Alisher Navoiy
Ayol kishining oiladagi o’rniga to’xtalib:
«Yaxshi xotin –oilaning davlati va baxti. Uyning
ozodaligi,uy egasining xotirjam va osoyishtaligi
undan, husnli bo’lsa –ko’ngil yozig`i,
xushmuomala bo’lsa –jon ozig`idir. Tili achchiq
bo’lsa, barchaning dilini yaralaydi, pokiza
bo’lmasa, eriga yuzi qoralik keltiradi, agar
mayxur bo’lsa, uy odobi yo’qoladi, axloqsiz
bo’lsa, oila rasvo bo’ladi» degan.
Alisher Navoiy
Yaxshi xotin —oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi, uy
egasining xotirjam va osoyishtaligi undan, husnli bo‘lsa —ko‘ngil
yozig‘i, xushmuomala bo‘lsa —jon ozig‘i-dir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda
tartib-intizom bo‘ladi, asbob-anjomlar saran-jom turadi. Kishi bu
kabi jufti halol bilan qovushsa, agar bunday baxtga erishsa, g‘am va
kulfatda sirdoshga, oshkor va pinhoniy dard-alamda hamnafas tan
mahramiga ega bo‘ladi. Turmushda boshingga har qanday jafo
tushsa, hamdarding u. Teskari aylanuvchi falakdan har balo kelsa,
ko‘makdoshing u. Ko‘nglingga g‘am yuzlansa, u hamroh, badaningga
xastalik va zaiflik kelsa, uning ham joni halak, ammo xudo
ko‘rsatmasin, nomuvofiq xotin uchrasa, o‘z uyingda halokatli illat
paydo bo‘ladi. U beandisha, shallaqi bo‘lsa, ko‘ngil undan ozor
chekadi va yomonlik axtaruvchi bo‘lsa, undan ruh azob chekadi.
Tili achchiq bo‘lsa, barchaning dilini yaralaydi, pokiza bo‘lmasa,
eriga yuzi qoralik keltiradi, agar mayxo‘r bo‘lsa, uy odobi
yo‘qoladi, axloqsiz bo‘lsa, oila rasvo bo‘ladi.
Yusuf Xos Xojibning mashhur asari “Qutadg`u bilig”
(“Baxt-saodatga yo’llovchi bilim”)da er yoki xotin
tanlashda uning qaysi sifat va fazilatlariga e`tibor
berish zarurligi, inson shaxsiga xos xislatlarning
oilaviy hayotni boshqarishdagi o’rni va ahamiyati,
er-xotin munosabatlarining me`yorlari, farovon
turmush kechirishning muhim shartlari haqida
qimmatli fikrlar aytilganki, ular oilaviy hayot va er-
xotin munosabatlari uchun ahamiyatlidir. Asarda
“Sen xotin olsang, o’zingdan quyisini ol,zoti oliysiga
boqma, sen qul bo’lib qolasan. Asli, urug` hamda
zoti yaxshi bo’lsin, uyatli, andishali, pokizasini
istagin”.
Kaykovus qalamiga mansub “Qobusnoma” asari (10821083
y.da yozilgan) Sharq xalqlari orasida mashhurdir. Kaykovus
Unsurulmaoni -“Qobusnoma” asarini 63 yoshida o’g`liga
atab yozib, unda o’zining bola tarbiyasi, oilaviy hayot,
shaxs kamoloti masalalarini bayon etadi. Kitobdagi asosiy
g`oya -yoshlarni ota-onani hurmat qilishga, e`zozlashga
chaqirishidir. Uning bu boradagi fikrlari pandnomaning
«Ota-ona xaqqini bilmoq zikrida» bobida bayon etilgan: Har
bir farzandki, oqil va dono bo’lsa, ota-ona, mehr-
muhabbatini ado etmakdin bosh tortmagay». U bu borada
"Nima eksang, shuni o’rasan“degan maqolni ishlatib, u
oilada bola tarbiyasining qo’yilishi ana shu muhim maqol
asosida qurilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi, -deb hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: |