Toshkent shahar Profi Universiteti
Yosh fiziologiyasi, Anatomiyasi va gigiyenasi
fanidan yozgan
1-MUSTAQIL ISHI
GLOSSARIY
Mavzu: Skelet qismlari.
Gavda skeleti - umurtqalar pog`onasi va ko`krak qafasidan iborat.
Umurtqa pog`onasi –ta umurtqalardan tashkil topgan bo`lib, 7 ta umurtqadan iborat bo` odamning umurtqa pog`onasi 33 - 34 yin, 12 ta umurtqadan iborat ko`krak, 5 ta umurtqadan iborat bel, 5 ta umurtqadan iborat dumg`aza, 4 -5 ta umurtqadan iborat dumdan tashkil topgan. Tana uzunligini 40% ini egallaydi va tananing asosiy ustuni va tayanchi hisoblanadi.
Umurtqalar teshigi - orqa miya joylashadigan umurtqa pog`onasi kanalini hosil qiladi.
Umurtqalar aro disklar – umurtqalar oralig`ida joylashgan bo`lib, ular umurtqa pog`onasini harakatchanligini ta’minlaydi.Yosh ulg`ayishi bilan disklarning balandligi o`zgaradi.
Suyaklanish jarayoni - homilaning rivojlanish davridayoq shakllanadi. Tug`ilgandan keyin yangi suyaklanish, 14 yoshga yetganda o`rta qismdagi suyaklanish, 21- 23 yoshga qolgan umurtqalar suyaklanishi tugaydi. 1,5 yoshgacha umurtqa pog`onasi tekis o`sadi. 1,5 – 3 yoshgacha bo`yin va yuqorigi ko`krak umurtqalarning o`sishi sekinlashadi. 10 yoshga bel va ko`krakning pastki umurtqalari jadal o`sa boshlaydi.
Bo`yin lardozi - old tomonga yo`nalgan egiklik tufayli do`mboqlik hosil bo`lishi . Bu bola hayotining 6 -7 haftaligida ya’ni bola boshini tik ushlab turishini boshlaganda yuz beradi.
Ko`krak kifozi – ort tomonga yo`nalgan do`mboqlik, egiklik: bola 6 oylikda o`tira boshlaganda hosil bo`ladi.
Bel lardozi – bola tik turadigan va yuradigan bo`lganda hosil bo`ladi. Bel lardozi hosil bo`lishi bilan og`irlikni tushish markazi orqa tomonga o`zgaradi va bola tik turganda uning yiqilishiga qarshilik ko`rsatadi.
Odamning spesifik xususiyatlari - umurtqa pog`onasining ustunidagi egik tufayli u prujinaga o`xshash egiluvchan bo`ladi. Yurgan chopgan va sakragan paytdagi zarbalar va silkinishlar kuchsizlanadi va yo`qotiladi bu bilan miyani joyi o`zgarishdan qimirlashdan saqlaydi.
Skolioz – umurtqa pog`onasi ustunining bir tomonga qiyshayishi ya’ni jismoniy jihatdan zayif bolalarda rivojlanadi. Uzoq vaqt partada, stulda noto`g`ri o`tirishdan paydo bo`ladi.
Ko`krak qafasi – ko`krak hujayralari ko`krak bo`shlig`ining suyakli asosini tashkil qiladi. U to`sh suyagi va orqa tomondan umurtqa bilan tutashgan 12 juft qovurg`adan iborat, yurak, o`pka, jigarni himoya qiladi va nafas muskullari bilan qo`l muskullarini tutashgan joyi hisoblanadi.
Qo`l skeleti – yelkaning yuqorisida 2 ta yalpoq kuraklar joylashgan. Har bir kurak umrov suyagi bilan tutashgan. Kuraklar va umrov suyaklari yuqorigi qo`llar poyasini tashkil etadi. Yuqorigi qo`l va oyoqlarni erkin skeleti bilan tutashgan bilak, tirsak suyaklaridan iborat, yelka va panja suyaklari bilan tutashgan.
Oyoqlarning kamari – dumg`aza va unga harakatsiz holda birikkan 2 ta chanoq suyaklardan iborat.
Erkin skelet – oyoqlarning son suyagidan 2 ta boldir: katta va kichik boldir hamda kaft suyagidan iborat, oyoq kafti tovon oldi, tovon va kaft barmoqlari suyaklaridan tashkil topgan.
Son suyagi - odamning eng katta va uzun suyagidir.oyoq kafti tovon suyagi va tovonning oldingi qismlariga tayanadigan gumbaz hosil qiladi.Gumbaz bo`ylab tananing og`irligi bir tekis tarqaladi. Gumbaz amortizator vazifasini o`taydi. Yurgan paytda tananing silkinishini yumshatadi.
Miya qutisi – bu boshning skeleti bosh miya joylashgan joydir. Bosh skeletining miya bo`limi tarkibiga ; ensa, qilichsimon, peshona va to`rsimon tepa va chakka suyaklar kiradi.
Pastki jag` - bosh suyagidagi yagona harakatlanadigan suyakdir.