Mavzu: rivojlanishdagi kritik davrlar roʻziboyev Otabek



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə1/4
tarix11.05.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#111182
  1   2   3   4
Roʻziboyev Otabek 111

Mavzu: RIVOJLANISHDAGI KRITIK DAVRLAR

Roʻziboyev Otabek

  • Odam organizmining rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo bo'ladi. Bu davrlarda organizm ketma-ket morfologik biokimyoviy va fiziologik o'zgarishlarga uchraydi. Bu o'zgarishlar o'sish varivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog'langan.
  • Bola organizmi voyaga yetgan organizmdan bir qator belgilari bilan farq qiladi. Tana vaznining ortishidagi, alohida a'zolar va to'qimalarning kattalashuvidagi eng jadal o'zgarishlar bola hayotining birinchi yilida va bolalik davrida yuzaga chiqadi. Voyaga yetgan davrda organizmning o'sishi to'xtaydi, lekin funksional differensiyalashuvi va reflektor faoliyati takomillashuvi ichki kortikal aloqalarning rivojlanishi va murakkablashuvi hisobiga davom etadi. Qarish jarayoni o'ziga xos bo'lib, bir qator qayta rivojlanish bilan bog'liqdir. Bolaning rivojlanish davrlari tana va a'zolar og'irligi va kattaligi, skelet suyaklarining qotish darajasi, tishlarning paydo bo'lishi, ichki sekretsiya bezlaridagi birlashtiruvchi to'qimalarning rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa belgilar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo'ladigan universal umumiy biologik funksional va morfologik belgilarning to'liq ro'yxati aniqlangani yo'q. Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo'lib tizimlashtirishda bir tomondan organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o'smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan
  • Yana muhim kritik davrrlardan bittasi – jinsiy yеtilish, ya‘ni o‘smirlik davridir. Bu davr davomida organizmda shiddatli morfologik va fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘smirlik davrini ikkinchi o‘sish davri ham deyishadi, chunki organizmning bo‘yiga o‘sishi yanada jadallashadi. O‘smirlarga emosional beqarorlik xos bo‘lib, ish qobiliyati pasayyadi. Shu sababdan ular tez charchaydi. Bu o‘zgarishlarning hammasi gipotalamo-gipofizar tizim faollashib, jinsiy bezlarni rag‘batlantirishi, jinsiy gormonlarning qondagi miqdori ortishining natijasidir. Organizm gormonal holatining o‘zgarishi jinsiy organlarning o‘sishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning shakllanishi, bolalarning tashqi qiyofasi o‘zgarishi, balog‘atga yеtishga olib keladi. O‘spirinlik davri tugashi bilan inson o‘z-o‘zini anglash kamolotga yеtadi. Bu vaqtga kelib organizmning bo‘yiga o‘sishi ham to‘xtaydi 
  • Odam hayotining davrlarga bo’linishi Odam organizmining rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo bo'ladi. Bu davrlarda organizm ketma-ket morfologik biokimyoviy va fiziologik o'zgarishlarga uchraydi. Bu o'zgarishlar o'sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog'langan. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin