TASDIQ VA INKOR SO’ZLAR 1-topshiriq. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosi va vazifasi haqida fikr yuriting.
Siz shu maktabda o‘qiysizmi?
-Ha.
Sakkizinchi sinfdami?
Yo’q, yettinchi sinfda.
Men ham yettinchi sinfdaman. 50-maktabda o‘qiyman.
Muzqaymoq yemaymizmi?
Mayli.
Yuring, salqinga o‘tamiz.
Xo‘p.
Ha, xo‘p, maylisingari so’zlar tasdiq so’zlar; yo‘q, mutlaqo singari so’zlar inkor so’zlar sanaladi. Bunday so‘zlar dialogik nutqda -mi so’roq yuklamasi orqali ifodalangan so‘roq gaplarning javobi bo‘lib keladi.
288-mashq. Nuqtalar o‘miga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chiring. Bu so‘zlar qanday ma’noni anglatyapti?
Sizlarga uy topib bersam, qiroatxona ochmaysizlarmi? — ..., ochamiz. Lekin kitoblami qayerdan olamiz? (H. Qodiriy)
Shuni olib keta qol. Sotib bir kuningga yaratarsan, o£g‘rigina bolam. — ...-e, buvi, yomon niyat qilmang. Ha-huv deguncha bu kunlar ham unut bo lib ketadi. — Xayr, o’g’rigina bolam, kelib tur. — ..., ona, .... (G‘afur G‘ulom) 3. — Suv beraymi, ota? Choi o'ziga keldi. — ..., suv ichmayman! — dedi Me’mor, — buni qara, qizim, meni xayol olibdi, mana shu tomonda bir katta qasr solingan emish. (Mirmuhsin)
4...., otaxon, olmayman.Sizga bu juda zarur buyum.(Said Ahmad) 5. ..., kechasi allamahalgacha kitob o£qib, kam uxlagan. Biz ehiqquncha damini olib turar.(Yoldosh Sulaymon) S о ‘ z l a r: Yo’q, yo’q-yo’q, xo‘p-xo‘p, mayli. 289-mashq.1-topshiriq .Berilgan rasm asosida “Hukmdor huzuridagi Navoiy” mavzusida suhbat matni tuzing.
289-mashq. 2-topshiriq Gaplarni yozing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini tushuntiring va turini ayting.
1. Men haq gapni aytyapman. — Ha, mayli, buni hozircha ochiq qoldiramiz. (X. To’xtaboyev) 2.Ayting-chi, siz bu gaplarga ishonasizmi? — Mutlaqo. 3. Yo‘q, men buni hozirgi kayfiya tingga qarab aytayotganim yo‘q. (Abdulla Qahhor) 4. Xo‘p, shu so’riga joy qilgin.(S. Zunnunova)