mavzu soat juftlik Xarakter. Reja


Jinsiy diformizm va individning psixologik tavsifi



Yüklə 85,8 Kb.
səhifə5/6
tarix21.12.2023
ölçüsü85,8 Kb.
#188836
1   2   3   4   5   6
Umumiy psixologiya 7-ma\'ruza.

Jinsiy diformizm va individning psixologik tavsifi

odamlar xarakterining ba’zi xususiyatlari ularning qaysi jinsga tegishliligi bilan belgilanadi. Jinsiy psixik xususiyatlar faqat biologik omillar bilan emas, balki tarixiy tarkib topgan erkak va ayol ijtimoiy rollarining bo‘linishi, jinsiy belgilar bo‘yicha mehnatning taqsimlanishi, erkaklik va ayollikning madaniy-tarixiy stereotiplariga muvofiq ravishda qizlar va o‘g‘il bolalarni an’anaviy tarbiyalashdagi farqlar bilan ham bog‘liqdir. Jinsiy indentifikatsiya – individ o‘zini ma’lum jinsga tegishli deb bilishi uning jinsiy ijtimoiylashuvi, jinsga muvofiq holda o‘zini anglashning rivojlanganligi, ijtimoiy-jinsiy rolni egallash bilan bog‘liq. Individning jinsiy o‘zini anglashi to‘g‘ri jinsiy hulq-atvorni mustahkamlaydigan va bo‘lishi mumkin nuqsonlarni qoralaydigan ijtimoiy muhitda shakllanadi.


Jinsiy me’yorlar, erkak va ayol stereotiplari tizimi odamda «erkak obrazi» yoki «ayol obrazi»ni shakllantiradi. Birlamchi jinsiy o‘zini identifikatsiyalash 2 yoshgacha shakllangan bo‘ladi, 6-7 yoshlarda esa o‘yin, hulq-atvor uslubini tanlashda, jinsiy segregatsiya (jins umumiyligining shakllanishi)da namoyon bo‘ladigan jinsiy mayllar jadallik bilan shakllanadi
Ayniqsa, o‘smirlikda jinsiy-rolli yo‘nalish tengdoshlar muloqotida etakchi o‘rinni egallagan holda kuchayadi. Bunda an’anaviy erkaklik xususiyatlariga ayollik xususiyatlariga nisbatan bir muncha ortiqcha baho beriladi.
O‘smirlikda jinsiy o‘xshashlik tanqidiy anglanadi. Ayrim o‘smirlarda bu yoshda dismorfobiya – jinsiy nomuvofiqlikdan qo‘rqish sindromi yuzaga kelishi mumkin. Jismoniy va psixologik ijtimoiy rivojlanishning nomutanosibligi og‘ir kechiriladi, jinsiy rolli o‘z mavqeini o‘rnatish jadallik sodir bo‘ladi, shaxsning psixoseksual yo‘nalganligi shakllanadi.
Qanday psixologik xususiyatlar individning jinsga mansubligi bilan bog‘liq? Bu muammo bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar etarli darajada emas. Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, qizlar nutq qobiliyatlari bo‘yicha o‘hil bolalardan ustun keladilar, o‘g‘il bolalar ko‘rish-fazoqiy qobiliyatlari bilan ustundirlar, erkaklar ayollarga nisbatan tajavozkorroq va beqarordirlar, ayollarning aqliy qobiliyati va idroki ko‘proq tahlil qilishga moyildir. Qizlar va ayollar og‘ir murakkab faoliyat turlarini yaxshiroq eplaydilar. Inson tashqi ko‘rinishi ayollar tomonidan izchilroq idrok qilinadi. Ayollar emotsional ta’sirchandirlar. Ayol psixikasi irsiyat tomonidan, erkaklarniki – muhit ta’sirlari tomonidan belgilangandir.
Ta’sirlanish, xavotirlanish, raqobatchilik va dominantlikning jinsiy farqlari haqida fikrlar bildiriladi. Ayollar uchun hulq-atvorning ko‘proq emotsional-ekspressiv, erkaklar uchun – jismli-instrumental uslublari xosdir.
Jamiyat madaniy rivojlanishining yuqori darajalari ijtimoiy ishlab chiqarishda erkak va ayollarning qarama-qarshiligini engishga nisbatan nuqtai nazar bilan xarakterlanadi, ayollar tomonidan «erkaklar» kasbining egallanishi, ularda muvofiq keladigan psixik sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Lekin bu jinsiy rolli intilishlarning ayrim noaniqligini, shaxslararo munosabatlarda nizolarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan jinsiy rollar an’anaviy stereotiplarining tubdan o‘zgarishini keltirib chiqaradi.
«mukammal erkak» va «mukammal ayol» obrazlari hozirda to‘la aniqlanmagan.
Xulosa o‘rnida parijda chop etiladigan oynoma o‘tkazgan so‘rovnoma savollarini keltiramiz. Quyidagi savollar berilgan edi: «erkaklarning qaysi sifatlarini ayollar asosiy deb hisoblaydilar, va erkaklar nazarida ayollarning kamchiligi nimadan iborat?».
Xuddi shunday, ayollarning fikriga ko‘ra, erkaklar o‘zlarida kasbiy muvaffaqiyatlari, tashqi ko‘rinishlari, ayniqsa, jismoniy ko‘rsatkichlari, insoniy fazilatlari, matonat, shaxsiy holat, kiyim-boshni qadrlaydilar. Ayollar nazdida erkaklar o‘zlarining ziyoliligi, hazilkashligi, umumiy madaniyati, xushmuomalaligi, xususiy mulki bilan jozibadordirlar, ularga suyansa bo‘ladi.


Yüklə 85,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin