Hol ilmi- odamlarning ruhiyati, el-yurtning botiniy ahvoli, ma’naviyati ularni tarbiya qilish usullarini tahlil qilib, o’rganib chiqib shunga yarasha dastur tuzib, shu asosda ish yuritish ( bunda nazarda tutilgan xalq ta’limoti dinga, xurofotga berilish darajasi ham tahlil qilinadi, qaysi viloyatdan elining dunyoqarashi qay tarzda shakllanishini aniqlash, - hol deyiladi. Hol-qalb, sir va haqiqat ilmi. Abdurahmon Jomiy bu ilmni quyidagicha tasnif etgan: iymon, ehson, ikon, tavba, zuhd va taqvo, ixlos, nafsni tanish, qalbni anglash, nafs va qalbni poklash, ishorat va ilhom asaridagi farqni bilish, xitob, yashirin nido, Olloh kalomini bilish, mushohada va tavhid, maqom va hol yaqinlik va uzoqlik, vuslat, fano va baqo, sakr holi, sahv holi ilmi kabilar.
Qol ilmi- falsafiy nazariyalarni hamda sha’riy fikrni ( to’g’rilik, halollik, shariatdagi fiqh, qonun qoidalari ) usullari. Bunda suhbat, ma’viza, ta’lim-tarbiyani yo’lga qo’yish uslubi tushuniladi.
Ahli qol- o’z hayoti, qismati va tajribasi bilan bog’lanmaydigan gaplarni takrorlashdan nari o’tolmaydigan kimsalar guruhi. Dil emas, til, ma’no emas, da’vo bilan yashash yo’lini tutgan gumroh, munofiqlar jamoasi.