Мавзу: Соат дақиқа



Yüklə 1,29 Mb.
tarix24.10.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#161197
sutka




O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI






MAVZU: SUTKA.


Maqsadi:
1. SUTKA haqida tushuncha berish, soat mili qanday aylanishini tushuntirish,
Tarbiyaviy maqsad:
O`quvchildarni zukkoligini, vatanparvarligini oshirish, aqliy va axloqiy tarbiyani singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
Misol va masalalarni yechish malakasini oshirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: Ertak - sarguzasht, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Soat maketi, rebus, tarqatma materiallar, sirli olma darxti maketi xar xil didaktik materiallar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
O`zbek ekan millatim
Salom berish odatim,
Shuning uchun deymizki
Assalomu alaykum.
O`qituvchi: o`quvchilardan oy, kun, sana so`raladi.
1. O`lkamizda hozir qanday fasl?
2. Bahor fasli qaysi oydan boshlanadi?
3. Bahorda tabiat manzarasi qanday bo`ladi?
4. Bahorda qanday mevalar pishadi?
5. Bahor faslida qanday bayramlar bo`ladi?
II. O`tilgan mavzuni mustaxkamlash.
Daftarlar almashtiriladi.
O`qituvchi: Bugungi dars mavzusini bilish uchun ushbu rebusni yechsangiz yangi mavzu nomi chiqadi, bunda har bir rasmni bosh xarfini qo`yib o`qiysiz.



S u t k a
O`qituvchi: Mavzuni bilib oldingiz: Sutka.
O`qtuvchi sutka haqida o`quvchilarga tushuntiradi. Sinfga soat siferblati modellarini olib kiradi. Unda soat minut va millari hamda minutli bo`limlari yaxshi ko`rsatiladi. Soat mili qanday aylanishini u ma’lum soatlarni qanday ko`rsatishini tushuntirib beramiz.
Ma’lumki yer yuzining barcha joylarida birdek kecha-yu kunduz bo`lmaydi. Aksincha bir nuqtada muqum turgan quyosh o`z o`qi atrofida aylanayotganda yer kunduzni sekinlik bilan kechaga aylantiradi. Bir kecha kunduz 24 soat ya’ni 1 sutka.
O`qituvchi:
Chiq-chiq qilar ovozi
Tinmay yangraydi so`zi,
O`ylab boqchi Qanoa’t
Topdim o`qituvchi bu!

O`quvchining diqatini topish.
- Soatnimani bildiradi?
- Vaqt qancha bo`lganini bildiradi.
Har bir o`quvchining kun tartibi bo`lishi kerak. Agar kun tartibiga rioya qilinsa har bir kun soat daqiqa unumli o`tadi deb tushuntiriladi.
- Soat nechada Sardor uxlaydi, o`rnidan turdi, yuz qo`lini yuvdi,Choyini ichdi, maktab bordi, uyga qaytdi, uy vazifasini bajaradi, telivizor ko`rdi......
Har bir harakat haqida tushuntirish kerak bo`ladi. Soatning kichik mili vaqtning bo`ganini ko`rsatadi, katta mili daqiqani ko`rsatadi.
O`qituvchi:
Hozir sizlarga vaqtni qadirlamagan bilmasvoy bola haqida ertakni aytib beraman.
Bir bor ekan bir yo`q ekan qadim yaqini zamonda darslarga borishni yoqtirmaydigan, ishlarini vaqtida qilmaydigan vaqtnii qadriga etmaydigan bilmasvoy bola bo`lgan ekan.
Bilmasvoy xecham vaqt o`tmasligini orzu qilar ekan. Bundan habar topgan vaqtlar qiroli uni tarbiyalash uchun o`z qasriga olib ketibdi. Bolaning ota-onasi o`g`lining yo`qolganligini bilib yig`lay-yig`lay ko`zlari ko`r bo`lib qolibdi. Bolaning qutqarishning bir yo`li bor ekan. Bu yo`l vaqt qasrigacha bo`lgan oralig`dagi qo`shish va ayirish daryolari ekan. Qasr eshigini ochish uchun sirli daraxtning mevalariga yozilgan misol va masalalarni echish kerak ekan.
Bolaning ota-onasi yoniga olib kelish uchun manashu shartlarni bajarishimiz kerak. Buning uchun uchta guruhga bo`linamiz.
Guruhlarimizga mavzumizga mos nom beramiz.
1 – guruhga soat, 2 – guruhga daqiqa, 3 – guruhga sutka.
O`qituvchi: o`quvchilarga joylashtiradi, o`quvchilar o`zlariga sardor saylaydi.
O`qituvchi bolalarga mangtiqiy savol beradi. Bu o`quvchilarni fikrini bir joyga jamlash uchun yordam beradi.

  1. Qachon 3 ko`rib 15 deymi?

  2. Qanday soat vaqtni ikki marta to`hg`ri ko`rsatadi?

  3. Qaysi oy 28 kuni tugaydi?

  4. O`quvchi soat 8 da soatni 9 ga qo`yib uxladim, o`quvchi nechi soat uxladi?

  5. Vrach bemorga 30 minut oralig`ida 3 ta ukol yozdi, bemor 1 ukolni soat 1 da olsa 3 – ukolni soat nechada oladi?

  6. 72 soat necha sutka? 100 soatchi?

O`qituvchi:
Bolalar biz bilmasvoynim qutqarish uchun yo`lga otlandik,
648– masalani yechamiz.

J: 1.Elektron soat kechqurungi vaqtni ko`rsatayapti.


2.Mili bor soatda buni aniq aytish imkoniyati yo`q.
Dam olish daqiqasi:
O`quvchilardan soat haqida bilgan she’rlari so`raladi.
Soat ishga shaylanar, Kech kiradi ong otadi,
Qo`lin yozib aylanar. Uxlab qolsa uyg`otadi.
Ogoh qilin odamlarni, Sen unga et itoat,
Ko`rsatadi raqamlarni. Yordamchidir bu soat.
Kim aytadi sutka nima?
Deb so`radi bizdan o`qituvchi
Shu notanish so`z bilan
O`ylantirdi hammani
Sutka quyosh chiqqandan
Yana qaytib chiqquncha
Oraliqda sezmasda
O`tar ekan kunduz kecha.
(o`quvchilar she’rga mos harakatlar bajaradilar.)
O`qituvchi: Endi soat haqidagi o`rgangan topishmoqlarimizni eslab ko`ramiz.
Chiq-chiq der yo`q tovushi
Vaqtning aniq o`lchovi (soat)
Tili yo`q, oyog`i yo`q
Hisoblaydi yuradi.
Kecha, kunduz yursaham
U bir joyda turadi.(soat)

Darsni mustahkamlash:


O`qituvchi: Mana masalani ham yechdik. Yo`lda dam ham oldik. Qasrga kirish uchun yana bir to`siq bor. Qasr eshigini topish uchun sehrli daraxt mevalariga yozilgan 649-misolni yechamiz. Agar misol to`g`ri yechilsa, bilmasvoy uyiga qaytishi mumkin.
Bu musobaqada guruhlarda ishlashlar taklif etiladi. Guruh a’zolari sehrli olmalardagi misollarni tamom bo`lgancha qadar qancha tez va ko`p olma terib orqasidagi misollarni to`g`ri ishlasa o`sha guruh g`olib deb topiladi va rag`bat beriladi. Bu orqali bolalarga ekalogik tarbiya beriladi va bog`bonchilik kasbiga yo`naltiriladi.
650-misol Bilmasvoyga baliq tushishga yordam berish orqali yechamiz:

Namuna: 360-60:1=300


651-masala reja asosida qisqa shart tuzilib yechiladi:

I-b 7 min – 630 ta g`
II-b 6 min- 420 g
II-b 1 min ? kam
Y: 630:7=90
420:6=70
90-70=20
J: 20 ta g`isht.



Dars yakuni.
O`quvchilar baholanib, rag`batlantiriladi.
Uy vazifasi: 652-misol va 653-masala



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin