Reja:
1. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar.
2. Ijtimoiylashuv vositalari
3. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni
4. Ijtimoiy moslashuvning pedagogik mexanizmlari.
Tayanch so‘zlar: Ijtimoiylashuv, omil, mikro, mezjo, makro, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiylashuv jarayoni, ijtimoiylashuv vositalari, ijtimoiylashuv agentlari, megaomillar, makroomillar mezoomillar, ijtimoiy omillar, biologik omillar.
Mashg‘ulot maqsadi: Bolalik-insonning ijtimoiy moslashuvning ilk davri ekanligi, maktabgacha tа’lim, ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir etuvchi omillar, mikro, mezo va makro omillar, Shaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri, ijtimoiy moslashuvning pedagogik mexanizmlari haqida to‘liq ma’lumot beriladi.
Mavzuni o‘rganish natijasida talaba: Mavzu bo‛yicha yetarlicha bilim, ko‛nikma va malakalarga ega bo‛ladilar.
Fanni o`zlashtirish va mustaqil o‘qib-o‘rganish uchun asosiy adabiyotlar ro‘yxati: 1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori Maktabgacha ta’lim-tarbiyaningdavlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida 802-qaror 2020-yil 22-dekabr.
2. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi. O‛zbekiston Respublikasi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun davlat o‛quv dasturi /Takomillashtirilgan ikkinchi nashr/. Тoshkent-2022
3. Maktabgacha pedagogika F.R.Qodirova 2019-yil
4.Mavlonova R. va boshqalar “Ijtimoiy pedagogika” (O‘quv qo‘llanma) - T., 2009 y.
1. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar. Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv bolalar, o’smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko’p sonli shart-sharoitlar bilan o’zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O’rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari 4 guruhga bo’linadi;
1.Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo’ladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatadi.