LMS tizimlarining asosiy funksiyalari LAMS IMS Learning Design standarti
asosida 2003-yilda yaratilgan. JAVA dasturlash tilida yozilgan. Kross-platformali,
32ta tilga dastur interfeysi tarjima qilingan va GPLv2 asosida bepul foydalanish
mum-kin. LAMS dasturiy majmuasining boshqa LMS‘lardan farqi shundaki,
o‗qituvchilarga o‗quv jarayonini strukturalashda vizual vositalardan foydalanish
imkoniyatini beradi, bu vositalar o‗quv jarayonida o‗quv resurs-larini (elektron
o‗quv resurslarni, chat, so‗rovnomalar, topshiriqlar) va nazorat turlarini qanday
ketma-ketlikda bo‗lishning vizual ko‗rinishini ta‘minlaydi. Bunda o‗qituvchi
«sinchqoncha» orqali bu ketma-ketliklarni hech qanday qiyinchiliksiz joylarini
o‗zgartirishi mumkin bo‗ladi. LAMS — elektron o‗quv resursini vizual ravishda
o‗quv kontentlarni o‗zgartirish, boshqarish va yaratishdagi imkoniyatlarining
mavjudligi sababli yangi revolyusion ilova hisoblanadi. U o‗qituvchiga o‗quv
kontentini yaratishda intuitiv tushunarli interfeys taqdim qiladi. Bu interfeys o‗z
ichiga har xil individual vazifalar, guruhli o‗qitishda frontal vazifalarni berishini
o‗z ichiga oladi. O‗quv modulini yozish vaqtidagi tizimning barqaror versiyasi 2.4.
Tizimning rasmiy internet manzili:
Dostları ilə paylaş: