Maqsadi va vazifalari: boshlang‘ich sinflarda mаntiqiy mаshqlаr tizimini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish hamda uning boshlang‘ich sinflardagi ahamiyatini tadqiq qilish.
Kurs ishi vazifalari:
Mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish.
Boshlang‘ich sinflarda mаntiqiy mаshqlаr tizimining mavjud ahvolini hamda metodik shart-sharoitini o‘rganish.
Boshlang‘ich sinflarda mаntiqiy mаshqlаr ustida ishlash jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni metodik jihatdan asoslash.
Boshlang‘ich sinflarda mаntiqiy mаshqlаr ustida ishlashning samaradorligini aniqlash.
Kuzatishlarimiz boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlarini tashkil etish qoniqarli emasligini ko‘rsatdi. Bizning kuzаtishlаrimiz jаrаyonidа mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish omili bo‘lgan sinfdan tashqari o‘qish darslarining o‘tkazmayotganligini, o‘qituvchilar darsda qo‘lga tushgan asarni o‘qib berish yoki o‘qitish bilan cheklanayotganlilari ma`lum bo‘ldi. Birorta sinfda sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rmadik. O‘quvchilar bilan suhbatda “Kimning qaysi asarini o‘qigansan?” savolimizga qiynalib javob berdilar.Bu kabi holatlarning kelib chiqishida obyektiv va subyektiv sabablar mavjud. Shunday sabablardan biri boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid maxsus adabiyotlarning yaratilmaganligi, o‘quv dasturida o‘quvchilar o‘rganishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatining berilmasligidir.
O‘zbek tiliga davlat maqomining berilishi bu tilining ichki va tashqi imkoniyatlaridan yana kengroq foydalanishini yaratdi. O‘zbek tili asrlar 12 davomida necha minglab turkiy ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘zbek xalqi orasida o‘zaro aloqa vositasi ham uning matbuot va badiiy adabiyot tili bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu tilda A.Navoiy, Bobur, Abulg‘oziy Bahodirxon, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Cho‘lpon, Fitrat va boshqa qator adiblarimiz o‘zlarining tarixiy badiiy asarlarini yaratib, unining qudratini namoyish qilganlar. O‘zbek tilining o‘ziga xos jilosi, unining serqirraligi, badiiy obrazlar yarata olish qudratini to‘laroq anglash uchun mumtoz va hozirgi zamon adiblarimiz badiiy asarlari tilini o‘rganish va matnlar bilan ishlash zamon talabidir. Hozirga qadar matn nazariyasi va amaliyoti, uning lingivistik tahlili bo‘yicha ancha ishlar bajarilgan. Bu borada S.Mutalibov, P.Shamsiyev, E.Fozilov, F.Is’hoqov, T.Qudratov, T.Nafasov va boshqalar samarali mehnat qilganlar. Keyingi davr tilshunosligi matnni lingvstik tahlil qilish bilan bir qatorda, uni uslubiy va fonografik jihatdan tahlil qilishni taqozo etmoqda. Ma'lum bir asarning g‘oyaviy mazmunini, badiiy-estetik qimmatini to‘la anglamoq uchun matndagi har bir til elementini chuqur his qilib, tahlil etish lozim. Oddiy tuyuqlardan toki epopeyagacha bo‘lgan asarlarning tili turli tumandir. Ayniqsa, so‘zlar badiiy tasvirda estetik zavq beruvchi san'atga aylanganda yana murakkablashadi. Jumladan, asarda tasvirlangan davrga xos so‘zlar, sheva so‘zlari, kasb-hunar so‘zlari individual muallifga xos semantik qo‘llanish, so‘z yasash, grammatik shakllarni har xil ma'noda qo‘llash, turli so‘z birikmalari tuzish va ishlatish xilma-xildir. Istalgan bir matnni tushinish uchun tabiiy til grammatikasini bilish talab qilinadi. Ammo badiiy matnning tushunishda "badiiy matn grammatikasi" ni bilish lozim. Til grammatik vositalarini muayyan holatda qaysi shakl va mazmunda ishlatilganligini aniqlash kerak.
Dostları ilə paylaş: |