16-misol.1.16-rasm,b da berilgan rele-kontaktli sxemani yarim o’tkazgichli mantiqiy elementli kontaktsiz sxema ko’rinishiga keltiring.
Yechish.K relesining ishga tushirish tarkibiy tuzilish tenglamasi:
F2=(ab+abc)K.
Bu ko’rinishdagi tenglama mantiqiy elementli VA1,VA2,YO’Q1,YO’Q2,YOKi va KUCHAYTIRISH K ko’rinishidagi kontaktsiz sxemaga to’g’ri keladi.
VA1 va YO’Q2 elementlari –ab-mantiqiy ko’paytirish vazifasini,VA2 va YO’Q elementlari- abc vazifasini, YOKI elementi esa ab+abc mantiqiy ko’paytiruv vazifasini bajaradi.K kuchaytirgichi YOKI elementidagi signalni rele ishga tushishi uchun zarur bo’lgan qiymatgacha kuchaytirib beradi(1.21-rasm).
18-misol. Suv ko'tarish stansiyasidagi avtomatlashtirishsxemasining rele-kontaktli elementlarini mantiqiy yarim o'tkazgichlisxemaga almashtiring Bu yerda rele-kontaktli sxema suv ko'tarish stansiyasidagi ikkitaelektr nasosni boshqaradi (rasmda ko`rsatilmagan), ular KM1 va KM2kontaktorlari yordamida K l va K 2 oraliq relelari orqali ishga tishiriladi.Relelai yuqori sath (YuS), o'rta satx (O'S), pastki sath (PS) datchiklariyordamida ishga tushadi. Agar suv sathi tekshirilayotgan pastki va o'rtadagi sathlar oralig'idabo'lsa, KM1 kontaktori bilan bitta ish nasosi qo'shiladi. Agar ish nasosiberilayotgan suvnj tortishga ulgurmasa, suv ko'tarilib yuqori sathga yetibboradi. Bu holda YuS datchigining kontaktlari qo'shilib) KM2 kontaktoriikkinchi nasosni ishga tushiradi. HL1 va HL2 lampalari nasoslarningishlashini ko'rsatadi. Suv sathi pasayishi natijasida O'S, PS datchiklariyordamida nasoslar ishdan to'xtaydi. Yechish. Berilgan sxemadagi shartli belgilarni kichik harfli belgilarbilan almashtiramiz va nasoslarning boshqaruv sxemasi uchun tarkibiytuzilish tenglamasini yozamiz:
Ushbu tenglama asosida mantiqiy boshqaruv sxemasini tuzamiz(1.23-rasm). YOKI 1 elementi o'+K1 funksiyasini, VA2 elementi bilanbirga n(o'+ K1) funksiyasinil bajaradi. Bu elementlarning chiqish qismidaesa K l signalil hosil bo'lib, K l kuchaytirgich orqali birinchi nasosningKM1 kontaktorini ishga tushiradi va H L 1 lampasi yonadi, bir vaqtningo'zida O'Sl datchigini blokirovka qilib, „XOTIRA’ mantiqiyoperatsiyasi hosil bo'ladi. Ikkinchi nasos „o'‘ — o'rta sath datchigidanolingan signal asosida YOKI 2 elementining chiqishida signal mavjudbo'lganda K2 signali bilan blokirovka qilinadi va awalgidek ishlaydi.