Mavzu: Siderit, gabbro, selestin, xalkozin



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə4/4
tarix24.10.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#160643
1   2   3   4
намуна МИ

Xalkozin (yun. Chalkos mis), mis yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi CuS; aralashma holida Ag, baʼzan Fe, Co, Ni, As boʻladi. Romb va geksagonal singoniyada kristallanadi. Odatda, tuproqsimon massalar holida uchraydi. Rangi qoʻrgʻoshinga oʻxshash, kulrangdan qoragacha. Metalddek yaltiroq, xira, moʻrt va oson bolgʻalanuvchan. Qattikdigi 2,5—3; zichligi 5,5— 5,8 g/sm3. Elektr oʻtkazuvchan. Mis rudalari tarkibiga kiradi. Yer yuzasida oksidlanish natijasida Xalkozin hisobiga kuprit, malaxit, azurit, tugʻma mis va misning boshqa minerallari hosil boʻladi. Xalkozinning gipogen va gipergen turlari maʼlum. Asosiy massasi ekzogen sharoitda, mis sulfid konlarining ikkilamchi sulfidli boyish zonalarida paydo boʻladi. Xalkozin misga eng boy sulfid, mis eritib olinadigan ruda hisoblanadi. Bornit, xalkopirit va boshqa sulfidlar bilan assotsiatsiyada uchraydi. AQSH, Chili, Afrika, Qozogʻiston (Jezqazgʻan)da Xalkozin konlari bor. Oʻzbekistonda Chatqol, Hisor togʻlarida topilgan.

Xulosa.

Men ushbu minerallar haqida ma’lumot to’plash davomida ko’pgina muhim hamda qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldim. Shuningdek bu minerallarning tarqalishi, fizik-kimyoviy, mexanik xossalari, qayerlarda qanday holatda tarqalganligi kabi ma’lumotlarga ham ega bo’ldim.




Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. M.V. Abdunabiyeva “Kristallografiya va mineralogiya” Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (qattiq foydali qazilma)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun. Toshkent-2016

  2. Adilxanov K.X., Tulyaganova N.Sh. “Kristallografiya, mineralogiya va geokimiyo” Uslubiy ko’rsatma. Toshkent-2010

  3. Internet tarmog’idan:

www.ziyonet.com
www.wikipediya.com
Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin