mavzu soat juftlik Bolalar va o‘spirinlarni tushunish uchun tadqiqotlardan foydalanish



Yüklə 464 Kb.
səhifə25/25
tarix06.03.2023
ölçüsü464 Kb.
#86821
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Rivojlanish 2-mavzu

TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR

  1. Ilmiy tadqiqot tamoyillari deganda nimani tushunasiz?

  2. Tadqiqotlarda respondentlar manfaatlari qanday usullarda himoya qilinadi?

  3. Biografik usulning qanday o`ziga xos xususiyatlari mavjud?

  4. Eksperimental o`rganishni misollar keltirish orqali izohlab bering.

  5. Qaysi tadqiqotlar ijtimoiy uyushmalarni aniqlaydi?

  6. Korrelyatsion tadqiqotlar qanday o`tkaziladi?

  7. Tabiiy sharoitda bolalarning kunlik faoliyatini tavsiflovchi tadqiqotlar haqida nimalarni bilasiz?

  8. Bolalarni kuzatishning qanday usullari mavjud? Ularga misollar keltiring.

  9. Harakat tadqiqotlari qanday o`tkaziladi?

  10. O`qituvchi-tadqiqotchilar uchun tavsiya etilgan axloqiy ko`rsatmalarni sanab bering.

AMALIY BAJARISH UCHUN KEYSLAR
Keys 3: Ikki ona
Ikki yosh ona ko`chada bolalar bog`chasiga qatnaydigan o`z qizlarining xulq-atvorlari haqida bir-birlari bilan o`rtoqlashmoqda: “Mening qizim juda faol va mustaqil o`syaptimi, demak undan ham fikr-mulohazalarini so`rash kerak, deb o`ylayman”, ikkinchi ona: “Mening qizim hali ham bola. Katta bo`lgandan keyin hamma narsani o`zi sekin-asta qilishga o`rganadi”.
Keysga savol-topshiriq:

  1. Har ikkala onaning o`z qizlari tarbiyasiga yondashuvini taqqoslang.

Izoh. Ushbu muammoni hal etish uchun tarbiyaning turli usullarini tahlil qilish va bolaning faolligi hamda uning mustaqil bo`lishining ahamiyati haqida xulosa qilish zarur.
Keys 4: Psixolog taklifi
Fransuz psixologi A. Pyeron tomonidan taklif etilgan vaziyatni koʻrib chiqamiz. Sayyoramiz halokatga uchradi deb, faraz qilaylik. Buning natijasida, aholining katta yoshlilari vafot qilib, yer yuzida faqat kichik yoshdagi bolalar qoldi. Lekin, barcha moddiy neʼmatlar saqlanib qolgan boʻlsin.
Keysga savol-topshiriq:
1. Bu holda insoniyatga, uning tarixiga nima boʻlar edi?
2. Bolalarning psixik rivojlanishi qanday kechar edi?
I zoh. Ushbu muammoni yechish uchun jamoaviy tarixiy tajribani taʼlim va tarbiya yordamida uzatishning muhimlik farazini oʻrtaga tashlash lozim
Yüklə 464 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin