ESSE
MAVZU: Rivojlanishida nuqsoni boigan bolalarni psixologo-pedagogik tashxis qilish vazifalari
Avval ko'rsatib o'tilganidek, rivojlanishida nuqsoni bo'lganlami psixodiagnosdkasi uch bosqichda olib boriladi:
- Skrining-tashxis;
- Differensial tashxis;
- Individual
-korreksion dastur ishlab chiqish maqsadida bolani chuqur psixologo-pedagogik o'rganish; Har bir bosqich o'ziga xos vazifalarga ega hamda xar bir bosqichda uni zamonaviy psixodiagnostika xolatini xarakterlovchi bir qator muammolar bilan bog'liq. Skrining - tashxisning asosiy maqsadi psixologik rivojlanish davridagi turli nuqson va kamchiliklarga ega bolalami erta aniqlash, bola rivojlanishidagi psixologo-pedagogik muammosini aniqlab, unga umumta’lim muassasalari da sharoitlar yaratishdir. Bundan tashqari skrining-tashxis ta’lim muassasalaridagi bolalar ta’limtarbiyasiga sifatli baholashga doir vazifalami hal etishga yordam beradi: bolalarga ta’lim-tarbiya dasturlarining u yoki bu kamchiliklarini, aniq ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya jarayonidagi kamchiliklarini aniqlash.
Skrining - tashxisni tashkil etish va o'tkazish muammosi xozirgi kunda turlicha amalga oshiriladi. Masalan bolani ta’lim-tarbiyasi jarayonida qiyinchiliklarga uchragan pedagoglar ta’lim muassasasidagi psixologga bolaning xusususiyatlariga baho berib, unga mos keluvchi ishlar tavsiyasini ishlab chiqishini so'raydi. Boshqa xollarda ota-onalar psixologga murojat etadilar: bola tarbiyasi jarayonida xulqi bo'yicha duch kelingan muammolarga o 'z bahosini,unga xos ta’lim-tarbiya 43 tadbirlari bo'yicha tavsiyalarini berishi so'raladi. Shuni aytish joizki, murojaatlar asosan katta maktabgacha yoshdagi bolalar ko'proq uchraydi, chunki ota-onalar maktabga “tayyorlov davri”da bolada u yoki bu psixologik muammolami seza boshlaydi lar. Va, nihoyat maxsus tashkil etilgan skrining-tekshiruv natijalari orqali bola rivojlanishidagi muammolami aniqlash mumkin. Skrining-tekshiruv shaqli bo'yicha individual va frontal bo'lishi mumkin.Ushbu yondashuv rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalami aniqlash bo'yicha zamon talablariga javob beradi, ammo har doim ham foydalanilmaydi. Skriningda foydalaniladigan metodikalar har doim ham skrining tekshiruv vazifalariga mos kelmaydi, mutaxassis psixolog-pedagoglaming rivoj lanishdagi nuqsonlami aniqlashda tayyorgarligi ko'pincha yetarlicha bo'lmaydi. Hozirgi kunda “talablarga” ko'ra skrining-tashxis yetakchi o'rinda kelmoqda, lekin u bola xususiyatlarini xar tomonlama o'rganib unga psixologik va pedagogik yordamni bera olmaydi. Shunday qilib, skrining tashxisda ham bir qator muammolar ham mavjud.
1. Bolalami tekshirish bo'yicha metodikalaming ko'p bo'lishiga qaramasdan, skring tekshiruvda qo'llaniladigan tashxislari ilmiy jihatdan talablari asoslanmagan. Ayniqsa bu, birinchi 3 yoshgacha bo'Iganlarga tegishlidir.
2. Ilk va maktabgacha yoshdagi psixik rivojlanishi meyorida bo'lgan hamda psixologo-pedagogik va tibbiy ijtimoiy yordamga muhtojlar bolalami ajratish uchun skrining-tashxisni ishlab chiqishda uning mezonlari tizimini ishlab chiqish juda qiyindir.
3. Skrining-tekshiruvning o'tkazishda tekshiriluvchining shaxsiy hususiyatlarini va hissiy xolatini o'rganish muhim muammolardan biridir. Oldingi tajribalariga salbiy qarashi, yutuq va kamchiliklariga bo'lgan reaksiyasi kabilar vazifani bajarish sifatiga o 'z ta’sirini ko'rsatadi. Bu esa o 'z navbatida qiyinchiliklar tug'diradi, chunki skrining-tekshiruv davomida vaqt chegaralangan va keraqli ma’lumotlami olishga imkoniyat bermaydi. Differensial tashxis rivojlanish nuqsonini aniqlaydi, va uning natijalari orqali bolaning imkoniyatlariga xos ta’Iim shakllari aniqlanadi.
Differensial tashxisning vazifalari quyidagilar:
-bola rivojlanishidagi aqliy, nutqiy va hissiy nuqsonlar xarakteri va darajasini aniqlash; -birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarini aniqlash hamda buzilish tizimli taxlil qilish;
-harakat
- tayanch apparati, ko'ruv, eshituv kamchiliklarida psixik rivojlanish nuqsonlarining xususiyatlariga baho berish;
- pedagogik tashxisni aniqlash va uni asoslash. Ushbu ma’lumotlarga tayangan holda korreksion-pedagogik jarayonni, ta’lim dasturini, ta’lim muasssasasi turini aniqlash va tashkillashtirish mumkin. Differensial tashxis psixolgik-tibbiy-pedagogjk komissiyada amalga oshiriladi. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalami bir gurux mutaxassislar kompleks o'rganib tashxis natijasini kelishgan holda qo'yadilar. Ish bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda aniq bir tizimda tuziladi. Rivojlanishida nuqsoni boiganlami differensial tashxis qilish, hozirgi kunda bir qator muammolarga duch keladi. Ma’lumki, rivojlanishida nuqsoni boigan bolalaming har bir turida psixologik xususiyatlarining o'xshash jihatlari ham kuzatiiadi. Masalan, rivojlanishida nuqsoni bo'lganlaming deyarli barchasida nutq kamchiliklar yoki ta’lim olishida sustliklar xarakterlidir. Rivojlanish nuqsonini, darajasi ni aniqlovchi o'ziga xos xususiyatlar, differensial tashxisning asosi bo'lib hisoblanadi (V.I.Lubovskiy). Bu hozirgi kunda maxsus psixologiyada anomal rivojlanishlami taqqoslash xarakteriga ega ilmiy izlanishlaming yetarlicha emasligi bilan bog'liq. Bunday ilmiy ishlami olib borish differensial tashxis imkoniyatlarini yanada kengaytirar edi. Yana bir muammo TPPK amaliy faoliyati bilan bog'liqdir. Hozirgi kunda tashkiliy xarakterga ega ko'pgina savollar yechilmagan, hususan doimiy faoliyat ko'rsatuvchi bir qator metodologik va terminologik muammolami hal qiluvchi tashxis muassasasini tashkil etish, uni keraqli kadrlar bilan ta’minlash. Metodologik muammolar ichidan bolani differensial tashxis maqsadida psixodiagnostika natijalarini taxili hamda sifatli bajarish lariga imkon beruvchi samarali va ishonchli metodlami ishlab chiqish muammosini alohida ta’kidlash joiz. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalami chuqur psixologo-pedagogik o'rganish tashxis natijalariga asoslanib, korreksion dastumi ishlab chiqish maqsadini qo'yadi. Bunda o'rganish vaqt talab etadi, u asosan ta’limda, ba’zida esa konsultativ muassasalarda o'tkaziladi. Bunday o'rganishning aniq vazifalari turli yosh davrlari uchun ko'p taraflama va o'ziga xosdir. Ular ichidan qo'yidagilami ajratish mumkin:
• Bolaning individual psixologo-pedagogik xususiyatlarini aniqlash;
• Rivojlaniruvchi va ta’limiy korreksion individual dasturlami ishlab chiqish;
• Oilasidagi ichki munosabatlami o'rganish va tarbiya sharoitlarini aniqlash;
• O'qishdagi murakkab sharoitlarda yordam. Mutaxassislar u yoki bu funksiyadagi kamchilik yoki rivojlanmaganlikda samarali tavsiyalar bermoqdalar, lekin boladagi ijobiy hislatlami aniqlashdagi, ayniqsa shaxs hususiyatlari ya’ni bolaning tasawuri, nutqi, ijtimoiy shaxsiy muammosi hal etishga qaratilgan ishlari yetarlicha rivoj topmagan. Ammo, samarali korreksion-pedagogik jarayon faqatgina salbiy omillarga emas, balki birinchi o'rinda bolani psixologo-pedagogik individual imkoniyatlarini aniqlash ham qaratilgan.
Shunday qilib, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalami psixologo-pedagogik tashxis qilishning muhim vazifalari quyidagilardir:
-bola rivojlanishidagi nuqsonlami erta aniqlash;
-nuqsonning sababi va xarakterini aniqlash;
-bolaning pedagogik yo'llanmasini aniqlash;
-rivojlanishidagi nuqsonlari bo'lgan bolalaming individual psixologik xususiyatlarini aniqlash;
-ta’limiy va rivojlantiruvchi dasturlami ishlab chiqish.