Mavzu: shaxs nazariyasi reja



Yüklə 41,46 Kb.
səhifə4/5
tarix13.12.2023
ölçüsü41,46 Kb.
#175234
1   2   3   4   5
Mavzu shaxs nazariyasi reja

Ikkinchi nuqtai nazar –  shaxslararo aloqalar muhiti shaxsni aniqlash va mavjudlik sohasi bo‘lib xizmat qilganida shaxsni tushunish vositasi sifatidagi interindivid shaxsiy atributsiya.
Ko‘rib chiqishning uchinchi nuqtai nazari  – metaindivid shaxsiy atributsiya. Ushbu holatda individning o‘z faoliyati orqali boshqalarga ko‘rsatadigan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ta’siri ko‘zda tutiladi. SHaxsga yangicha nazar bilan qaraladi: uning individ sifatlari qatoridagi muhim xususiyatlarini faqat o‘zida emas, balki boshqa odamlardan ham izlash taklif etiladi. Bunda shaxs boshqalarda ideal tarzda tasavvur etilishi, ularning o‘zga turmush tarzi, uning shaxs sifatida alohidalanishida yuzaga keladi.
Bunday ideal tasavvur etishning mohiyati  – sub’ekt faoliyati yoki uning hamkorlikdagi faoliyatini yuzaga chiqaradigan boshqa odamning aqliy va affektiv-ehtiyojiy sohasidagi real faol o‘zgarishlardan iborat. Bunday holatda gap shaxsning boshqalarda o‘z hayotini davom ettirishi mumkin bo‘lgan faol jarayon haqida, boshqalarda o‘zining davomiyligini ko‘ra bilishi haqida ketadi. Individ o‘limidan so‘ng shaxs butunlay yo‘qolib ketmasdan o‘zgalar hayoti bilan davomiyligini saqlab qoladi. A.S.Pushkin so‘zlarini esga olsak: «Yo‘q, butunlay o‘lmayman … dunyoda bitta bo‘lsa ham shoir qolmagunicha».
Shaxsning psixologik tuzilishini quyidagi ko‘rinishda tasavvur etish mumkin

3. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi.

– hozirgi zamon psixologiyasining markaziy muammolaridan biri. Psixologiya fanining bunyodga kelishi va taraqqiyoti jarayonida «psixik», «ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan aloqalar ko‘rib chiqildi. Psixik taraqqiyot to‘laligicha ham biologik va ijtimoiydan mustaqil bo‘lgan muayyan jarayon sifatida, ham faqat biologik yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ularning intividga ko‘rsatadigan parallel ta’sirining natijasi sifatida tushuntirilgan edi. Shunday qilib, ijtimoiy, psixik va biologik nisbatlarni turli xilda izohlovchi konsepsiyalarning bir nechtasini ajratish mumkin.[2]
Psixik taraqqiyotning ichki ta’sir natijasida vujudga kelganligini isbot qiluvchi konsepsiyalar guruhida psixik nisbat biologik va ijtimoiy nisbatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zining ichki qonunlariga to‘laligicha bo‘ysunadigan hodisa sifatida o‘rganiladi. Bunda ushbu konsepsiyalar nuqtai nazaridan inson organizmiga psixik faoliyatning qandaydir «sig‘imi» sifatida o‘rin ajratiladi. Bunday fikrlarni bizlar ko‘proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini e’tirof etuvchi mualliflar ishlarida uchratamiz.
Biologik konsepsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin sodir bo‘ladigan hodisaning chiziqli funksiyasi sifatida o‘rganiladi. Bu konsepsiyalarga asosan, inson xossalari va holatlari, psixik jarayonlarning barcha xususiyatlari biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, ularning taraqqiyoti esa biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ko‘p hollarda bu konsepsiyalarda psixik taraqqiyotni tushuntirib berishda asosiy biogenetik qonun – rekapitulyasiya qonuni qo‘llaniladi, bu qonunga ko‘ra, individ taraqqiyoti o‘zi tegishli bo‘lgan tur evolyusiyasining asosiy ko‘rinishlarida amalga oshiriladi. Ushbu e’tirofning ifodalanishi ruhiyatning tabiatda mustaqil hodisa sifatida mavjud bo‘lmasligi, barcha ruhiy hodisalarni biologik (fiziologik) tushunchalar yordamida ta’riflash yoki tushuntirish mumkinligi haqidagi fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazarning fiziologlar o‘rtasida juda keng tarqalganligini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, I.P. Pavlov ushbu nuqtai nazarning tarafdori edi.[1]
Bir qator ijtimoiy konsepsiyalar mavjud bo‘lib, ular ham rekapitulyasiya g‘oyasidan kelib chiqadi, lekin bunda u o‘zgacha tarzda namoyon bo‘ladi. Ushbu konsepsiyalarda individning konspektiv shaklda psixik rivojlanishi jamiyat tarixiy rivojlanishi, avvalambor, ma’naviy hayot, madaniyatning taraqqiyoti jarayonining asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o‘z tasdig‘ini topgan.
Shunga o‘xshash konsepsiyalarning mohiyatini V. Shtern yanada yorqin tarzda ifodalagan. U taklif etgan ta’limotda rekapitulyasiya tamoyili ham hayvonlar psixikasi evolyusiyasini, ham jamiyat ma’naviyatining taraqqiyoti tarixini qamrab oladi. Uning yozishicha: «Inson individi go‘daklik davrining birinchi oylarida tuban hissiyotlarning ustunligi holatidagi anglanmagan refleksli va impulsli mavjudligi bilan sut emizuvchi bosqichini egallaydi; ikkinchi yarim yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish faoliyatini rivojlantirib, yuqori sut emizuvchi – maymun darajasiga etadi, va ikki yoshda gavdani tik tutib yurish va nutqni egallagandan so‘ng oddiy insoniy holatga erishadi. O‘yin va ertaklarning birinchi besh yilligida u ibtidoiy halqlar bosqichida turadi. So‘ngra maktabga o‘qishga kirish, ijtimoiy bir butunlikka ma’lum majburiyatlar bilan shiddatli tarzda kirib boradi, - bu insonning davlat va iqtisodiy tashkilotlarga ega bo‘lgan madaniyatga a’zo bo‘lishining ontogenetik taqqoslanishidir. Maktab davrining birinchi yillarida ko‘hna va qadimgi olamning oddiy mazmuni bola ruhiga o‘ta mutanosibdir, o‘rta maktab yillarida diniy madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi, faqat etuklik davrida YAngi davr madaniyati holatiga mos keluvchi ma’naviy darajalarga erishiladi».
Lekin, fikrimizcha, bunday o‘xshashliklar keltirilganida, har bir jamiyatda tarixiy rivojlanib, har bir ijtimoiy-tarixiy tuzilmada o‘ziga xos bo‘lgan ta’lim va tarbiya tizimini hisobga olish zarur. Bunda odamlarning har bir avlodi jamiyatning ma’lum bir rivojlanish bosqichiga to‘g‘ri kelib, o‘sha bosqichda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun insonga o‘z taraqqiyotida bosib o‘tilgan tarixiy bosqichlarni qisqartirilgan ko‘rinishda takrorlab o‘tirish shart emas.
Odamning ma’lum biologik tur vakili sifatida dunyoga kelishini hech kim tomonidan inkor etilmaydi. Shu bilan birga, inson ma’lum ijtimoiy muhitda tug‘ilgani uchun faqat biologik ob’ekt sifatida emas, balki, ma’lum jamiyat vakili sifatida ham rivojlanadi. Bu kabi ikki qarash doimiy ravishda o‘zaro ta’sirda bo‘lganliklaridan psixologiya uchun o‘zaro aloqalarining xususiyatini aniqlash muhimdir.


Yüklə 41,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin