MAVZU: SO‘Z VA GAP KENGAYTIRUVCHILAR HAQIDA NAZARIY QARASHLAR TAHLILI REJA: I KIRISH. II. ASOSIY QISM 1.Gap kengaytiruvchilarning zamonaviy tilshunoslikda o'rganilishi 2.So'z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilarining bir-biridan farqi 3.Murod Muhammad Do'stning " bir toychoqning xuni " asaridagi gap kengaytiruvchilarning tahlili. III. XULOSA IV. ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH Gap kengaytiruvchisi gap tarkibida ma’lum bir bo‘lak vazifasida kelayotgan so‘zlaming lug‘aviy ma’nosiga emas, balki gapning kesimini shakllantirgan morfologik vositaga bog‘lanadi. Gap kengaytiruvchisi sifatida ega gapning kesimlik qo‘shimchalari tarkibidagi shaxs-son, hol esa zamon, modallik, tasdiq-inkor shakllari bilan bog‘lanadi. Gap kengaytiruvchilari faqat kesimga tobelanadi va uning boshqa bir so‘zga tobelanishi kuzatilmaydi. Bu bilan u sintaktik qurilmadagi barcha tobe birliklarning umumiy — faqat bir so‘zga tobelanish, lekin birdan ortiq so‘zga hokim mavqeida bo‘la olish qonuniyatini (xususiyatini) namoyon qiladi.Gap tarkibidagi mustaqil so‘zlik mavqeini saqlagan barcha so‘zlarning ma’noviy qobiliyati asosida kengaya olishini va shu qobiliyatni namoyon qilishini ta’minlovchi lug‘aviy birlik so ‘z kengaytiruvchisi deyiladi. So‘z kengaytiruvchisi gapning qurilishiga bevosita aloqador hodisa bo‘lmay, ma'lum bir so‘zning ma’nosini muayyanlashtirish, uni ochib berishga aloqador bo‘lgan hodisa. So‘z kengaytiruvchisi mustaqil, alohida bir gap bo‘lagi — gap qurilishining zaruriy tarkibiy qismi emas. U gapning ma’lum bir bo‘lagiga ergashib, tobelanib keladi, gap markazi — kesim tarkibidagi kesimlik qo‘shimchasi bilan bog‘Ianmaydi. Aniqlovchi ana shunday bo‘lakning usullik ko‘rinishi.
Kurs ishining dolzarbligi. Ushbu kurs ishi o‘quvchilarga gap va so‘zlarning kengaytiruvchilari haqidagi tushunchalarni yanada osonroq va to‘laroq tushunishga yordam beradi.