Mavzu: Rele-kontaktli sxemalar. Kontaktli sxemalar va ularning sintezi. Kontaktli sxemalarni minimallashtirish muammosi Reja



Yüklə 89,39 Kb.
səhifə3/4
tarix21.12.2023
ölçüsü89,39 Kb.
#187524
1   2   3   4
1Rele-kontaktli sxemalar

15-misol. Beshta reledan K 1, K2, K3, K4, K5 taslikil topganshunday boshqarish sxemasi tuzingki, A — qabulj qiluvchi elementishga tushgan vaqtda relelar ketma-kefl ishga tushsin, so'ngra shutartibda ishdan to'xtasin. Bu ish sikli A qabul qiluvchi element ishlabturgan vaqt davomida doimiy ravishda qaytarilib tursin. Yechish. Bu tipdagi sxema ko'p taktli sxemalar guruhiga kiradi.
Ularning yuqoridagi bir taktli sxemalardan farqi shundaki, alohidaelementlarning vaqt davomidagi ma'lum harakat ketma-ketligikuzatiladi.Jarayonni soddalashtirish maqsadida ishga tushish jadvalituziladi, bu yerda sxemadagi barcha elementlarning holati yoziladi: ishlayotgan elementlar (+) ishorasi, to'xtab turgan elementlar (-)
ishorasi bilan belgilanadi. Ko'p taktli elementlarni analiz qilishda vaqt
diagramma-laridan foydalaniladi.
Ishga tushish jadvalini tuzish. Barcha ketma-ket ishgatushuvchi elementlar jadvalning birinchi ustuniga yoziladi, qolganustunlarda ularning taktlarga mos keluvchi holatlari belgilanadi(1.19-rasm, a). Nolinchi (boshlang'ich) taktda barcha elementlaruzilgan holda, ya'ni minus ishorasi bilan ko'rsatilgan. Birinchitaktda qabul qiluvchi element-A ishga tushadi va ikkinchi taktdaK1 relesini ishga tushirishga chaqiradi. Kl relesi uchinchi taktdaK2 relesini ishga tushiradi va hokazo. Yettinchi taktdan boshlabbarcha relelar shu tartibda ishdan to'xtay boshlaydi, o'n ikkinchitaktdan boshlab yana relelarning ish sikli takrorlanadi.
Ba'zan ishga tushish jadvali boshqacha tartibda tuzilishi mumkin.Bu holda elementlarning belgilari faqat nolinchi tikt ustuniga yoziladi,ishlash davrlari esa qalin chiziq bilan belgilanadi. Masalan, K1 relesibirinchi ishga tushish uchun ikkinchi taktdan oltinchi taktgachaqalin chiziq bilan belgilanadi, ikkinchi davr esa o'n ikkinchi taktdanboshlanadi. Sxemaning sintezi. Tarkibiy tuzilishlari sodda bo'lgani uchun avvalK2,K3,K4 va K5 relelar uchun, so'ngra K l relesi uchun tarkibiy tuzilishsxemasini tuzamiz. K2 elementi K1 relesi kontaktlari yordamida ishlaydi,shuning uchun F2=k1 K2, analogik usulda quyidagilarm yozish mumkin:
Ishga tushirish jadvalidan ko’rinadiki K1 relesi A elementi kontaktlari qo’shilgan holda va K5 relesi kontaktlari ajralganda ishga tushadi.Demak F1=ak5K1 Sxemaning umumiy tarkibiy tuzilish tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:
F=ak5K1+k1K2+k2K3+k3K4+k4K5

Yüklə 89,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin