Sikloalkanlar kabotsiklik birikmalar sinfiga mansub bo’lib, CnH2n umumiy formula bilan ifodalanadilar. Bu yerda n3 bo’lishi shart. Sikloalkanlarni sikloparafinlar yoki naftenlar deb ham ataladi.
Sikloalkanlar kabotsiklik birikmalar sinfiga mansub bo’lib, CnH2n umumiy formula bilan ifodalanadilar. Bu yerda n3 bo’lishi shart. Sikloalkanlarni sikloparafinlar yoki naftenlar deb ham ataladi.
Tuzilishi. Izomeriyasi. sikloalkanlarning tegishli to’yingan uglevodorodlar nomi oldiga siklo- old qo’shimchasi qo’shib hosil qilinadi. Masalan:
siklopropan siklobutan siklopentan
Sikloalkanlar izomerlarining soni tegishli teng uglerod atomlari tutgan alkanlar izomerlari sonidan bir necha marta ko’p. Bunga sabab, ularda struktura (tuzilish) izomeriyasi bilan bir qatorda izomeriyaning boshqa turlarini ham mavjudligidadir.
Masalan: C6H14 tarkibli alkanlar uchun beshta izomer mavjud bo’lsa, C6H12 tarkibli sikloalkanlar uchun mavjud bo’ladigan izomerlarning soni 10 dan ortiqdir.
Halqadagi uglerod atomlarining soniga nisbatan izomeriya:
Agar halqada bitta o’rinbosar bo’lsa, unday birikmalar uchun sterioizomeriya mavjud bo’lmaydi. Ikki almashgan sikloalkanlarda geometrik va optik izomerlar mavjud bo’ladi.
Ikki almashgan barcha sikloalkanlar uchun (geminal tuzilishga ega bo’lganlaridan tashqari) geometrik izomeriya mavjud bo’ladi. Olinish usullari. sikloalkanlarlar neft tarkibida bo’ladi. Ularni sintetik usullar yordamida ham olish mumkin: Digalogenalkanlardan galogen atomlarini rux metalli yordamida tortib olinganda sikloalkanlar hosil bo’ladi: