Mavzu: shaxsning psixologik tuzilishi reja: kirish


Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar



Yüklə 189 Kb.
səhifə5/8
tarix28.02.2023
ölçüsü189 Kb.
#85914
1   2   3   4   5   6   7   8
SHAXSNING PSIXOLOGIK TUZILISHI

5. Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar. Yangi nazariyalar orasida Gumanistik psixologiya alohida o‘ringa ega. Bu yo‘nalishga juda ko‘plab olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Gorden L. Olport (1897-1967) shaxsning o‘zligini ko‘rsatishga, kamolotga intilishi nazariyasini taklif qildi. U shaxsni ochiq, doim rivojlanishdagi, o‘sishdagi psixofiziologik sistematarikasida qaraydi. Shaxsning asosiy xususiyati o‘zligini anglashga kamolga yetishga o‘zining barcha imkoniyatlarini hayotga tadbiq qilishga intilishi deb qaraladi.
Gumanistik psixologiyaning ko‘zg‘a ko‘ringan namoyondalaridan biri Karl Rodjersdir. (1902-1987). Uning fikricha shaxsning asosiy xususiyati, bu shaxsning hayot haqidagi o‘z kontseptsiyasidir. Bu kontseptsiya odamning tashqi muhit bilan munosabati jarayonida shakllanadi. Rodjersning nazariyasiga ko‘ra quyidagilar muhim ahamiyatga ega:
shaxslararo munosabatlar tenglikka aoslanishi, bir kishi ikiinchisiga tazyiq o‘tkazmasligi, har bir kishining maqei hurmat qilinishi lozim.
Shaxsning «o‘zagini» uning haqidagi bahosi tashkil qiladi. Bu baho tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanadi.
Shaxsning «self» yoki «Men kontseptsiya» ichki, organik va ijtimoiy sezgilar orasidagi o‘zaro mosligini aks ettiruvchi xususiyat sifatida shakllanadi.
Shaxsning asosiy motivi «o‘zligi»ni o‘stirish motividir.
Shaxsning o‘sishi esa ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabatlar ta’siri ostida yoki tezlashadi, yoki sekinlashadi.
Shaxsni undovchi kuch K.Rodjersning fikricha, «Men kontseptsiya» va «ideal Men» orasidagi tafovutdir.
Gumanistik psixologiyaning namoyondalaridan yana biri Abraxam Masloudir (1907-1970). U ham K.Rodjers nazariyasiga hamohang nazariya, «O‘zligini (hayotga) tadbiq qilish» nazariyasini taklif qildi. Uning fikricha, shaxning o‘sishga intilishi tug‘ma, lekin ijtimoiy omillar ostida aktuallashadi (harakat qiladi).
A.Maslou shaxs ehtiyojlarining 5 ta darajaga bo‘lgan ierarxiyasini (tabaqalashgan) taklif qilgan:
Self-actualisation need – o‘z-o‘zini aktuallashtirish ehtiyoji (o‘zligini ko‘rsatish, o‘zining imkoniyatlarini to‘liq tadbiq qilish, umuman olganda komil inson bo‘lish ehtiyoji); Esteem need-hurmatga, tan olinishga bo‘lgan ehtiyoj; Nedsfor belongingness and love-ijtimoiy munosabatga, guruhga a’zo bo‘lish ehtiyoji; Safety needs-xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj; Deficiency needs-fiziologik ehtiyojlar.
Psixologlar orasida biosotsial nazariyalarning tarafdorlari ham juda ko‘p. Shu jumladan G.Ayzenk. U shaxsning ikki o‘lchamli (asosli) modelini ishlab chiqdi. Bu modelda odam psixobiologik fenomen sifatida ko‘rib chiqilgan. Shaxsning asosiy xususiyatlari ikkita asosiy mezon, shkala – «ekstravertlik-introvertlik» va «emotsional turg‘unlik-neyrotizm» bilan aniqlanadi.
Biosotsial nazariyalar orasidan D.Kettelning «Shaxs xususiyatlarining faktorli kontseptsiyasi»ni ko‘rsatib o‘tish lozim. Olim bir-biri korrelyatsiga ega bo‘lgan 16 birlamchi va bir qancha ikkilamchi va o‘lchamli omillarni ajratib ko‘rsatgan.
Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar. Psixologiyada yangi nazariyalarning salmog‘i juda katta. Erik Bern (1902-1970) shaxsni rivojlantirishning amaliy va nazariy asosi sifatida xizmat qilishga yo‘naltirilgan «transakt tahlil» nazariyasini taklif qildi. Erik Fromm (1900-1980) gumanistik psixoanalizga asos soldi. Djordj Gerbert Mid (1863-1931) simvolik kommunikatsiyaning interaktsionistik nazariyasini ishlab chiqdi. Karl Leongard «Shaxs aktsentuatsiyalari» nazariyasiga asos soldi.
Keyingi yillarda Aleksandr Kellining (1905-1966) «Shaxs konstruktlari» nazariyasi juda keng tarqaldi va qo‘llanilmoqda. Bu nazariyaga asosan shaxsning bilish jarayonlarining kechishi uning kelajakdagi hodisalarni qanday «ko‘ra olishi» (oldindan modellashtirishi, tasavvur qilishi) bilan aniqlanadi. A.Kellining fikricha har bir odam tadqiqotchi. U doimo o‘zidagi «shaxs konstruktlari», o‘zining maxsus baholash shkalalari asosida reallikning obrazini tuzadi (hosil qiladi). agar tuzilgan obraz haqiqatdan farq qilsa, to‘g‘ri kelmasa mavjud konstruktlar qayta quriladi. Barcha bilish jarayonlarining samaradorligi, muvaffaqiyatli konstruktlar ko‘rish kishining psixologik bilim darajasiga bog‘liq.
1. Insonning shaxs sifatida tarkib topishi, unga ta’sir etuvchi omillar, uning mexanizmlari haqida psixologiya fani aniq ma’lumotlarga ega. Jamiyat taraqqiyotida bosh omil hisoblanuvchi, shu jamiyatning rivojlantiruvchisi bo`lib hisoblanuvchi inson odam sifatida dunyoga keladi. Uning shakllanishi o`ziga xos xususiyatlari u yashab turgan jamiyatda tarbiyalanadi, yuz beradi. Odam insoniyat vakili sifatida baholanuvchi termin bilan xarakterlanadi. Hamma odamlar, u yangi tug`ilgan yoki katta, sog`lom yoki kasal bulsa ham, uning sifatlari va xususiyatlaridan qat’iy nazar individ deb ataladi. “Individ” tushunchasida odamning nasl-nasabi mujassamlashgandir. Demak, individ qachonki, ongli ravishda va maqsad sari ma’lum bir faoliyatda atrof-muhitni anglasa va yaratuvchanlik hissasini qo`shsa, uni sub’ekt deb atash mumkin bo`ladi. Ammo ayrim faoliyatda ishtirok etuvchi individ hamma vaqt shu faoliyatning sub’ekti bo`la olmaydi, chunki har doim ham individ bajarayotgan xatti- harakatini anglamaydi va ularni maqsadga qaratilgan holda amalga oshirmasligi mumkin. Har bir individ takrorlanmas sotsial fazilatlarini o`zida mujassamlashtirgandagina u shaxs bo`lib etishadi. Shaxs bu - ongga ega bo`lgan ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyada yashab ongli faoliyat bilan shug`illanuvchi odam individdir. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosobat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o`tkazish darajasi va sifatli belgilaydigan sistemali tarzdagi sotsial fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi.
“Shaxs” va “individ” tushunchalari haqida etakchi rus psixologlari B.G.Ananaev, A.N.Leont’ev, B.F.Lomov, S.YA.Rubinshteyn kabilar o`z tadqiqotlarida alohida to`xtalganlar. A.N.Leont’ev shaxsan individ tomonidan egallab olingan alohida fazilat, inson munosabatlari to`lqinidagi sistemali “g`ayrihissiy” fazilatlar egasi ekanligini ta’kidlagan. Shaxs sifatida kamolga erishmagan individ bo`ladi. Bunga hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalarni misol kilishimiz mumkin. Ammo individni shaxsga aylanishida qanday omillar mavjud. Rus psixologi S.L.Rubinshteyn: odam o`zidagi takrorlanmas xususiyatlariga ko`ra individualdir. Uni o`z atrofidagilariga, borliqqa bo`lgan ongli munosabati, biror faoliyat bilan shug`illanishi uning shaxs ekanligidan dalolat beradi.
Individ bo`lib tug`ilgan insonni shaxsga aylanishi uchun nimalar zarur?

  1. Ijtimoiylik

  2. Ongga ega bulish

  3. faollik

4) insonni falollikga undovchi narsa ehtiyojdir.
Shaxs tushunchasiga psixolog olimlar tomonidan berilgan qator (50 ga yaqin) tavsiflar mavjud. Shulardan quyidagilarni keltiramiz:
«Shaxs- ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti va ob’ektidir» (A.G.Kovalyov).
«Shaxs individlararo munosabatlarning sub’ekti sifatida» (A.V.Petrovskiy)
«Shaxs - jamiyatda o`z o`rnini anglovchi faoliyatga qodir a’zosidir» (K.K.Platonov)
«Shaxs faoliyat sub’ektidir» (A.N. Leontev)
Juda ko`plab ta’rif va tushunchalar orasida Amerikalik psixolog G. Ollportning ta’rifi e’tiborga loyiqdir: «Shaxs bu hayot jarayonida shakllanuvchi individual o`ziga xos psixo fiziologik tizimlar shaxs xususiyatlari yig`indisi bo`lib, u asosida ushbu insonga xos tafakkur va xulq - atvor yuzaga keladi».
Shundayqkilib, shaxs bu jamiyat a’zosi bo`lib u individning psixofiziologik tizimining dinamik tashkil etuvchisi bo`lib bu uning xatti - harakati va tafakkurini belgilab beradi. Individuallik bu insonning o`ziga xos individual xususiyatlari bo`lib ular asosida insonlar bir biridan farq qiladilar. «Individuallik – bu o`ziga xoslikga ega bo`lgan shaxsdir» (Kovolyov)
2. Shaxsning tuzilishi, shakllanishi, tarkib topishda u yashayotgan muhitning kishilik jamiyatining roli juda kattadir. Tashki muhit inson shaxsining tarkib topishda muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi. Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhim ta’sirining chqkurroq va mustahkamroq bo`lishiga odamning o`zi yordam beradi. Ayrim g`ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to`la tasdiqlaydi. Tasodifan odam bolalarning yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasi nazarda tutilgan. A.G.Asmolov: “Tarixiy-evolyutsion yo`nalish targ`ibotchisi sifatida shaxs rivojlanishida 2 ta omil; a) nasliy; b) ijtimoiy omillar muhim hisoblanishi ta’kidlangan. Shuningdek, shaxsni hayotdagi maqsadi - yashash uchun xayotdagi me’yoriy tenglikni saqlash bo`lib, uning individual xususiyatlari bir butunlikda shaxs tuzilishini tashkil etadi. Shaxsni tuzilishini va uni yuzaga kelishini bilmasdan turib usib kelayotgan inson shaxsini proektlashtirish va diagnostika qilish, shakllanishi uchun eng maqbul sharoit, samarali yo`llarini aniqlab olish qiyin masaladir. Inson shaxsi yuqorida ta’kidlab o`tkanimizdek, o`zini o`rab turgan narsalar va ijtimoiy muhit bilan faol munosobat jarayonida tarkib topadi. Odamning ontogenetik tarraqqiyoti va shaxsning tarkib bo`lishida biologik va ijtimoiy omillar o`zaro munosabatga kirishib, tashqi ta’sir effektini ta’minlovchi kuchli ichki sharoitni yuzaga keltiradilar.
Ana shunday sharoitlarda odamning anatomik fiziologik layoqatlari shunchaki o`zini oshkor qilib qolmay, balki shaxs faoliyati sifatidagi odamning psixik faoliyati va nisbatan mustahkam psixik xususiyatlar va ularning sistemalarini ta’minlab, neyrodinamik va sensor-pertseptiv organlarning ma’lum funktsional ahamiyatiga ega o`ulgan mexanizmlari tarzida taraqqiy etadi, o`zgaradi va tarkib topadi.
Shaxs strukturasiga psixik jarayonlar, psixik holatlar, tabiiy va ijtimoiy o`zaro bog`liq xususiyatlar kiradi.
A.V.Petrovskiy shaxs 3 ta tarkibiy strukturasini ajratdi:
1. Individning ichki tuzilmasi (Intraindividlik) – u insonni temperamenti, xarakteri, qobiliyatini tuzilishida o`z aksini topib, u zarur, lekin shaxs psixologiyasini bilish uchun etarli emas.
2. Shaxsni real mavjud bo`lishi uchun uni predmetlar bilan faoliyat jarayondagi munosabatini o`z ichiga olib, insonni ma’lum xarakteristikalarini fazoda individni organik tanasidan tashqarida izlash lozim bo`lib, u shaxsning interindivid tuzilmasini tashkil qiladi.
3. Individ usti (metaindivid) tuzilma markazida insonni faoliyat jarayonida insonlardan muloqat jarayonida boshqalarga ta’sir va boshqalardan olinadigan ta’siri sifatida namoyon bo`lib, u persona ravishda namoyon bo`ladi. A.V.Petrovskiy o`z strukturasiga 3 tuzilmani kiritgan. Bu shaxs individualligi, uni shaxslararo munosabatlarda namoyon bo`lishi va boshqa insonlargan ta’sir eta olishi bo`lib, shaxs doimo shu uchlikda namoyon bo`lishi va individlararo, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida mavjud bo`lishi lozim.
S.L.Rubeshteyn bo`yicha shaxs strukturasi quyidagi ko`rinishga ega:

Ehtiyojlar, qiziqishlar, ideal, e’tiqod, etakchi motivlar, xulq-atvor va dunyoqarashda namoyon bo´ladi.


Yüklə 189 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin