. Bu
Veda ilohiyotchiligiga xos bо‘lib, shu munosabat boshqa xudolarga ham
tegishlidir.
Vedalarda xudolar osmon xudolari quyosh xudolari, havo xudolari, er
xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari.
Dyaus, Varna, Indra kabi xudolar osmonlarni boshqarib
turuvchilarga kirganlar. Keyinchalik Varuna suv va dengizlar xudosiga aylanib
ketgan.
Quyosh xudolari.
Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon
bо‘lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida sо‘z yuritiladi. Mitra (dо‘st) –
qadimiy xudodir. Surya – quyoshning yorqinroq namoyon bо‘lgan kо‘rinishidir.
Savitri -quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bо‘ladi. Pushan muruvvatli
bо‘lib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini о‘zida namoyon qiladi. Vishnu xudolar
orasida abadiy bо‘lib, hozir Hindistonda ulug‘lanadi.
Yana Ashvina va Sitvar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi qо‘shiladi.
Indra osmon podshosi va oriylarning milliy xudosidir. Yomg‘ir xudosi
Panjaniya, shamol xudosi Vayyular Vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular Indra
bilan jamlangan holda tasvirlanadi.
Runada odamlar qо‘rqib unga bag‘ishlab madhiya, duolar о‘qiganlar. U
Rigvedada Shiva (yoqimli) nomi bilan zikr etiladi. Shiva Vishnu bilan keyinchalik
Hindistonda unutilgan xudolar turkumini egalladi.
8
Yer xudolari.
Agni – olov xudosi, u haqidagi afsonalar Hindistondan
tashqarida vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga etkazuvchi
ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.
Ushas – tong va uning nuri ma’budasidir. Sarasvatilar – daryo xudosi,
keyinchalik sо‘z xudosi sifatida tasvirlangan.
Veda ibodatlari ikki turga bо‘lingan. Birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga
atab qilinadigan qurbonliklar yoki narsalarni taqdim qilishdan iborat bо‘lgan. Duo
kitoblari bо‘lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan.
Keyin Rigveda, Atxarvaveda kabi madhiya va duolarni о‘zida jamlagan kitoblar
paydo bо‘lgach, ibodatning ikkinchi kо‘rinishi – duo va madhiyalar xudolarga atab
о‘qish odat tusiga kirgan.
Dostları ilə paylaş: |