MAVZU:
SHAXSNING IRODAVIY SIFATLARI
REJA:
1.
Shaxsning
irodaviy
sifatlari.
Ularning
klassifikatsiyasi.
Irodaviy
sifatlarning tuzilishi. Ixtiyoriy reaksiyalarning kelib chiqishi.
2.
Irodaviy xulq-atvorning ontogenetik xususiyatlari.
3.
Shaxsning irodaviy sifatlari rivojlanishi.
TAYANCH SO’ZLAR:
MOTIVLAR KURASHI - qaror qabul qilish bilan bog‘liq irodaviy harakatlar bosqichi
IRODAVIY ZO‘R BERISH - irodaviy xarakatlarning sub’ektiv komponenti bo‘lib,
kuchli kechinmalarni kechinishi.
IRODA - psixik aks ettirish jarayonlaridan bo‘lib, bu tashqi yoki ichki to‘siqlarni yengish
bilan bog‘liq harakatlarni tanlash qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
IMPULSIV HARAKATLAR - ixtiyorsiz bajariladigan va ong bilan yetarli darajada
nazorat qilinmaydigan ish harakatlar.
QAROR QABUL QILISH - masalani hal qilish,
yechish variantlaridan, usullaridan
birini tanlash.
IRODA KUCHI - maqsadga erishish irodaviy zo‘r berishning zaruriy darajasi (qatiylik,
uddaburonlik va h.k.)
Shaxsning irodaviy sifatlari. Ularning klassifikatsiyasi. Irodaviy sifatlarning
tuzilishi. Ixtiyoriy reaksiyalarning kelib chiqishi.
Kishining irodaviy sifatlari ya'ni
iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim
hollarda turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy sifatlarning
klassifikasiyasi sxema
tarzida quyidagicha ifodalanadi.
Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo’yi mustahkamlanib, shu
odamning xususiy sifatlari (ya'ni doimiy xislatlari) bo’lib qolishi mumkin.
Shaxsning bu o’ziga
xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi.
Har bir
kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo’lishi shu kishi
xarakterining xislati bo’lavermaydi.
Ayrim hollarda hatto tasodifiy ravishda kishi kuchli iroda ko’rsatishi mumkin,
ayrim hollarda
mazkur kishining irodasi, umuman kuchli iroda kuchi shu kishi
xarakterining xislati ekanligidan dalolat beravermaydi. Bu kishining irodasi kuchli
deb aytish uchun uning iroda kuchini bir marta emas, bir necha marotaba namoyon
qilganini bilmoq kerak.
Kishining xarakterini ta'riflaganimizda
falon kishi dadillik qildi, rost gapirdi
demasdan, balki bu odam dadil, rostgo’y, to’g’riso’z deb ataymiz. Buning ma'nosi
shuki dadillik va rostgo’ylik, to’g’riso’zlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter
xislatlaridir, tegishli
sharoitda bu kishi dadillik, rostgo’ylik, to’g’riso’zlik
xislatlariga ega ekanligini namoyon qildi deb aytamiz. Kishi xarakterini,
xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda qanday yo’l tutishini ancha aniq
bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz.
Intizomlilik
Irodaviy sifatlar
Maqsadga intiluvchanlik
Tashabbuskorlik
Dadillik
Qat'iyatlik
Printsipiallik
Mustaqillik
O'zini tuta bilish
Matonatlilik