Mavzu: Sinxron mashinalar Reja



Yüklə 87,6 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü87,6 Kb.
#203758
Reja Sinxron mashinalar-fayllar.org


Mavzu:Sinxron mashinalar


Reja:
1.Sinxron mashinalar
2.Stator
3.Sinxron mashinalar vazifasi
4.Foydalanilgan adabiyotlar

Sinxron mashina — aylanish tezligi (n) oʻzgarmas boʻlib, stator va rotordan tashkil topgan bo’ladi. Statorning oʻzagi o'zaro izolatsiyalangan elektrotexnik poʻlat yaproqchalardan yigʻilgan boʻlib,


silindrsimon yaxlit korpusning ichki qismidagi pazlarga uch fazali
oʻzgaruvchan tok choʻlgʻamlari joylashtiriladi.
Stator (ing . stator, lot. sto — turaman) — 1) elektr mashinada —
magnit oʻtkazgich vazifasini bajaruvchi qoʻzgʻalmas qism. Oʻzak va
staninadan iborat. Oʻzak lok bilan izolyasiyalangan elektrotexnika
poʻlati listlaridan (0,35—0,5 mm qalinlikda) paket (tahlam) tarzida
yasaladi. U quyma yoki payvandlab yasalgan korpus — staninaga
mahkamlangan; 2) gidrotexnikada — gidroafegat massasidan
nagruzkani va suv bosimini GES binosiga uzatuvchi qism;
gidroturbinashtg poydevor qismi. U spiralsimon beton kamerali qilib
yasaladi. Yirik turbinalar uchun moʻljallangan Statorlar odatda,
payvandlab tayyorlanadi. Sinxron mashinalar elektr generatorlari,
dvigetellari va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ishlatiladi.
Barcha elektr mashinalari kabi ular ham qaytuvchanlik xususiyatlariga
ega. Sinxron mashinalar, asosan, barcha elektr stansiyalarida quvvati
800 kVa (kilovatt) va undan ortiq boʻlgan generatorlar oʻrnatilgan.
Gidravlik elektr stansiyalaridagi generatorlarning quvvati birmuncha
kam boʻlib, 500 — 600 kVa ni tashkil etadi. Atom elektr stansiyalarida
esa bitta blokning quvvati 1.5 ming MVA(Megavoltamper —
transformator elektr toki kuch birligi)ga yetadi. Mashina oʻqiga
mahkamlangan kontakt halqalariga rotor choʻlgʻamining ikki uchi


mahkamlangan boʻlib, halqalar sirtida qoʻzgʻalmas tok oʻlchovi
choʻtkalar sirpanadi. Rotor uchun doimiy tok manbai sifatida quvvati
uncha katta boʻlmagan oʻzgarmas tok generatori — uygʻotgich
ishlatiladi. Odatda, uygʻotgichning quvvati sinxron mashina
quvvatining(1-3)% ini tashkil etadi. Ayrim hollarda sinxron generator
hosil qilgan tokni toʻgʻirlash yoʻli bilan doimiy toʻk hosil qilinadi. Elektr
yuritma tizimlarida sinxron dvigatellar keng qo‘llanilmoqda. Bu
an’anaviy katta quvvatga ega bo‘lgan ayon qutbli va ayonmas qutbli
rotorli mashinalar bilan birga maxsus sohalarda ishlaydigan yangi
konstruksiyaga ega bo‘lgan dvigatellarning paydo bo‘lishi bilan
bog‘liqdir.
Ba'zi hollarda sinxron motorlardan foydalanish afzalroqdir:
Quvvat faktorini yaxshilash uchun.
Tez-tez ishga tushirish va to'xtash kerak bo'lmagan uzoq texnologik
jarayonlarda.
Shunday qilib, ushbu turdagi dvigatellarning "plyuslari" "minuslardan"
sezilarli darajada oshib ketadi, shuning uchun hozirda ular talab katta.
Sinxron dvigatelni, qurilmani va uning ishlash tamoyilini o'rganib,
uning ishlash shartlarini hisobga olgan holda, siz maqsadingizga mos
keladigan (himoyalangan, yopiq, ochiq) jihoz turini tez va oson
tanlashingiz mumkin va undan maksimal samaradorlik bilan
foydalanish kerak.
Sinxron generatorning qo‘zg‘atish tizimi deb qo‘zg‘atish tokini hosil
qilib, uni boshqarishni ta’minlab beruvchi elektr mashina yoki elektr
jihozlari yig‘indisiga aytiladi (qo‘zg‘atgich, yordamchi va rostlovchi
qurilmalar majmuyi). Qo‘zg‘atgich rotor chulg‘amlari bilan kontakt
halqalari va cho‘tkalar orqali elektr jihatdan ulangan bo‘ladi.
Qo‘zg‘atish tizimining ishonchli, mustahkam, tejamli qo‘zg‘atish tokini
ruxsat etilgan chegaralarda rostlash imkonini beradigan, tez ishlovchi,
avariya holatlarida qo‘zg‘atish tokining eng katta qiymatini ta’minlab
beradigan bo‘lishi talab qilinadi. Qo‘zg‘atish tizimi 2 guruhga bo‘linadi:


mustaqil qo‘zg‘atishli, o’z-o‘zidan qo‘zg‘atishli. Birinchi guruhga
o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha elektr mashinali
qo‘zg‘atgichlar kiradi. Ikkinchi guruhga bevosita generator
chiqishlariga maxsus pasaytiruvchi transformator orqali ulangan
qo‘zg‘atish tizimlari kiradi. Mustaqil qo‘zg‘atish tizimlarining ishlashi
tarmoq holatiga bog’liq bo'lmaganligi sababli keng tarqalgan. Hozirgi
paytda generatorlarda quyidagi qo‘zg'atish tizimlari keng ko‘lamda
qo‘llaniladi: o‘zgarmas tok elektr mashinali; yuqori chastotali; tiristorli
va cho‘tkasiz qo‘zg‘atish tizimli. O‘zgarmas tok mashinali qo‘zg‘atish
tizimlari 150 MW quwat- gacha bo‘lgan generatorlarda ishlatiladi. Bu
qo‘zg‘atish tizimlarining kamchiligi ularning qo‘zg‘atish tokini o‘sib
borish tezligining yuqori emasligidadir. Katta quwatli generatorlarda
yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagichga ega bo‘lgan qo‘zg‘atish tizimlaridan
foydalaniladi. Bunda generator bilan bitta umumiy valga qo‘shimcha
generator ulangan bo‘lib, uning kuchlanishi to‘g‘rilagichlar orqali rotor
chulg‘amlariga uzatiladi.
Sinxron mashinalarning vazifasi.
Mеxanik enеrgiya dеyarli sinxron gеnеratorlar yordamidagina elеktr enеrgiyaga aylantiriladi.
Rotorning aylanish tеzligi qutblar juftining soni va tok chastotasi bilan bog’liq elеktr mashinalar sinxron mashinalar dеyiladi, bu bog’lanish quyidagicha bo’ladi:
n =f 60 / p f=50 gs sanoat chastotasida va qutblar jufti r=1,2,3 va h.k. bo’lganda sinxron mashinalarning rotori n=3000, 1500, 1000 ayl/min tеzlik bilan aylanadi. Sinxron mashinalar elеktr gеnеratorlari, dvigatеllari va rеaktiv quvvat kompеnsatorlari
sifatida ishlatiladi. Barcha elеktr mashinalari kabi ular ham qaytuvchanlik xususiyatiga ega. Sinxron mashinalar, asosan, barcha elеktr stansiyalarda uch fazali elеktr gеnеratorlari sifatida ishlatilmoqda. Zamonaviy issiqlik elеktr stansiyalarida quvvati 800 kVA va undan ortiq bo’lgan gеnеratorlar o’rnatilgan. Gidravlik elеktr stansiyalardagi gеnеratorlarning quvvati birmuncha kam bo’lib, 500- 600 kVA ni tashkil etadi. Atom elеktr stansiyalarida esa bitta blokning quvvati 1,5 ming MVA ga еtadi.
Stator va rotor sinxron mashinaning asosiy qismlari hisoblanadi. Statorning o’zagi o’zaro izolyasiyalangan elеktrotеxnik po’lat yaproqchalardan yig’ilgan bo’lib, silindrsimon yaxlit korpusning ichki sirtiga mahkamlanadi. Stator o’zagining ichki qismidagi pazlarga uch fazali o’zgaruvchan tok chulg’amlari joylashtiriladi (14.15-rasm).

Mashina o’qiga mahamlangan kontakt halqalariga rotor chulg’amining ikki uchi mahkamlangan bo’lib, halqalar sirtida qo’zg’almas tok ulovchi cho’tkalar sirpanadi. Rotor uchun doimiy tok manbai sifatida quvvati uncha katta bo’lmagan o’zgarmas tok gеnеratori-uyg’otgich ishlatiladi. Odatda, uy-g’otgichning quvvati sinxron mashina quvvatining 1-3% ini tashkil etadi. Ayrim hollarda sinxron gеnеrator hosil qilgan tokni to’g’rilash yuli bilan doimiy tok hosil qilinadi. 14.16-rasmda sinxron mashinaning elеktr sxеmasi tasvirlangan










Foydalanilgan adabiyotlar
Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O’quv qo’llanma. Q.R.
Allaev, I.H. Siddikov .
Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti (o’quv qo’llanma). M.S. Sapayev,
F.M. Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar
ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012.
Siddikov I.X. Aloqa qurilmalari qayta tiklanuvchi elektr ta’minoti
manbalari fanidan uslubiy qo’llanma – Toshkent, TATU, 2016 .

Yüklə 87,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin