Xalqaro moliya — xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya m unosabatlari muayyan m aqsadlarni am alga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsim lash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy m unosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya m unosabatlari o‘ziga xalqaro valyuta
munosabatlari, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo m unosabatlari, xalqaro soliq m unosabatlari, xalqaro lizing m unosabatlari, mamlakatlar to‘lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi m unosabatlarni qam rab oladi. Globallashuv jarayoni — jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqimi rivojlanishi, xizmatlar va m ahsulotlarning xalqaro harakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy m unosabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlari murakkablashuviga olib keldi. Xalqaro moliya doimiy o‘zgaruvchan xalqaro pul tizim larining holati va rivojlanishini, alohida m am lakatlar to‘lov balansining o‘zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. Xalqaro moliya tizim ining asosiy ishtirokchilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transm illiy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy qarzdorlar. Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuch hisoblanadi. Xalqaro moliya o‘zida obyektiv asosga ega bo‘lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo‘lib mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jum ladan, pul oqimlari — import qilingan mahsulot va xizm atlarning to‘lovlari ham da mahsulot va xizm atlar eksportidan kelgan valuta tushum lari, ushbu oqim lar xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasini ifodalashi m um kin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo'ladi, shu boisdan m am lakatlar o‘rtasidagi pul oqimlari harakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit mablagMari oqimi ham ikki tom onlam a bo‘lib hisoblanadi, bir tom ondan qarzning berilishi bo‘lsa, boshqa tom ondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to ‘lanishi namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar o‘rtasidagi harakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi bir tomondan valyuta kurslari asosida, ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi. Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi.
Mazkur institutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilm aga ega bo‘lib muayyan funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’m inoti um um lashgan (masalan, BMT budjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun mo'ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslarning muayyan qism ini xalqaro darajada markazlashuvi jahon xo‘jaligi ehtiyojlarini ta ’minlaydi, bunday resurslarni shakllantirishning iqtisodiy shart-sharoitlari bo‘lib, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishda m am lakatlarning ishtiroki, kredit va savdo m unosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi. Shunday qilib, xalqaro moliya — bu xalqaro moliya bozori va xalqaro institullar tom onidan shakllanishi, taqsim lanishi va ishlatilishini o‘z ichiga olgan moliyaviy resurslar harakati asosida hosil bo‘lgan munosabatlar tuzilm asi bo‘yicha murakkab tizimdir. Mamlakat davlat moliyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
— bitta mamlakat hududidan chiqmaydi;
— xorijiy subyektlarni jalb qilmaydi;
— milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi;
— m am lakat ichida am alga oshiradigan hisob-kitoblarni o‘zida ifodalaydi. Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o‘rganadi. Bularga:
— iqtisodiy kategoriya sifatida
— moliyaviy resurslarning fondlari bo‘lib, xalqaro iqtisodiy m unosabatlarni rivojlantirish asosida tashkil etilgan ham da xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta’m inlash uchun foydalaniladi;
— institutsional jihatdan
— bu banklar, valuta va fond birjalari, xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va birlashm alar majmui bolib, ular orqali jahon moliyaviy oqim larining harakati amalga oshiriladi;
— iqtisodiy m unosabat sifatida
— bu, jahon bozorida kapital, xizm atlar, tovarlar harakati vaqtida milliy m ahsulotlarning qayta taqsim lanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko‘rinishidagi m unosabat. Davlatlararo va transm illiy moliya-kredit m unosabatlarini o‘z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi. Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
— taqsim lash funksiyasi;
— nazorat funksiyasi;
— takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan bog‘liq tartibga solish funksiyasi;
— barqarorlashtirish funlcsiyasi. M azkur funksiya jahon xo‘jaligi tizim ida iqtisodiy va ijtimoiy m unosabatlar uchun barqaror sharoitni yaratishda namoyon bo'ladi. Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat:
1. Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari.
2. Xalqaro m ehnat taqsimoti.
3. Iqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi va globallashuvi.
4. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi.
5. llm iy-texnika taraqqiyoti.
6. Xalqaro moliya munosabatlarining ko‘p tomonlama tartibga solish tizim ini takomillashtirilishi.
7. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuvi. Xalqaro moliya jahon xo‘jaligining aniqlovchi tizim laridan biri hisoblanib, milliy va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
1.2. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaro moliya munosabatlarining tutgan o‘rni