Мавзу: сыз кенгайтирувчилари ва гап кенгайтирувчиларининг мувофиклашуви ва фаркланиши



Yüklə 49,25 Kb.
səhifə4/6
tarix09.12.2022
ölçüsü49,25 Kb.
#73362
1   2   3   4   5   6
m.khakimovna

Shavkat

tayyorlanayotganda

bexabar



edi

Bunda bo‘laklarning barchasi bir so‘z bilan ifodalangan. Bu so‘zlarning har biri qanchalik kengaysa ham, ushbu gapning lisoniy strukturaga munosabati o‘zgarmay qoladi. Bu gapning Olimlikni orzu qilgan Shavkat pedagogika universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlab, magistraturaga kirish uchun tayyorlanayotganda o‘z faoliyatiga daxldor bu gaplardan bexabar edi tarzidagi kengaygan ko‘rinishi struktur sxemasiga diqqat qilaylik:

Ye



N

W



Pm

Shavkat

tayyorlanayotganda

bexabar

edi


orzu qilgan

Olimlikni

kirish uchun

magistraturaga

tamomlab


diplom bilan


imtiyozli
universitetini


pedagogika



gaplardan

daxldor bu



faoliyatiga

uz


Ko‘rinadiki, bu gap qanchalik keng bo‘lmasin, uning struktur qolipi o‘ta sodda va oldingi nutqiy gap qolipidan mutlaqo farqlanmaydi.
So‘zlarning nutqiy voqyelanishi ular bevosita konstruktiv bo‘lakka bog‘langanda yuz beradi. Konstruktiv bo‘lak bo‘lishi uchun kesimlik shakllanishi zarur bo‘ladi. Chunki kesim mavjud bo‘lsagina, unga bog‘langan ayrim so‘zlar konstruktiv bo‘lak tabiatiga ega bo‘ladi. Masalan, Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi nutqiy hosilasi xabar ifodalash xususiyatiga ega emas. Chunki unda kesim yo‘q. Demak, bu hosila gap emas va unda gap bo‘laklari ham mavjud emas. Bu hosila gap qolipiga daxldor qilinsa, qolip to‘ldiruvchisi maqomini olsa, so‘zlardan mutlaq hokimlarining mavqyei o‘zgaradi va boshqalari ham shu hokim unsur orqali gap qolipiga kiradi. Bu yoyiq unsur gapda kesim, ega, hol kabi konstruktiv bo‘laklar mavqyeini egallashi mumkin.
Kesim: Mening orzuim - qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi
Ega: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi -mening orzuim.
Hol: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallaganligi uchun biz behad ruhlandik.
Demak, dastlabki nutqiy hosila gap tarkibiga kiritilsa, undagi bosh kengayuvchi unsur (egallashi) gapning konstruktiv bo‘lagiga aylanadi, sifat o‘zgarishiga uchraydi, gap qolipiga bevosita daxldorlik kasb etadi. Lekin uning kengaytiruvchilari u orqali - bilvosita gap qolipiga aloqador bo‘ladi, ular mavqyeidagi o‘zgarish sifat o‘zgarishi darajasida bo‘lmaydi.
So‘z va gap kengaytiruvchilari bir-biriga aylanib turadigan hodisalardir. Masalan, Kecha kelgan bolani tanimadim gapida kecha so‘zi kelgan so‘zining kengaytiruvchisi. Lekin Bola kecha keldi? gapida u gap kengaytiruvchisi maqomini olgan. Birinchi birikuvda u kelgan so‘zshaklidagi zamon ma’nosiga bog‘langan. Ikkinchi gapda esa so‘zshakl kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma’nosiga daxldordir. Kecha kelgan bola birikuvidagi kelgan so‘zshaklidagi zamon ma’nosi bilan keldi so‘zshaklidagi zamon ma’nosi farqlanadi. Birinchi so‘zshakldagi zamon sifatdosh shaklining ma’nosi bo‘lsa, keldi gap markazida tasdiq-inkor, modallik, shaxs-son va kesimlik pozisiyasi unsurlari sistemasidan iborat butunlikning tarkibiy qismidir. To‘g‘ri chiziq uchburchakning tomoni sifatida boshqa mohiyatga, kvadratning tomoni sifatida boshqa mohiyatga ega bo‘lgani kabi, zamon ham Kecha kelgan bola birikuvida boshqa, Bola kecha keldi birikuvida boshqa butunlikning tarkibiy qismidir. Harakatning bajaruvchisi ham goh so‘z kengaytiruvchisi, goh gap kengaytiruvchisi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Salim kecha kelgan. Salim kecha kelganda men yo‘q edim juftligining birinchisida Salim gap kengaytiruvchisi (ega), ikkinchi gapda esa so‘z kengaytiruvchisidir, ya’ni konstruktiv bo‘lak emas. Shuningdek, keltirilgan misoldagi mintaqa bosqichida unsuri egallashi so‘zi kesim mavqyeida kelganda konstruktiv bo‘lak, boshqa hollarda (hol va ega bog‘langanda) esa so‘z kengaytiruvchisidir.
Demak, ma’lum bo‘ladiki, muayyan aktant birlikning gap yoki so‘z kengaytiruvchisi mavqyeida bo‘lishi kengayuvchi so‘zning sintaktik mavqyei bilan belgilanadi.
Gap bo‘lagi maqomida so‘z ham, so‘z birikmasi ham kelishi mumkin. Gap bo‘lagi vazifasida kelgan so‘z o‘z kengaytiruvchilari bilan bir butun holda bitta gap bo‘lagi (yoki bo‘lakning bo‘lagi) sanaladi.
Gapni bo‘laklarga va so‘z birikmasiga ajratish sintaktik tahlilning ikki xil ko‘rinishidir. Gapni bo‘laklarga ajratish kommunikativ birlik tahlili bo‘lsa, so‘z birikmalariga ajratish nominativ birlik tahlilidir. Masalan, Salima o‘qigan kitobni men kecha tugatgan edim gapining gap bo‘laklari buyicha tahlili quyidagicha bo‘ladi:
1) tugatgan edim - kesim;
2)men - ega;
3) kecha - hol.
Salima o‘qigan kitob birikuvi gap bo‘lagi emas va u bo‘laklar tahlilida e’tiborga olinmaydi.
Demak, to‘ldiruvchi va aniqlovchi so‘z kengaytiruvchilari bo‘lganligi bois gap bo‘laklari tahlilida e’tiborga olinmaydi. Gapni so‘z birikmalariga ajratishda esa kengayuvchi so‘z kengaytiruvchi so‘z bilan birikma sifatida olinadi. Gap kengaytiruvchilari biror so‘z (atov birligi) ma’nosini emas, balki kesimlik qo‘shimchasi ma’nosini muayyanlashtirganligi bois, so‘z birikmalari sifatida olinmaydi. Shunday qilib, yuqoridagi gapdan kommunikativ sathga daxldor, ya’ni [Pm] ga bog‘lanuvchi so‘zlarni chiqarib tashlasak:
a)Salim o‘qigan;
b)o‘qigan kitob;
v)kitobni tugatmoq
kabi uchta so‘z birikmasi mavjudligi ayon bo‘ladi. Chunki gap tarkibidagi Salim, o‘qigan, kitob birliklari so‘z kengaytiruvchilaridir.
Demak, xulosa qilish mumkinki, so‘z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilari munosabatidan kelib chiqqan holda so‘z birikmalari tahlilini gap bo‘laklari tahlili bilan qorishtirmaslik kerak.

Yüklə 49,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin