Mavzu: Rivojlangan davlatlarda davlat va huquqga oid fanlarning mazmuni va uni o‘qitishda ilg‘or tajribalar



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə15/16
tarix14.06.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#130328
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Rivojlangan davlatlarda ta\'lim

YUqori maktab koreyschasiga “kodыnxakkyo” deb nomlanadi. Koreyalik bolalar yuqori maktabga o‘rta maktabdan keyin 17 yoshdan 1-kursga qabul qilinadi va 19 yoshgacha tahsil oladi. YUqori maktablar bir necha turlarga ajratiladi:
- Davlat yuqori maktablari: Koreya Ta’lim va texnika fanlari vazirligi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi;
- Umumiy yuqori maktablar: har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi;
- Xususiy yuqori maktablar.
SHuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha turlarga bo‘linadi:
- Ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz xo‘jaligi, axborot);
- Umumiy maktablar;
- Maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab);
- Texnika maktablari;
- CHet tili maktablari;
- Jismoniy tarbiya maktablari;
- San’at maktablari va h.
Janubiy Koreya Respublikasida ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo‘ladi. YUqori maktab o‘rta maktab kabi majburiy emas. Biroq keyingi yillarning barchasida statistik ma’lumotlarga qaraganda 97-98 % koreys yoshlari yuqori maktabni tamomlaganlar. “Ilmiy” yuqori maktablar, chet tillar va san’atshunoslik maktablariga kirish ancha murakkab imtihonlarni topshirishni talab etadi. YUqori maktablar xususiy va davlat tasarrufida bo‘lishi mumkin, bu maktablarda mutaxassislik berilmaydi, balki ularni keyingi ta’lim bosqichiga tayyorlaydi.
Kollejda tahsil olishni istamagan ta’lim oluvchilar kasbiy bilim yurtlariga kirib o‘qishlari mumkin. Bu bilim yurtlari texnologiya, agrokultura yoki moliya yo‘nalishlariga ixtisoslashgan. YUqori maktablarning jadvali haqida gapiriladigan bo‘lsa, har bir ta’lim oluvchi uchun kun yarmida qaytib kelish odatdagi holatga aylangan.
Janubiy Koreyada hunar maktablari 600 tani tashkil etadi. Bu maktablarning 45% bo‘lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23% da texnik kasb egalari etishib chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo‘jalik ixtisosliklari o‘zlashtiriladi. SHunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar otaliq qiladilar. Janubiy Koreya “Ta’lim haqidagi qonun” talablaridan biri ham shudir. Bizning Respublikamizdagi kabi Janubiy Koreyada ham alohida iqtidorli bolalarga e’tibor juda kuchli. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun maxsus maktablar mavjud. Bu maktablarning aksariyati xususiy yoki diniy tashkilotlarning xayriya mablag‘lari hisobiga qurilgan.
Maktablar uchun pedagog kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e’tibor beriladi. Koreyadagi barcha o’quvchilarning 6.5% bo‘lajak pedagoglardir. Mamlakatda 11 ta pedagoglar tayyorlaydigan kollejlar mavjud har bir provinsiya (viloyat) o‘z kollejiga ega. YUqori maktab bitiruvchilari “susen” deb nomlanuvchi standart test topshiradilar. Maktab o‘quv dasturlari kirish testlari-imtihonlari mazmunini qamrab olgan. Susen 3 ta asosiy seksiya fanlardan iborat: koreys tili, matematika va ingliz tili. Undan tashqari tabiiy va ijtimoiy fanlardan tanlov asosida qator fanlar kiritiladi. Bunday test 1 yilda 1 marta topshiriladi, u intensiv tayyorgarlikni talab etadi. Bu testga bo‘lajak OO‘YU o’quvchilari bog‘cha yoshidan tayyorlanishni boshlashadi.
Testni topshirolmagan va kollejga kirish 1 yilga surilgan ta’lim oluvchilarni “chesusenlar” deb atashadi.

Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin