Mavzu: Shaxslararo munosabatlarda shaxs agressivligi muammosi. Agressiya tushunchasini tavsiflang



Yüklə 45 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü45 Kb.
#183013
8-9-seminar mashg’uloti topshiriqlari Mavzu Shaxslararo munosab-fayllar.org



Mavzu:Shaxslararo munosabatlarda shaxs agressivligi muammosi. Agressiya tushunchasini tavsiflang.

Agressiya yoki kishilar o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan vajohat holati – bu shunday yo‘nalishki, unga oid xulosalar nafaqat psixologlarni, balki sotsiologlar, huquqshunoslar, pedagoglar, faylasuflar, ijtimoiy soha xodimlar, turli bo‘g‘in rahbarlarining barchasini qiziqtiradi. Zero, inson tabiati va uning boshqa insonlarga bog‘liq jihatlarini o‘rganish uchun xulqning aynan shu tomonini ham o‘rganish, bilish va boshqara olish kerak. Amerikalik olimlar Robert Beron va Debora Richardsonlarning 2000 yilda Sankt-Piterburgda rus tilida nashr etilgan “Agressiya” nomli kitoblarida ham agressiv xulqqa nisbatan yangicha yondashuv bayon etilgan. Xususan, kitobda agressiv xulqqa taalluqli bo‘lgan asosiy nazariyalardagi (psixoanaliz, kognitiv nazariya, evolyutsion, frustratsion yondashuv va boshqalar) fikrlar keltirilganki, mualliflar ularni xulosalab, bunday xulqning aynan biologikdan ham ko‘ra, ijtimoiy tabiati borligini taʼkidlaganlar. Freydning instinktlar to‘g‘risidagi nazariyasida taʼkidlangan agressiyaning tug‘ma, biologik tabiatga egaligi to‘g‘risidagi fikridan farqli o‘laroq, oxirgi yillarda o‘tkazilayotgan tadqiqotlar uning aynan bir insonning boshqa insonga munosabatidan, uning o‘ziga nisbatan qarashlarining ongida aks ettirishi va o‘zini turli xavf-xatardan asrashning vositasi ekanligi fikrini isbotlamoqda. Aynan ijtimoiy ko‘nikmalar paydo bo‘lish jarayoni doirasida qaralgan agressiyani boshqarish imkoniyati borligi amerikalik olimlar xulosalari asosida yotadi. Shu narsa alohida diqqatga molikki, agressiv xulq-atvorning kelib chiqishi va namoyon bo‘lishida oila va oilaviy o‘zaro munosabatlar, tenqurlar guruhi hamda ommaviy axborot vositarining roli katta ekanligi, ayniqsa, birinchi omil taʼsirchan ekanligi fikri yangi tadqiqotlarda alohida o‘rin tutadi. Odatda bolalar oilada ko‘rgan-kechirganlari, ota-onasining o‘rinli-noo‘rin tanbehlari, baʼzan ularning agressiv munosabatlarining “qurbonlari” sifatida vajohatli bo‘lib borishadi. Yaʼni, oilaviy hamjihatlik, to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro muomala, tarbiya uslublari va boshqaruv usullari agressiv harakatlarning oldini oluvchi, bartaraf etuvchi muhim shartlardir. O‘tkazilgan tadqiqotlardan maʼlum bo‘ldiki, ota-ona o‘rtasida tez-tez nizolar, kelishmovchiliklar chiqib turadigan, oiladagi bolalar o‘rtasidagi (aka-uka, opa-singil va hokazo) nizolar odatiy bo‘lgan oilada tarbiyalangan bolada agressiyaga moyillik darajasi yuqori bo‘ladi. Chunki ayniqsa kichik yoshli bola o‘zgalar o‘rtasida sodir bo‘layotgan nizolar va janjallarga o‘ta sezgir va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun ham oiladagi muomala madaniyati, bola ongiga ilk yoshlikdan singdiriladigan muloqatga oid qadriyatlar uning kelajakda o‘zgalar bilan bo‘ladigan munosabatlarini ijobiylashtiradi.


2.Agressiya nazariyalari




Bolalardagi agressiyaning vujudga kelishi bо‘yicha xorij tadqiqotchilari bolada agressiv xulq-atvorni belgilovchi ikki asosiy omilni ochib beradilar: kechirimlilik (kechirimlilik deganda ota-onalarning bolalarning barcha xattiharakatlarini kechirishga moyilliklari, bolani tushunish va qabul qilishlari nazarda tutiladi) va bolaning agressiv xatti-harakatlari uchun ota-onalar tomonidan qattiq jazo qо‘llanilishi. Birinchi omil ta’siri xususida aksariyat olimlar qarashlarida hamjihatlik kuzatiladi. Masalan, G. Eberleyn agressivlikni “mehr va e’tibortalab bolaning tushkunligi” deb ta’riflaydi2 . Aksilijtimoiy xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omil sifatida agressivlikni M. Ratter boshqacha nuqtayi nazardan kо‘zdan kechiradi: agressivlikni oiladagi og‘ir sharoitlar, kо‘pbolalilik, maktab bilimlarini о‘zlashtirmaslik, oila va maktabdagi ta’lim va tarbiya uslublari kabi boshqa omillar bilan mushtarakligini ta’kidlaydi3 . “Turli yoshdagi bolalarda agressiv xulq-atvor namoyon bо‘lishi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi doirasida kichik va katta yoshdagi о‘smirlarning agressivligi hamda gender tafovutlari о‘rganildi. Bunda bir qancha diagnostik metodikalarni о‘tkazishga erishildi. Bular ichida A. Bass – A. Darkining “Agressivlikni о‘rganish” sо‘rovnomasi agressiya muammosini atroflicha, chuqur о‘rganishga yordam berdi. A. Bass va A. Darki о‘z sо‘rovnomalarini tuzishda agressiv reaksiyalarning turli shakllarini inobatga olishga qaror qildilar. A. Bass, “frustratsiya-agressiya” farazining xulqqa doir jihatini afzal kо‘rib, ikkita reaksiyani farqlashni taklif qildi: “agressiya” atamasi bilan belgilovchi aniq shaxslarga nisbatan faol tashqi namoyon bо‘luvchi reaksiya va “dushmanlik” deb nomlanuvchi, shaxsning tevarak-atrofdagilarga nisbatan negativ, ishonchsizlik pozitsiyasini egallashi. Savollarni tuzishda A. Bass va A. Darkilar quyidagi tamoyillarga asoslangan: 1. Savol faqatgina agressiyaning bitta shakliga tegishli bо‘lishi. 2. Savollar shunday tuzilganki, jamiyat tomonidan ma’qullanish yokima’qullanmaslik ta’siri kamaytirilgan. Bunga uchta usul orqali erishiladi: a) javob mazmunida jamiyat tomonidan ma’qullanmaganlik holati (masalan, о‘zini yо‘qotib qо‘yish) rо‘y berib, faqatgina uni aks ettirish usuli kо‘rsatilishi haqida gap ketishi, xulq-atvorni ta’riflashga urg‘u berilishi va uning sabablarini baholashdan yiroqlashish taxminini о‘z ichiga oladi; b) savollar shunday tuziladiki, ta’riflanayotgan agressiv xulq-atvorni yoqlashga imkon qolsin; v) odamlar tomonidan о‘z ichki holati va xulq-atvorini ta’riflashda kо‘pincha qо‘llaydigan odatiy sо‘zlashuv iboralari, qoliplardan foydalaniladi1 . Bass-Darki metodikasi sinaluvchilar uchun tipik xos bо‘lgan agressiv xulq-atvorning shaklini aniqlashga yordam beradi. Mazkur metodikani qо‘llab, о‘smirlarning turli toifalarida agressiya turli sifat va miqdoriy tavsifga egaligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu bilan birga bu metodika bolalarning ma’lum bir yо‘nalishda harakatlanishga tayyorligi haqida ma’lumot olishga imkon beradi. Bundan tashqari, mazkur metodikadan foydalanish natijalari bolaning motivatsion sohasi mazmuni haqida ba’zi bir xulosalar chiqarishga imkon beradi, shunday ekan, subyekt uchun odatiy javob qaytarish shakllaridan xulq-atvor usullarini tanlash real ta’sir etuvchi mazmun hosil qiluvchi motivlar bilan bog‘liq. Mazkur metodika 75ta mulohazadan iborat bо‘lib, respondentlarning javoblari maxsus kalit yordamida ishlab chiqiladi va kalitga, asosan, sakkizta kо‘rsatkich bо‘yicha ma’lumotlar olinadi. Bu kо‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: 1. Jismoniy agressiya – boshqa bir shaxsga nisbatan jismoniy harakatlar qilish. 2. Bilvosita agressiya – tо‘g‘ridan tо‘g‘ri emas, boshqa yо‘llar bilan (chetdan, orqadan) amalga oshiriladigan agressiya. 3. Jahldorlik – arzimagan bahona yoki sabab bilan ham salbiy hissiyotlarini kо‘rsatish (qо‘pollik, tez jahl chiqishi). 4. Salbiy munosabatlar (negativizm) xulq, odatda, biror-bir avtoritetga yoki rahbariyatga yо‘naltirilgan bо‘ladi, bu xulq talab etilgan qonun va odatlarga qarshi agressiv passiv qarshilikdan to faol kurashgacha о‘sishi mumkin. 5. Alamzadalik – atrofdagilarga hasad qilish va ulardan nafratlanish, arzimagan kо‘ngilsizliklardan ranjish, g‘azablanish va “butun dunyoni ayblash”. 6. Shubhalanuvchanlik – atrofidagi insonlarga bо‘lgan ishonchsizlik va ehtiyotkorlik, ularning fikricha, atrofdagilar ularga ataylab yomonlik qilishadi. 7. Verbal agressiya – negativ hissiyotlarini sо‘z yordamida ifodalash, baqirish, janjallashish, tahdid qilish, sо‘kish, qarg‘ash. 8. Aybdorlik hissi – subyekt о‘zining yomonligi, atrofidagilarga zarar keltirishi haqidagi о‘y-fikrlari hamda vijdonan qiynalish.

3.Shaxslararo munosabatlarda shaxs agressivligining nomoyon bo’lish


xususiyatlari




O`smirlar o`zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o`zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma`lum darajada o`rtoqlari va o`qituvchilariga ko`rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy ko`zatish yo`li bilan ham osongina ko`rish mumkin. O`smirlik yoshiga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni o`rgana turib, o`smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo`llarini va unga ta`sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta`sirini tushunish mumkin. Bu davrda o`smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o`z o`rnini topa olmagan holatda bo`ladi, o`smirlik davri «o`tish davri», «krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko`rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o`smirlarning hattiharakatida muqobil, yangi sharoitlarda o`z o`rnini topa olmaganligidan psixik 5 portlash hollari ham kuzatiladi. O`z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni «psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. O`smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo`lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo`lmaydi. Jinsiy yetilish o`smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta`sir ko`rsatib, bu ta`sir bevosita emas, balki ko`proq bilvositadir. O`smirlik davriga ko`pincha so`zga kirmaslik, o`jarlik, tajanglik, o`z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi xususiyatlar xos. Kattalarga nisbatan yovo`z munosabatning paydo bo`lishi, noxush xulq-atvor alomatlari jinsiy yetilish tufayli paydo bo`ladigan belgilar bo`lmay, balki ular bilvosita ta`sir ko`rsatadigan, o`smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o`zgartirish yo`li bilan o`smirlarning xulq-atvoriga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatish mumkin. O`smirlar nihoyatda taqlidchan bo`lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo`ladi. Ular tashqi ta`sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan bo`ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantilik ham xosdir. Tashqi ta`sirlarga beriluvchanlik o`smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo`ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo`ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning, shuningdek, ustozlarning to`g`ri yo`lni ko`rsatishlariga qaramay, o`z fikrlarini o`tkazishga harakat qiladilar. Juda ko`p o`smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qizikib qoladilar. Katta odam, shuningdek chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o`zini qo`lay xis qiladi. Bunday holatlarga tushgan o`smir juda tashvishga tushadi va unda krizis holati yo`zaga keladi. Bu krizis o`smirning ma`naviy o`sishi, shuningdek, psixikasidagi o`zgarishlar bilan ham bog`liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o`zgaradi, o`zining yaqinlari, do`stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o`zgarish uning. ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko`pgina o`smirlarda o`zidan qoniqmaslik holati ko`zatiladi. 6 Shuningdek, o`zi haqidaga mavjud fikrlarning bugun unda sodir bo`layotgan o`zgarishlarga to`g`ri kelmayotganligi o`smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o`smirda o`zi haqida salbiy fikr va qo`rquvni yo`zaga keltirishi mumkin. Ba`zi o`smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo`ladi va o`smirlik davri krizisi deyiladi. O`smirlik davrida yetakchi faoliyat - bu o`qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir, o`smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi - bu do`stlik, o`rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. O`smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to`la o`rtoqlik kodeksiga bo`ysunadi. O`smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti ularning katta bo`lganlik hissi asosida tuzilgan bo’ladi. Ular kattalar tomonidan qilinadigan haqhuquqlarini cheklashlariga, qarshilik va e`tirozlariga qattiq qayg`uradilar. Lekin shunga qaramasdan, u muloqotda kattalarning qo`llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o`smirga kattalarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. O`smir o`zida bo`layotgan o`zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida kattalar bilan bo`lishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo`lib o`zi boshlamaydi. O`smir o`ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala munosabatiga qattiq norozilik bildiradi. O`smirlar muloqoti nihoyatda o`zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi, o`smirlik davriga kimningdir hatti-harakatini qilish xosdir. Ko`pincha ular o`zlariga tanish va yoqadigan kattalarning hatti-harakatlariga taqlidchanlik qiladilar. Qayd etib o`tilgan yo`nalganlik, albatta, kattalarning ham muloqot va munosabatida mavjud, lekin ular kattalarnikidan o`z emotsionalligi bilan farqlanadi. Tengdoshlari, shuningdek, sinfdoshlari guruhida o`smir o`zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo`ladi. O`smir o`z guruhiga bog`liq va qaram bo`lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo`shilishiga va uning qarorini doimo bajarishga tayyor bo`ladi. Guruh ko`pincha o`smirda «Biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi. 7 O`smir yoshidagi bola uchun do`st tanlash juda katta ahamiyata ega. O`smirlik davrida do`st juda qadrli hisoblanadi. Do`stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo`lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o`smir do`stlarning hol-ahvol so`rashishi va ko`rishishlarida (qo`l berib, quchoq ochib ko`rishish) birga o`tirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko`rinadi. Ko`pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, o`smirlarning shaxs bo`lib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi inson qalbida va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.

4.Agressiv xulq-atvorning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli




Inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhit (shaxslararo munosabatlar, o`zaro fikr almashish, hamkorlik)ning ahamiyati juda katta. Inson hech qachon bir o`zi jamiyatdan ajralgan holda mukammal shaxs bo`la olmaydi. U faqat odamlar orasida, jamiyatda tarbiyalangandagina komil inson bo`la olishi mumkin. O`smirlik davri o`z xususiyatiga ko`ra emotsional beqarorlik davri bo`lganligi sababli bu davrdagi o`zgarishlarning klinik formalari turli xil xususiyat kasb etadi. Biz o`z tadqiqot ishimizda o`smir shaxsining shakllanishi murakkab psixologik jarayon ekanligini, ulardagi agressiv va affektiv kabi holatlarning kelib chiqish sabablarini va psixologik xususiyatlarini o`rgandik. Adabiyotlar tahlili va o`tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda o`smirlarning aksariyat qismida agressiv holat ko`zatilib, bu holat ularning o`zo`ziga beradigan baholari hamda individual psixologik xususiyatlari bilan ham bog`liq degan fikrga kelish mumkin. Bu jarayonni o`rganib chiqish orqali biz quyidagi xulosalarga keldik: - o`smirlik davridagi eng asosiy ehtiyojlardan biri bo`lgan qaramlikdan ozod bo`lish ehtiyojini tushunmaslik, o`smirning mustaqilligini cheklab qo`yish o`zo`ziga bo`lgan ishonch hissining susayishiga olib keladi; - ota-onalar tamonidan bolaning faqat xato va kamchiliklariga urg`u berilishi, atrofdagilar tomonidan bolaning ko`p tanqid qilinishi keyinchalik unda agressiv holat shakllanishiga zamin yaratadi; - shaxsda muloqotchanlikning yetarli darajada rivojlanmaganligi ularda agressiv holatini yo`zaga keltiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi; Ushbu muammoni hal etish uchun o`z vaqtida psixoprofilaktik, reabilitatsion va psixokorreksion ishlar olib borilmasa, agresiv holatlar o`smirlik davridan so`ng ham yanada avj olib, o`z fikrini erkin bayon eta olmaslik, o`ziga ishonchsizlik, o`z imkoniyatlari va qobiliyatlarini to`liq namoyon eta olmaslik holatlarini vujudga keltiradi. Natijada insonda sekin-asta xavotirlik va hadiksirash tuyg`ulari kuchayib, turli psixik bo`zilishlarga, nevrozga va hatto suitsidal holatlarga sabab bo`lishi mumkin. 33 O`smir yoshlarning, eng avvalo, shaxsning ijtimoiy faolligi, mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta`lim jarayonida namoyon bo`ladi. Mazkur faollikdan uning mazmuni va shaklan to`zilishini farqlash mutlaqo zarur. Shaxs faolligining mazmundor tomoni uning ijtimoiy xislatlarida o`z ifodasini topadi, chunki bunda ijtimoiy ko`rsatma, e`tiqodlar, ma`naviy his-tuyg`ular, qiziqishlar, dominantlik xususiyatini kasb etadi. O`smir faolligining shakli faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ruhiy jarayonlar ichki, tashqi va anglashilgan irodaviy hatti-harakat, intilish namoyon bo`lishi orqali aniqlanadi. O`smir uchun qiyin sharoitlarda o`zini-o`zi ongli ravishda boshqara olish imkoniyati irodaviy zo`r berishning yordami bilan yo`zaga keladi va belgilangan muayyan aniq maqsad, reja hamda uni ro`yobga chiqaruvchi hatti-harakatlar uning irodasiga yo`naltiriladi. Barkamol avlod shaxsning psixologik xususiyatlarida markaziy rolni motivatsiya doirasi bajaradi va u ehtiyojlar, qiziqishlar, e`tiqodlar va ma`naviy histuyg`ularda o`z aksini topadi. Yoshlarning hayoti va faoliyatida, shuningdek, tarbiyasida asta-sekin ustuvor va barqaror motivlar vujudga kela boshlaydi, ular shaxsning ijtimoiy shartlashgan yo`nalganligi va hayotiy pozitsiyasini qat`iy belgilash uchun xizmat qiladi. Aksariyat hollarda o`smir shaxsining ijtimoiy shartlashgan xususiyatlari uning irodaviy faolligi yo`nalishini gavdalantiradi. Ijtimoiy yo`nalganlik shaxsning motivatsion-irodaviy xislati hisoblanishi sobitqadamlikda o`z ifodasini topadi. O`quvchi shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, hislatlari faoliyatining motivlari va maqsadini amalga oshirishning o`ziga xos usuli sifatida yo`zaga keladi.
Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin