Mavzu: sezgi reja



Yüklə 32,86 Kb.
səhifə9/9
tarix07.01.2023
ölçüsü32,86 Kb.
#78636
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SEZGI

farqlashning boshlanishi bilan o‘lchanadi. Sezgilar kuchi yoki sifatida unchalik sezilmaydigan farqni yuzaga keltiradigan faoliyatdagi seskantiruvchining kuchiga nisbatan eng kichik qo‘shimcha farqlash bo‘sag‘asi yoki ko‘p tomonlama bo‘sag‘a deb ataladi.
Farqlashga bo‘lgan sezuvchanlikni tajribada tadqiq etish Veber va Bugerga o‘rtacha, ya’ni, absolyut sezuvchanlikning quyi yoki yuqori bo‘sag‘alariga yaqinlashmaydigan seskantiruvchilar uchun haqqoniy bo‘lgan qonunni ifodalash imkonini berdi. Unga ko‘ra, seskantiruvchi orttirma kuchining uning asosiy kuchiga nisbati sezuvchanlikning ma’lum turi uchun doimiy kattalikdir. Bosimni (taktil sezuvchanlik) sezishda bu orttirma seskantiruvchi dastlabki og‘irligining 1/30 ga teng, eshitish seskantiruvchilari uchun bu konstanta 1/10 ga, ko‘rish seskantiruvchilari uchun – 1/100 ga teng.
Nemis fizigi G. Fexner juda kuchsiz va o‘ta kuchli ta’sirlar ostida nisbiy bo‘sag‘alar o‘z ahamiyatini yo‘qotishini aniqladi. Shuningdek, u seskantiruvchining kuchi geometrik progressiya asosida oshib borishi bilan sezgi jadalligi arifmetik progressiya asosida oshishini aniqladi. Har taraflama sezuvchanlik ham farqlash bo‘sag‘asi o‘lchamiga nisbatan teskari bog‘liqlikda bo‘ladi: farqlash bo‘sag‘asi qanchalik katta bo‘lsa, har taraflama sezuvchanlik shunchalik kichik bo‘ladi.
Yüklə 32,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin