Mavzu:Somoniylar tangasi noyob husnixat namunasidir
Reja:
1. Xalifalikni dastlabki davrida muomalada bo`lgan tangalar.
2. Arab xalifaligi tomonidan zarb qilingan tangalar.
3. Somoniylar davri tangalari.
Xulosa.
Ettinchi asrdan boshlangan arablar istilosi Turkistonni xam o`z domiga tortdi.
Bu ijtimoiy xayotning xamma soxalariga ta`sir ko`rsatish bilan bir qatorda
tangasozlik soxasida xam muxim bosqich bo`ldi. Arablar xalifaligi barpo
qilingan dastlabki yillarda Vizantiya va Somoniylar davrida zarb qilingan
tangalar savdo muomalasida ishlatilgan. SHundan so`ng xalifalik o`sha davr
tangalarini chiqarishni davom ettirgan. Lekin tangalardagi Vizantiya imperatori
yoki Somoniylar xukmdorining tasviri arab yozuvi bilan zarb qilingan.
Ettinchi asrning so`ngida Abdumalik Umaviy pul isloxoti o`tkazib, musulmon
tangasini zarb qilishga asos soldi.SHundan e`tiboran tangalar sof epigrafik,
ya`ni ularda faqat yozuvlar joylashtiriladigan bo`ldi. Bu davrda zarb etilgan
yangi tangalar xar ikki tomonida xam tasvirlarni yo`qligi bilan oldingi
tangalardan ajralib turar edi. Asta-sekin yozuvlar bir tartibda yozila boshlandi.
Tanganing old tomoniga "Lo iloxa illollox", orqa tomoniga esa "Muxammad
olloxning rasuli" degan yozuvlar bitilgan. Aylanma yozuvlar ko`proq
suralaridan iborat. SHunisi muximki. tanganing old tomonida tanganing nomi,
zarbxona nomi xijriy xisob bo`yicha tanganing zarb etilgan yili keltirilgan.
Xalifalikda oltindan. kumushdan. misdan tangalar zarb qilingan ularning
nomlanishi metalga bog`liq edi. Oltin tangalar – dinor, kumush tangalar –
dirxam, mis tangalar - ful`s deb atalgan.
Ilk musulmon tangalari ismsiz bo`lgan. Keyinroq xalifalarning, noiblarning va
xokazolarning ismlari paydo bo`ladi. Musulmon tangalardagi yozuvlar ko`fiy
usulida yozilganligidan VIII - IX asrlardagi tangalar ko`pincha kufiy tangalar
deb yuritilgan. Dinor va dirxamlarni faqat dastlabki vaqtlarda xalifalikkina
zarb qilish xukukiga ega bo`lgan. Mis tangani esa vorislar, amirlar tanga
chetiga uz nomlarini yozdirib zarb qilishlari mumkin edi. Oltin tanga tashki
savdo uchun zarb qilingan edi. Xalifalik savdosida kumush tangalar dirxamlar
pul muomalasini asosini tashkil etgan. Ular xalifalik va uning xalqaro
savdosini etarli darajada ta`minlaganlar.
Movorounnaxrda arablar istilosidan keyingi dastlabki vaqtlarda umumxalifa
tangalari bilan bir qatorda maxalliy eski tangalar xam muomalada bo`lgan va
arablar uz noiblarining nomlari bilan arab yozuvida shunday tangalarni zarb
qilganlar.
Asta-sekin bu erlarda xam umumxalifalik tangalari dirxam, ful`slar zarb
qilina boshlagan. VIII-IX asrlarda Buxoro. Samarqand, SHoshda SHunday
tangalar zarb qilingan. Bundan tashqari vaqti - vaqti bilan tangalar zarb
qiladigan shaxarlar xam bo`lgan. Mas,: Muaskar ash-shosh(SHosh kal`asi),
usha davrdagi Farg`ona poytaxti Axsikent shunday shaxarlardan xisoblanadi.
Movorounnaxr xalifalikdan ajralib chiqqandan keyin Xirot viloyatidan kelib
chikkan Toxir ibn Xusayn (821-873) Xuroson noibi etib tayinlanadi va u
Toxiriylar sulolasiga asos soladi. U Bag`dod xalifaligiga tobe bo`lib ichki
siyosatda mustaqil edi. Toxiriylarga tobe bo`lgankeltirilgan qisqagina
ma'lumotga qaraganda, uning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn
Zakiriyo ibn Xattob ibn Sharik bo‘lgan. Naslu nasabi Buxoro ahlidan, 899 yilda
shahar yaqinidagi Narshax qishlog‘ida duyoga kelgan. 959 yilda 60 yoshida
vafot etgan. “Buxoro tarixi” asarini u 943-944 mobaynida arab tilida yozadi.
Kitobni Samoniylar davlatning hukmdori Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn
Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy (943-954 yy.) ga bag‘ishlaydi. Afsuski, “Buxoro
tarixi”ning arab tilidagi asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning faqat ancha-
muncha qisqartirilib, fors-tojik tiliga ag‘darilgan tarjimasigina yetib kelgan8.
“Buxoro tirixi” kitobida yozishda Muhammad Narshaxiy o‘z kuzatishlari,
mahaliy aholidan eshitgan va bilganlari bizgacha yetib kelmagan tarixiy
hujjatlarga asoslanish bilan birga ko‘pchilik tadqiqotchilar nazari tushmagan
arabnavis mualliflarning asarlaridan ham keng foydalangan. Kitobda Madoiniy,
Balazuriy va Tabariy asarlariga bo‘lgan havolalar buning yorqin dalilidir.
Bulardan tashqari, Muhammad Narshaxiy o‘z asarida islomiyatga qadarli
Buxoro tarixi va arablar bosqini bilan bog‘liq bir qancha rivoyatlarni keltiradi.
“Siyovush marsiyasi” va “Poykand fojiyasi” kabi axborotlar mana shunday xalq
og‘zaki rivoyatlari namunalaridandir. Buxoro va Poykandning islomiyaga
qadarli bo‘lgan hokimlari, Poykand ravotlari, arablarning Buxoroga tomon
dastlabki yurishlari, shuningdek Muqanna to‘g‘risidagi axborotlarning bir qismi
Muhammad Narshaxiyga mansub bo‘lib, ular ma'lum darajada yozma manbalar
hamda og‘zaki rivoyatlar asosida bayon etilgan.
Sharg‘ va Iskijkat bozorning ta'rifi; Ismoil Somoniy tomonidan Sharg‘ qishlog‘i
yerlarining xaridi; yiliga ikki marta Buxoroda bo‘ladigan mohrshz iyd bozori;
Ko‘shki Mug‘on yerlarining X asrdagi bahosi; shahar atrofi ko‘shklarining
o‘ymakor sanamlar bilan bezatilgan eshiklari; “kashkashon”- savdogarlar bilan
arablar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojaralar; nihoyat,“oqkiyimliklar”ning rahnamosi
- Muqannaning fojiali qismati to‘g‘risida cho‘rilaridan birining nabirasi
og‘zidan eshitgan hikoyasi ayniqsa antiqa axborotlardan hisoblanadi. Abu Nasr
Ahmad Quboviyning yozishicha, Muhammad Narshaxiy o‘z kitobini Nuh ibn
Nasr as-Samoniy davrigacha bo‘lgan Samoniylar sulolasining hukmronligi
to‘g‘risidagi axborotlar bilan tugatadi.
“Buxoro tarixi”ning fors tiliga tarjimasi 1128 yilda Abu Nasr Ahmad ibn
Muhammad ibn Nasr al-Quboviy tomonidan amalga oshirilgan. Asar matnining
tahlili shuni ko‘rsatadiki, Abu Nasr Ahmad Quboviy asarni tarjima qilishda uni
faqat qisqartiribgina qolmay, balki IX asr mualliflaridan Abu Ja'far Muhammad
ibn Jarir at-Tabariyning “Tarixi Tabari”, Abulhasan Abdurahmon ibn
Muxammad Nishopuriyning “Xazoinul-ulum” hamda Abu isxoq Ibrohim ibn al-
Abbos as-Suliyning “Ahbori Muqanna” nomli asarlaridan olingan qimmatli
ma'lumotlar bilan to‘ldiradi. “Buxoro tarixi”da keltirilgan xadislardan ma'lum
bo‘lishicha, Abu Nasr Ahmad Quboviy hadis ilmining ulomalaridan biri
mashhur muxaddis Muhammad Shamsudin Abu Bakr Zaranjariying biz uchun
noma'lum bo‘lgan asaridan ham foydalangan. Masalan, Buxoro shahrining
paydo bo‘lishi, “Bozoro moh”, Arkning barpo etilishi, “Kampirok devor”,
Buxoro va unga tobi joylarning dehqonchilik xo‘jaligi tafsilotlari hamda
shaharning
tarixiy
topografiyasi
(shahristondan
tashqari)
bayoniga
bag‘ishlangan sahifalar Abu Nasr Ahmad Quboviyning Abulhasan Nishopuriy
nomidan “Buxoro tarixiga” kiritgan qo‘shimchalaridan hisoblanadi9.
Shu bilan birga “Buxoro tarixi”ning tarjimoni va muharriri Narshaxiydek
mahalliy mualliflardan bo‘lgani uchun asarni o‘z kuzatishlaridan to‘plagan
hamda bilgan va eshitgan axborotlar bilan ham to‘ldirgan. Mana shunday
ma'lumot va axborotlar asosida asarga bir butun sahifalar, ayrim hollarda esa
butunlay yangi qism yoki boblar kiritilgan. Masalan, “Buxoro
tarixi”ning“Shamsobodning bino etilishi” va “Iyd nomozgohi” kabi boblaming
xotima sahifalari va boshqalar Abu Nasr Ahmad Quboviy qalamiga mansubdir.
Quboviy tarjimasidan rosa yarim asr o‘tgach, 1178-1179 yillar mobaynida
Buxoro hukmdori sadr Abdulaziz ibn Burxonuddin uchun “Buxoro tarixi”ning
fors-tojik matni ham yangitan tahrir qilinib, Mhammad ibn Zufar ibn Umar
tomonidan ikkinchi marta qisqartirilib.qayta bayon etiladi. O.I. Smirovning
fikricha, ayrim qo‘shimchalar bilan bir qatorda “Buxoro tarixi”ni nomma-nom
boblarga ajratish asarning mana shu ikkinchi muharriri qalamiga mansubdir.
XIII asrdan boshlab “Buxoro tarixi” noma'lum ko‘chiruvchi muharrirlari
tomonidan muttasil to‘ldirib borilgan. Jumladan, “Buxoro arkining bino etilishi
haqida” va “Buxoro shahrining devori” kabi boblarda Xorazmshoh Muhammad
ibn Sulton Takash (1200-1220 yy.) farmoni bilan Buxoro arki devorining
tiklanishi, 1165 yilda qurilgan shahar tashqi devorining ta'mir etilib, uning
sirtidan Buxoroning ikkinchi qatordan tashqi devor bilan o‘rab olinishi,
shuningdek 1220 yilda Chingizxon boshliq mo‘g‘il lashkarlarining Buxoroga
bostirib kirib, o‘n ikki kun davomida arkni qamal qilib, olib borilgan jang
oqibatida qal'a va shahar devorlari vayron etilib, Buxoroning bosqinchilar
tomonidan olinishga bag‘ishlagan sahifalar XIII asrning 20-yillaridan keyin
“Buxoro tarixi”ga kiritilgan muhim qo‘shimchalardir. Bu qo‘shimchalar
asarning tarjimoni Abu Nasr Ahmad Quboviy yoki uning ikkinchi muharriri
Muhammad ibn Zufarlarga tegishli bo‘lmay, balki yana bir noma'lum muharir
qalamiga mansubdir10.
Yuqorida qayd etilgan juz'iy qo‘shimchalar nazarda tutiladigan bo‘lsa, bizgacha
yetib kelgan “Buxoro tarixi”ning fors-tojik tilidagi nusxasi bir necha bor
qisqartirilib, tahrir etilgan va aslidan tubdan farq qiladigan tarjimasidan ko‘ra
uning arabcha matni asosida ko‘plab qo‘shimchalar kiritilgan yana bir yangi
asarga aylangan, deb tushinish mumkin. U vaqtda “Buxoro tarixi”ning
tarjimoni va asosiy muhariri Abu Nasr Ahmad Quboviyni Narshaxiyning ham
muallifi yoki asarning ommabop yangi variantini yaratgan o‘z davrining o‘tkir
muarrixi deb hisoblashga to‘g‘ri keladi.
Somoniylar o‘z davlatida juda yaxshi yulga quyilgan hukmronlik tizimini
urnatdilar. Turk g‘ulomining xizmat pog‘onasidan ko‘tarilish jarayoni muarrix
va davlat arbobi Nizomulmulk (1018— 1092) ning mashhur «Siyosatnoma»
(Siyar ul-muluk) asarida bayon etilgan11.
Manbalarda o‘zlaridan keyin o‘lmas noyob asarlar qoldirgan ko‘plab yetuk
olimu fozillarning muborak ismu shariflari saqlanib qolgan. Chunonchi,
keyinchalik Gardiziy, ibn al-Asir hamda Juvayniy kitoblariga manba bo‘lgan
«Kitob fi-axbor vuloti Xuroson» asarining muallifi Abu Ali Husaya ibn Ahmad
as-Salomiy, shuningdek, «Tarixi Buxoro»ning muallifi Abu Abdulloy
Muxammad ibn Ahmad ibn Sulaymon al-Buxoriy (924 yilda vafot qilgan)
hamda yuqorida nomi zikr etilgan Abu Bakr Muxammad ibn Ja'far al-Narshaxiy
(959 yilda vafot etgan), Samarkand shazfi tarixiga oid «Kitob al-ikmal li ma'rifat
ar-rijol» kitobining muallifi Abu Said ibn Abdurahmon ibn Muxammad al-
Idrisiy (1014 yilda vafot etgan), sakkiz jildlik biografik asar «Kitob ahvoli
Nishopur»ning muallifi Abu Abdulloy Muxammad ibn Abdul loy al-Bayyi al-
hakim an-Naysaburiy (1014 yilda vafot etgan), «Kitob al - mufoxarat ahli Kesh
va-n-Nasaf»ning muallifi Abulxaris Asad ibn Xamduyi al-Versiy (927 yilda
vafot etgan), va nihoyat, «Tavarixi Xorazm minxa al-kofi» nomli Xorazmning
qadimiy tarixi to‘g‘risidagi kitob muallifi Abu Ahmad ibn Muxammad ibn Sa'd
ibn al-Kofiy (957 yilda vafot etgan) shular jumlasidan. Shu o‘rinda Tabariyning
mashhur asari «Tarix ar-rasul va-l-muluk va-l-xulafo»ning amir Abdulmalik I
(954—961) va Mansur I (961 —976) ning vaziri Abu Ali Muxammad Bal'amiy
tomonidan 974 yili amalga oshirilgan forscha tarjimasiniko‘rsatish mumkin.
Mazkur asar va uning tarjimasi bir necha marta nashr etilgan. Rofiya
bilimdonlaridan fors klassik jug‘rofiya maktabining asoschisi, falakiyot va
jug‘rofiyaga oid 60 dan ortiq asarlar muallifi (bu asarlardan ikkitasining:
«Taqvim al-buldon» hamda «Kitob al-badi' va-t-tarix»ning nomi saqlanib
qolgan) Abu Zayd Ahmad ibn Saxl al-Balxiy (850—934) ni aloxida ta'kidlab
utish mumkin.
Somoniylar davridagi jug‘rofiyaga oid adabiyotlar ichida Abu Zayd Balxiyning
hozirgacha topilmagan asari muhim o‘rinni egallashi mumkin edi. Vazir
Jayhoiiy Buxoroga yuli tushgan ibn Fadlanni qizg‘in kutib olgani ham ma'lum.
Jayxoniy asari o‘sha davrda odat bo‘lgan an'anaga ko‘ra «G‘aroyib ad-dunyo»,
«Ajoyib al-buldon» deb atalgan bo‘lishi mumkin. Mas'udiyning tubandagi
so‘zlari fikrimizni tasdiqlaydi: «Al- Jayhoniy dunyoni tavsiflab hamda u haqda
hikoya qiluvchi, chunonchi, quidagi ajoyibotlar, shaharlar, poytaxtlar, dunyo va
dengizlar, xalqlar va ularning yashash makonlari va boshqa g‘aroyib voqyea-
hodisalar to‘g‘ risida asar yaratdi»12.
Tarixchi manbashunos olimlar B.A.Ahmedov, A.A.Madrimov, D.Yu.Yusupova,
G.S.Fuzailovalarning asarlariga qaraganda13 Movarounnahrning somoniylar
davridagi tarixi haqida xorijiy tarixchilardan dastlab Astaxoriy (Ibrohim ibn
Muhammad al-Forsiy al-Karxiy al-Astaxoriy Abu Is’hoq. U geograf olim
bo‘lgan. Kelib chiqishi Eronning Astaxor vohasidan. Ko‘plab ilmiy safarlar
qilgan. Uning “Suvar al-aqolim val masolik val mamolik” asari o‘z davrining
mashhur asarlaridan hisoblangan. 958 yili vafot etgan).
“Suvar al-aqolim val masolik val mamolik”, Ibn Havqal (Muhammad ibn Ali
ibn Havqal an-Nasibiy al-Bag‘dodiy al-Mavsiliy. Bu olim ham geograf
bo‘lganva ko‘plab safarlar qilgan. 978 yil atrofida vafot etgan) “Surat al-arz”,
Maqdisiy ( Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Bakr al-Banno al-Maqdisiy al-
Bashshor Shamsiddin Abu Abdulloh. Tarixchi va geograf olim bo‘lgan. 947 yili
Maqdisda tug‘ilgan. Tijorat bilan shug‘ullangan va ko‘p shaharlarga safar
qilgan. 1000 yili vafot etgan) “Ahsan at-taqosim” nomli asarlarida batafsil
ma'lumot berib o‘tganlar.
Movarounnahr o‘lkasi Damashqdan so‘ng Ma'mun davriga qadar Bag‘doddagi
xalifalikka bog‘liq bo‘lgan. Ma'mun xalifa bo‘lgach, As'ad ibn Somonning
farzandlarini o‘ziga yaqin kishilardan bilib, Movarounnahrga boshliq qilib
tayinlagan. Shu bilan Movarounnahr somoniylar qo‘liga o‘tgan. Lekin 875 yilga
qadar ular markaziy xalifalikka bo‘ysunar edilar. 875 yildan boshlab ular
mustaqil imperiya sifatida somoniylar davlatini barpo qildilar14.
Mashhur tarixchi olim Ibn al-Asir: “Somoniylar davlati yer yuzida keng yoyilib,
ko‘p joylarni egallagan hamda siyrat va adolat jihatidan eng yaxshi davlatlardan
edi”, deb e'tirof etgan15.
Yana bir ensiklopedik olim Ibn Hallikon somoniylar davlati amirlarini shunday
sifatlagan: “Somoniylar podshohlari Movarounnahr va Xuroson sultonlarining
siyrat jihatidan eng yaxshilari edi. Ulardan kim podshohlikka o‘tirsa, “sultonlar
sultoni”, deb atalar va shu nom bilangina tanilar edi. Bu nom unga go‘yo belgi
bo‘lib qolar edi. Odatda ular adolatli, zakovatli va ilmli kishilar bo‘lganlar”16.
Ibn al-Asir somoniylar davlatining sultonlaridan Ahmad ibn Asadni shunday
tariflagan: “Ahmad ibn Asad tama qilmaydigan, hamma yaxshi ko‘radigan kishi
bo‘lib, uning odamlari pora olmas edi”. Ushbu sultonning o‘g‘li Ismoil haqida
ham shunday fikrlarni bildirgan: “Ismoil oqil, adolatli, xalqiga yaxshi
munosabatda bo‘ladigan, yumshoq odam edi”17.Somoniylar podshohlari ilmga
va uning ahliga katta e'tibor bergan edilar. Buning tasdig‘i o‘laroq o‘lkada
ko‘plab umumiy va xos kutubxonalar barpo etilgan edi. Ibn al-Asir somoniylar
podshohi Ismoil ibn Ahmad ibn Asad( Amir Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad ibn
Asad ibn Somon fozil, olim, mohir chavandoz, shijoatli, ulamolarni hurmat
qiladigan podshoh bo‘lgan. Muhammad ibn Nasrdan uning barcha kitoblarini
tinglagan. Undan Ibn Xuzayma va boshqalar dars olgan. U 908 yili Buxoroda
vafot etgan)ni shunday tariflagan: “Ismoil yaxshi inson bo‘lib, ilm va din ahlini
yaxshi ko‘rar va ularni hurmat qilar edi”18.
Manbalarda Ismoilning o‘zi haqida shunday rivoyat qilinadi: “Samarqandda
yashayotgan edim. Bir kuni zulm bilan olingan narsalar xususida o‘ylanib
o‘tirgan edim. Shunda, Abu Abdulloh Muhammad ibn Nasr al-Faqih ash-Shofiiy
kirib qoldi. Men u zotning ilmi va dinini ulug‘lab darhol o‘rnimdan turdim”19.
O‘z davrida somoniy sulton huzurida ilmiy munozaralar tashkil qilinar va
sultonning o‘zi turib biron bir masalani so‘rar edi. So‘ng hozir bo‘lgan ulamolar
bunga javob berar edilar. Sultonlikdagi har bir jome masjidda kutubxona mavjud
bo‘lib, eng kattasi Marv shahrida joylashgan edi. Mazkur kutubxona turli
lug‘atlardagi nafis kitoblarni qamrab olgan. Shuningdek, sultonning maxsus
kutubxonasi ham bo‘lgan.
Somoniylar davrida Movarounnahr o‘lkasi hadis, fiqh, lug‘at va boshqa islomiy
ilmlar bo‘yicha yetuk olimlarni yetishtirib chiqargan. Ular o‘zlarining jiddu
jahdlari, ilm yo‘lidagi qiyinchiliklarga sabr qilishlari bilan katta matonat
ko‘rsatganlar. Ular har qancha uzoq bo‘lmasin, olis shaharlarga borib,
mashaqqat bilan ilm olgan edilar. Bunday olimlardan mashhur muhaddis
Muhammad ibn Hibbon va “Al-Ishrof” kitobining muallifi Abu Bakr ibn
Muhammad ibn al-Munzir va “At-Tahzib” kitobining muallifi al-Azhariy kabi
ulamolarni misol keltirish mumkin20.
Shuningdek, somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida turli
islomiy aqidaviy oqimlar bilan bir qatorda g‘ayriislomiy oqimlarni ham
uchratish mumkin edi.
Maqdisiy o‘sha davrlarda Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida o‘zi shohid
bo‘lgan turli oqimlar haqida shunday yozgan: “Ushbu o‘lkada ko‘p sonli
yahudiylar va oz sonli nasroniylar yashaydi. Bu o‘lka turli ilmlar, jumladan, fiqh
eng ko‘p tarqalgan maskandir. Movarounnahr va Xurosonda asosan ahli sunna
val jamoa mazhablari faoliyat olib borgan. Lekin Sijiston va Xirot kabi ayrim
shaharlarda xorijiylar, Naysaburda mu'taziliylar ham uchrab turardi.
Shuningdek, ayrim hududlarda shialar va karromiylarni ham uchratishimiz
mumkin edi. Lekin bu o‘lkada Abu Hanifa mazhabi asosiy mazhab hisoblangan.
Shosh, Tus, Naso shaharlarida shofiiy mazhabiga e'tiqod qiluvchilar ham ko‘p
edi. Ta'kidlash joizki, o‘lkada shialar bilan karromiylar, shofiiylar bilan
hanafiylar o‘rtasida o‘zaro bahslar yuzaga kelsa, sultonning o‘zi aralashib,
ularning orasini isloh qilishiga to‘g‘ri kelar edi”21. Demak, somoniy
sultonlarning o‘zlari o‘lkada e'tiqodiy va diny bag‘rikenglikni mustahkam
turgan holda o‘z nazoratlarida saqlaganlar.
Ibn an-Nadim somoniylar davrida manoniya firqasi a'zolaridan besh yuzga
yaqini Samarqandda yashaganini, ularning boshliqlari bu yerga Bobildan
ko‘chib kelganini ta'kidlab o‘tgan. Shuningdek, olim Movaro unnahrda
sumaniya firqasi tarqalganini, yahudiy va nasroniylar ham ko‘pligini zikr qilgan.
Somoniylar davrida Samarqand tarixidagi geografik va ijtimoiy-madaniy omillar
ta'lim jarayonlari, ayniqsa hanafiylikning mintaqada taraqqiy etishiga turtki
bo‘ldi. Hanafiya olimi Abul Muin an-Nasafiy “Tabsirat al-adilla” asarida
ta'kidlashicha, Movarounnahr va Xurosonning Marv va Balx kabi shaharlarida
mu'taziliya ta'limotini qabul qilganlardan tashqari Abu Hanifa izdoshlarining
asosiy qismi usul va furu' mavzularida islom kirib kelgan davrning dastlabki
kunlaridanoq hanafiya ta'limotini qabul qilgan edilar. Nasafiyning mazkur
asaridagi “Movarounnahrda mu'taziliya ta'limotini qabul qilmagan hanafiylar”
degan iborasidan, bu o‘lkada hanafiya olimlari ikki guruhga bo‘lingani ma'lum
bo‘ladi: 1.Hanafiy mu'taziliylar. 2.Abu Mansur al-Moturidiy tomonidan
rivojlantirilib tizimga solingan va mu'taziliya fikrlarini rad qilgan hanafiy
moturidiylar.Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, somoniylar davrida faoliyat olib
borgan sultonlarning barchasi ilm-ma'rifatga xayrixoh bo‘lganlar. Ular o‘lkada
yashab ijod qilgan barcha ulamolarning ilmiy meroslariga befarq bo‘lmaganlar.
Shuningdek, o‘lkada islomiy firqa va oqimlar bilan bir qatorda boshqa din
vakillarining ham faoliyatlari kuzatilgan. Ayniqsa, o‘lkada nasroniylar va
yahudiylarning uchrab turishi ham somoniylar davrida diniy bag‘rikenglikka
katta e'tibor berilganidan dalolat beradi. Yuqoridagi ma'lumotlar hozirgi kunda
ham yurtimizda boshqa din vakillariga nisbatan hurmat-ehtirom bilan
muomalada bo‘lish, o‘zaro tinchlik ostida yashashga undashi tabiiy holdir.
Ibn Xolliqon, Istahriy, ibn Havqal va Muqaddasiy keltirgan ma'lumotlarga
qaraganda, Movarounnahrning asosiy viloyatlarida, ayniqsa Zarafshon, Farg‘ona
vodiylarida, Ilaqda, Xorazmda qishloq xujaligi rivojlangan. O‘rta Osiyo
shaharlari qadimdan Yaqin va O‘rta Sharq, Volga buyi va Xitoy bilan karvoi
yo‘llari orqali bog‘lanib kelganlar. Bu haqda ibn Xurdodbeh, ibn Fadlan,
Gardiziy asarlarida, shuningdek Xorazm va Volga buyida olib borilgan
arxeologik qazilmalardan topilgan faktik materiallar mavjud.
X—XII asrlarda Movarounnahrda tarix va geografiyaga qiziqish ortib, bu
ilmlarga e'tibor kuchayadi. Chunki bu davrda mahalliy aholining ma'naviy
hayotida o‘z ona tili va unda yozilgan tarixiy va adabiy asarlarga bo‘lgan ehtiyoj
ham tobora ortib bormoqsa edi. Ayni shu davrda Gardiziyning «Zaynulaxbor»
(«Xabarlar ko‘rki»), Bayxaqiyning 30 jildlik tarixiy asari, Majiduddin
Adnoniyning «Tarixiy mulki Turkiston», Muhammad Narshaxiyning «Tarixi
Buxoro» kabi asarlari fors tiliga tarjima qilinadi.
I. 2. Mavorounnahr va Xurosonda Somoniylar hokimiyatining o‘rnatilishi
va siyosiy hayoti.
Movarounnahr va Xurosonda arab bosqinchüariga qarshi tinmay davom etgan
xalq harakatlari xalifalikning qudratiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Uning siyosiy,
ma'naviy va iqtisodiy poydevorini ma'lum darajada zaiflashtirdi. O‘z navbatida
mahalliy feodal zodagonlarning xalifalikni idora etishda keng ishtirok etishi
uchun zamin tug‘ildi. Ma'lumki, xalifalar bu qo‘zg‘olonlarni bostirish davomida
bir necha bor mahalliy zodagonlardan yordam so‘raganlar. Ko‘rsatilgan yordam
evaziga ularni ma'lum viloyat va o‘lkalarning noiblari qilib tayinlaganlar. Tez
orada mahalliy zodagonlar faqatgina Movarounnahr va Xurosonda emas, balki
xalifalik markazida ham yuqori lavozimlarni egallashga muvaffaq bo‘ldilar.
Davlatni idora etishda yuqori pog‘onaga erishgan mahalliy zodagonlar
sulolasidan biri barmakiylar bo‘lgan. Xalifa Xorun ar-Rashid (786—809 yillar)
barmakiylar qudratini oshib borayotganidan qo‘rqib, bu sulolaning hammasini
o‘ldirib yuborgan. Dorun ar-Rashid o‘limidan keyin taxt uchun bo‘lgan
kurashda yana bir mahalliy zodagonlar sulolasi tarix sahifasiga kirib keldi. Bu
Tohiriylar sulolasidir. Sulola asoschisi Tohir ibn Husayn Xurosonning eng yirik
yer egalaridan bo‘lib u Xorun ar-Rashidning ug‘li Ma'munni taxtga o‘tirishiga
yordam bergan. Ma'mun (813— 833 y.) xalifa bo‘lib olgach, Toxir ibn Xusayn
tez orada xalifalikning eng nufuzli kishilaridan biriga aylandi. U bir necha vaqt
xalifa qo‘shinining bosh sarkardasi lavozimida ishladi. 821 yili esa xalifa uni
Xuroson noibi qilib tayinladi. Tohir Xuroson noibligini poytaxti qilib Nishopur
shahrini tanladi. Xurosonga qaytgach u o‘ziga qarashli noiblikni mustaqil
davlatga aylantirish rejalarini tuza boshladi. Bir yil o‘tmasdanoq Tohir ibn
Husayn xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni man qildi. Bu
xalifaga nisbatan ochiq isyon edi. Lekin uning rejalari amalga oshmadi. U
to‘satdan vafot etdi. Taxmin qilinishicha, uning o‘limida xalifaning odamlarini
qo‘li bo‘lgan22.
Xalifa Ma'mun Tohir ibn Husayn Xuroson noibi qilib uning ug‘li Talxni
tayinlaydi (822—828 yillar). Tohirning ikkinchi ug‘li Abdullo noiblik qilgan
yillarida (830—844 yillar) Xuroson xalifaga vassal Xisoblansa-da, aslida
mustaqil davlatga aylandi. Xalifa Mutasim (833—842 yillar), bir necha bor
Abdulloni bo‘ysundirishga harakat qildi. Ammo bunda u muvaffaqiyatsizlikka
uchradi.
Tohiriylar kuchli hokimiyat tuz ishga, qishloq xo‘jaligini tashkil etishga astoydil
harakat qildilar. Yangi sug‘orish inshootlarini barpo etdilar. Mahalliy
amaldorlarni o‘z lavozimlarini suiste'mol qilmasliklarini nazorat kildilar. Albatta
bunda ular dehqonlar manfaatini emas, balki aholidan olinadigan soliqni
xazinaga izchil kelib tushishini nazarda tutganlar. Ular na devdondan olinadigan
soliq miqdorini, na ular o‘taydigan majburiyatlarni kamaytirmaganlar. Soliqlar
miqdori juda katta bo‘lgan. Manbalarda qayd qilinishicha, 844 yil aholidan 48
million dirham soliq yig‘ilgan; Soliqlarning ko‘pchiligi dehqonlarni qo‘zg‘olon
ko‘tarishiga olib kelgan.23 Tohiriylar bu qo‘zg‘olonlarni shavqatsiz bostirib
turganlar.
Tohiriylar islom dinini xalq orasida keng yoyish siyosatini davom ettirib, islom
ruhoniylarini o‘z rejalarini amalga oshirishda tayanch deb bilganlar. Talx ibn
Tohir noibligi (842—864) davrida zardushtiylik dini saqlanib kelgan
Ustrushonada ham islom dini qabul qildirilgan. Davlatni idora etishda tohiriylar
malakali, bilimli amaldorlarga muhtoj edilar. Shuning uchun ular bilimdon
odamlarga homiylik qilganlar. Ma'lum toifadagi odamlarga bilim olish uchun
keng sharoitlar tug‘dirib berganlar. Manbalarda qayd qilinishicha Tohiriylar
juda bilimdon bo‘lganlar. Xususan, Tohir ibn Husayn va Abdullo ancha tanilgan
shoir bo‘lganlar.
22
Негматов Н. Государство Саманидов. -Душанбе, “Дониш”, 1997, -21-
б.
23
Сагдуллаев ва бош^алар. Узбекистан тарихи: давлат ва жамият таравдиёти.
- T.: Академия, 2000. -96б.
Abdullo vafotidan keyin Toxiriylar davlati asta-sekin inqirozga yuz tutdi va
ko‘p vaqt o‘tmay ularning hokimiyati butunlay tugatildi. Tohiriylar sulolasining
so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir (862— 873 yillar) Yoqub ibn Lays bilan
bo‘lgan jangda mag‘lub bo‘ldi.
IX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo va Eron chegarasida xalq
harakatlari kuchayib ketdi. Bu xalq harakatlaridan hunarmand misgar aka-uka
Yokub va Amr ibn Layslar (safforiylar) o‘z niyatlarini amalga oshirishda
foydalandilar. Avval ular qarokchilik qildilar va so‘ngra Seyistondagi roziylar
— «e'tiqod uchun kurashuvchilar» qo‘shiniga qo‘shildilar. Lashkarboshilik
qobiliyatiga ega bo‘lgan Yoqub tez orada bu qo‘shinning boshlig‘i bo‘lib oldi va
861 yilda Seyistonning poytaxti Zaranj shahrini Tohiriylardan tortib oldi. Yoqub
10 yil davomida Tohiriylarga qarashli yerlarning hammasini bosib oldi. 873
yilda Yoqub Muhammad ibn Tohir qo‘shinini tor-mor qildi va Tohiriylar
poytaxti Nishopurni egalladi. Xalifa Xuroson noibligini Yoqubga topshirishga
majbur bo‘ldi. 876 yili Yoqub katta qo‘shin bilan Bag‘dod tomon yo‘l oldi.
Bag‘doddan 100 km uzoqlikda xalifa va Yoqub qo‘shinlari tuqnashdilar. Bu
jangda Yoqub qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi va u orqaga qaytdi. 879 yili
Yoqub ibn Lays vafot etdi. Taxtga Yoqubning ukasi Amr ibn Laysni o‘tkazishdi
(879—900 yillar). Amr ibn Lays xalifaga o‘z vassalligini bildirdi. Bunga
javoban xalifa Amr ibn Laysni Xuroson va Eronning noibi ekanligini qayd
qiluvchi yorliq yubordi24.
Safforiylar
xukmdorligi
davrida
xalqning
ahvoli
sezilarli
darajada
yaxshilanmadi. Vaholanki, ular xalq harakati natijasida hokimiyat tepasiga
kelgandi. Safforiylar asosan mayda va o‘rta hol yer egalariga suyangan holda
davlatni idora qildilar. Ular xalqdan olinadigan soliq mikdorini o‘zgartirmadilar.
Safforiylar katta e'tiborni qo‘shin tuzishga qaratdilar. Qo‘shinda mustahkam
intizom o‘rnatdilar. Navro‘z kunlarida qo‘shinlar maxsus ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Amirdan tortib oddiy lashkargacha ko‘rik paytida o‘z otlarini va qurol-
24 Негматов Н. rocygapcrao CaMaHHgoB, -flymaHÖe,: “^QHHm”, 1997,-
226.
yaroqlarini nazoratchiga ko‘rsatgan. Lashkarlar har uch oyda maosh olganlar.
Qo‘shinning asosini ko‘ngillilar tashkil etgan. Bu qo‘shin turi asosan qochoq va
yersiz dehqonlardan iborat bo‘lgan. Ko‘ngillilardan ta^qari Safforiylar qo‘shini
yer egalarining o‘g‘illilaridan va qullardan iborat bo‘lgan.
IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda somoniylar sulolasi paydo
bo‘lgan. Somoniylar sulolasiga asos solgan Somon yirik yer egasi bo‘lgan.
Manbalarning birida u Balx yaqinidan, ikkinchisida esa Samarqand atrofidan
yoki Termizdan bo‘lganligi qayd etilgan25. Somon Ma'mun Xuroson noibligi
paytida unga xizmatga o‘tgan va tez orada uning e'tiborini qozongan, Ma'mun
ta'siri ostida xalq zardushtiylik dinidan voz kechib, islom diniga kirgan. Xuddi
shu vaqtda Somoniyning o‘g‘li Asad ham xalifa Ma'mun e'tiborriga tushgan.
Asadning to‘rtta o‘g‘li bo‘lgan va ular Ma'mun saroyida xizmat qilishgan.
Ma'munning buyrug‘iga binoan Xuroson noibi Asadning o‘g‘illarini 820 yilda
Movarounnahr o‘lkalariga noib qilib tayinlaydi. Xususan, Asadning katta o‘g‘li
Nuhni Samarqand, Ahmadni Farg‘ona, Yahyoni Shosh va Ustrushonani, Ilyosni
Xirot noibi qilib tayinlaydi. Tohir ibn Husayn Asadning o‘g‘illarini yaxshi
bilgan va ularga kerakli vaqtda yordam qo‘lini cho‘zgan.
Bu davrda Movarounnahrning Samarqand, Farg‘ona, Toshkent va Usrushona
viloyatlarida noiblik kilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy hayotida ham
asta-sekin o‘zgarishlar yuz beradi. Movarounnahrga avval Nuh, so‘ngra Ahmad
boshchilik qiladi. Hatto o‘z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad
vafotidan (865) keyin uning o‘g‘li Nasr Samar-qandni markazga aylantiradi.
Buxoro vohasi, Naxshab (Qashqadaryo), Chag‘onrud (Surxondaryo)
vodiylaridan tashqa-ri Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va
uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko‘radi26.
Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan o‘zgarib, istiqlol
uchun qulay sharoit paydo bo‘ladi. Chunki safforiylar Movarounnahrga
hukmronlik qilishning uddasidan chiqa olmaydilar. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan
Buxoro ahli hatto safforiylarga
25
Наршахий. Бухоро тарихи, -132-б.; Бартольд В.В. Сочинения. -Т.: 1, -
267 с..
26
Сагдуллаев
А.С,
Эшов.Б.Ж.
Узбекистан
тарихи.
-Т.:
Университет:1997.-135 б.
tobe bo‘lishni xoxdamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib,
Samarqandga — Nasr ibn Ahmad huzuriga elchilar yuboradilar. Undan
Buxoroni o‘z qo‘li ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini
Buxoroga hokim kilib yuborishni so‘raydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan
qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib kilib yuboradi.
Shunday qilib, IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha
viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tib, u o‘z mustaqilligini tiklab oladi. Xuddi
shu vaqgdan boshlab Nasr ibn Ahmad o‘zini butun Movarounnahrning boshlig‘i
deb hisoblay boshlaydi. Garchi ukalari Shosh viloyatining noibi Yoqub va
Farg‘ona hokimi Asadlar o‘z nomlari bilan chaqa pul zarb etib, o‘zboshimchalik
qilsalar ham, ammo u somo-niylar hukmronligi tarixida birinchi bo‘lib kumush
dirham zarb etadi. Kumush tangalar chiqarish davlat mustaqilligining ramzi
hisoblanib, to shu vaqtgacha xalifalik viloyatlarida faqat tohiriylargina bunday
dirhamni zarb etish huquqiga ega edilar. Shunday bo‘lsa - da, Buxoro noibi
Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. O‘ziga berilgan viloyatni mumkin
qadar iqtisodiy jihatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Samarqandga Nasrning
xazinasiga yuboriladigan har yilgi soliqlarni turli bahonalar bilan to‘xtatib
qo‘yadi. Aka-uka o‘rtasida adovat paydo bo‘ladi. U 888 yiddagi jangga olib
keladi. Jangda Nasr qo‘shinlari tor-mor keltiriladi. Shu yildan boshlab Ismoil
butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmroni bo‘lib oladi27.
Ismoil Somoniy o‘rta asrlarning qobiliyatli, serg‘ayrat va nihoyatda zukko
davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, markazlashgan mustahkam
davlatni tuzishga intiladi. U o‘z vatanida barkaror tinchlikni ta'minlab, uni
mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatinint hamma nozik xususiyatlarini ishga
sоladi. Avvalo kattaqo‘shin to‘plab, ko‘chmanchilar dashtiga askar tortadi. 893
yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliqlarga kaqshatqich zarba beradi. Bu
somoniylar davrida ko‘chmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish bo‘ldi.
Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga bo‘lgan uzluksiz
27
XngaaTOB r.A. KpymeHHe CaMaHHgoB. -T.: 2003, -656.
bosqinlari barham topib, o‘troq aholi endilikda vohalar atrofi bo‘ylab yuzlab
kilometrga cho‘zilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal'alarni bino qilish
va ularni muttasil ta'mirlab turishdek og‘ir va mashaqqatli mehnatdan,
tashvishdan forig‘ bo‘ladi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq
masofada Buxoro vohasining girdini o‘rab turgan qadimiy mudofaa inshooti
«Kampirak» devorining har yilgi odatiy hashari ham to‘xtatilib, u qarovsiz
qoldirilgan. Narshaxiyning
yozishicha, Amir Ismoil o‘zining kuchli
qo‘shinlarini nazarda tutib, «Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining
devori men bo‘laman»28, deb aytgan ekan.
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda Somoniylar
davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil
undirilib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo‘lgan Arab xalifaligini, bir
tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho‘chitar ham edi. Shu
boisdan xalifalik safforiylar bilan so-moniylarni to‘qnashtirishga va bu yosh ikki
davlatning har ikkisini zaiflashtirib, boy viloyatlarda ma'lum darajada o‘z
ta'sirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900 yilda ular . o‘rtasida boshlanib ketgan
urush Ismoilning g‘alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga
o‘tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga, unga
hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ladi. Shunday qilib, IX asr
oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo‘ladi.
Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o‘z qo‘li ostida kuchli bir davlat qilib
birlashtiradi, Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham beradi va
uni o‘z davlatiga qo‘shib oladi. Natijada poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan
zamonasining eng yirik mustaqil o‘rta asrlar davlati tashkil topadi. Bu davlatni
somoniylar xonadonidan bo‘lgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha
idora qiladilar.29
28
Наршахий. Бухоро тарихи, -32б.
29
Азамат Зиё. Узбек давлатчилиги тарихи. -Т. : Шарк, 2000, -94б.
Abbosiylar xalifaligi davrida bir butun bo‘lgan mazkur shahar va viloyatlar X
asrning biriichi choragida undan ajralib chiqdi. Bu bo‘linish to 935 yillargacha
davom etdi. Natijada Mesopotamiya hamdoniylar (905—1004), Misr bilan
Suriya ixshidiylar (935 —969) qul ostiga, G‘arbiy Eron buvayxiylarga,
Tabariston bilan Gurgon mahalliy daylimiylar sulolasi bo‘lmish ziyoriylarga,
Movarounnahr bilan Xuroson somoniylar qo‘liga utib qoldi. Tarixchilar
o‘xshatib aytganlaridek, xalifaga Bag‘dod bilan Vaviloniyaning bir qismigina
qoldi, xulos. To‘g‘ri, maxalliy hukmdorlar (mulk at-tavoif) hali ham xalifa
hokimiyatini tan olar, uning nomini xutbaga qo‘shib uqitar, tangalarda uning
nomini o‘ z nomlari bilan bir qatorda zarb etar, vaqt- vaqti bilan xalifaga
hadyalar yuborib turar edilar. Ammo ular Bardodga shunchaki qaram edilar,
xolos. Xalifa nomigagina davlat boshlig‘i bo‘lib, hyech kanday real hokimiyatga
ega emas edi. «Hozirgi vaqtda,— afsuslanib yozgan edi al-Mas'udiy, —
islomning kuch-qudrati inqirozga yuz tutmoqda. [Bardoddan] ziyoratchilariing
oyoqlari o‘z ilib qoldi, g‘azo urushlari esa sunib bormoqda... Shu paytgacha
islomga g‘alaba yor edi, hozir esa u bir qadar bukib qo‘yilgan, asoslari nuragan;
bu hodisa 943 yilda musulmonlar hammasi, xudo ishlarimizni o‘zi o‘ntlasin;
xalifa al-Muttaqqiy (940— 944) davrida sodir bo‘ldi»30.
Xalifalik vayronalarida vujudga kelgan davlatlarning eng kattasi Somoniylar
davlati edi. U Movarounnahr va Xurosondan Ray va Kazvingacha bo‘lgan
yerlarii o‘z ichiga olgan. Chunonchi, Ismoil ibn Ahmad (892—907) davrida
mazkur sulolaning ko‘zga ko‘ringan namoyaidalari; Somoniylar markaziy davlat
apparatiki mustahkamlashdan manfaatdor bo‘lgan feodal zodagonlar, din
peshvolari, barcha badavlat dehqon tabaqalarining qo‘llab -
30
A^MegoB B. TapuxgaH caôorç^ap. -T.: ŸKmyBHH, 1994, -386.
quvvatlashlari bilan xorijiylarning yetakchilaridan Amir Husaynni ardarib
tashlashga, Buxoroning Barnod va Romiton tumanlarida boshlangan dehqonlar
harakatini bostirishga hamda teskarichi boyonlarni davlat ishlaridan chetlashtirib
tashlashga muvaffaq bo‘ldilar; 893 yili qadimiy Usrushonaning mahalliy
hokimiyatini ardarib tashladilar hamda iqtisodii va siyosiy jihatdan ahamiyatga
molik bulgan bu nohiyani o‘z tasarruflariga olishga muaffaq bo‘ldilar. Turk-
korluqlarning Sirdaryo bo‘yidagi yerlarga kelib turgan bosqinini to‘xtatib;
Tarozni bosib oldilar (893) hamda u yerdagi aholini musulmon diniga
kirgizdilar. Mas'udiyning ta'kidlashicha, o‘shanda 15 mingga yakin kishi asir
qilib olingan. Qorluqlarning yo‘lboshchisi ahlu oilasi bilan asir tushgan. O‘sha
jangdan sung Ismoil Somoniyning lashkari shu qadar katta boylikni qo‘lga
kiritdiki, har bir suvoriyga 10 ming dirxamga barobar o‘lja tekkan. Tarixch i
Narshaxiyning shohidlik berishicha, Ismoil o‘shanda Tarozdagi butxonani
masjidga aylantirgan.
Ismoil Somoniyning eng katta harbiy muvaffaqiyati Xurosonda safforiylar
sulolasini ardarib, Balx ostonasida Amr ibn Lays (879 — 901) ustidan qozongan
g‘alabasi bo‘ldi. Bu voqyea, ibn Xolliqonning ta'kidlashicha, hijriy 286 yilning
17 shavvalida (milodiy 899 yilning 26 oktyabrida) sodir bo‘lgan. V. V. Birtold,
ibn Xolliqon bergan ma'lumotlarga asoslanib, Amr ibn Lays bilan amir Ismoilni
bir-biriga qarshi xalifa al-Mu'tadil (892—902) gij-gijlatib qo‘ygan edi, deb
yozadi31. Uning bundan ko‘zlagan maqsadi, ularning o‘rtasidaga ziddiatdan
foydalanib, o‘zining «darz» ketgan mavqyeini mustahkamlab olish edi.
«Keyingi yillarda (893 yildan keyin),- deb yozgan edi ibn Xolliqon,- Amr
Eronda o‘zining mustahkam hokimiyatini o‘rnatdi. O‘z navbatida xalifa ham
(Amrning) barcha xohish-istaklarini bajarishi lozim edi. (Xalifa)ning talab bilan
898 yili
31
EapTO^bg B.B. CoHHHeHHH. T.: 1, -167 c.
19
barcha Xuroson ziyoratchilarini o‘z saroyiga to‘plab, Ismoilning taxtdan
tushirilganligini, Amr esa Movarounnahr noibi etib tayinlanganligini e'lon qildi.
Ketma-ket Nishopurga, Amr huzuriga, turli tuhfalar hamda Movarounnahrga
noib etib tayinlanganligi tug‘risidagi guvohnoma (bilan elchilar yuborildi.
Ammo Amr musulmonlar hukmdori yuborgan in'omlarni ensasi qotibroq qabul
qildi. Elchi Amr oldiga o‘zi olib kelgan chopon va kiyimlarni yoyib qo‘ydi. Amr
xalifata hurmat yuzasidai choponlarni birma-bir kiyib ko‘rdi. Nixoyat, elchi
Amrga Movarounnahr noibligi tug‘risidagi guvohnomani o‘z atdi. Amr: «Buni
nima qilaman, Is moil qo‘lidan Movarounnahrni 100 ming yalangoch
shamshirsiz olib bulmaydi- ku»,— dedi. Elchi esa: «Buni o‘zing bilasan, axir
o‘zing xohish- irodang shunday edi-ku»,— dedi. Amr guvohnomani khliga olib
o‘pib, boshiga qo‘ydi, sung olib oldiga quydi»32...
Shunday qilyb, Seiston (u yerda safforiylar hukmron edilar), Go‘zganon
(farig‘uniylar hukmron edilar), G‘azna (dastlab mahalliy hukmdor Alptegin qo‘l
ostida edi), Xorazm, Isfijob, Chagoniyon va Xuttalondan (ularning
hukxmdorlari tobe edilar) tashqari, ulkan hudud (Movarounnahr, Xuroson)
somoniylar tomonidan buysundirilgandi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik
qildilar.
32
HapmaxHH. Eyxopo Tapnxn, 52-6.
1.3. Somoniylar davlatining inqirozi sabablari
Somoniylar davrida Movarounnahr hamda Xurosonda somoniy amirlar, ularning
oila a'zolari, dehqon zodagonlari, musulmon dini arboblari, yuqori mansabdagi
turk gvardiyasi vakillari, chunonchi, Alp tegin, Sabuq tegin, Abu Ali Simjuriy,
Foiq va boshqalar, shuningdek, badavlat savdogarlar hukmron sinf sirasiga
kirgan. Ularning qo‘lida katta-katta yer-suvlar, behisob boyliklar to‘plangan edi.
Ular mehnatkash halq ommasini, chunonchi, jamoa dehqonlari hamda shahar
kambag‘allarini ayovsiz ezar edilar. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida
dehqon zodagonlari, shariat peshvolari, ayniqsa turk gvardiyasi boshliqlari katta
rol o‘ynaganlar. Chunonchi, Alp tegin Nuh I hukmronligi davrida (943—954)
20
Xuroson hokimi bo‘lgan. U, manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda,
shu qadar katta boylikka ega bo‘lganki, bu uning Somoniylar davlati taqdirini
hal etishiga yo‘l ochib bergan. «Uning Xuroson va Movarounnahrda,— deb
yozadi Nizomulmulk, — 500 dan ortiq qishloqni birlashtirgan mulki mavjud edi.
Biron shahar yuh ediki, unda bu odamga tegishli saroylar, bog‘-rog‘lar,
karvonsaroylar, hammomlar bulmagan bo‘lsin. Uning ko‘plab galla omborlari,
ming-minglab quylari, yuz minglab ot- tuya va xachirlari bo‘lgan».
Nizomulmulkning mana bu so‘zi ham e'tiborga sazovor: «Alp tegin Nishopurda
ekanligida Xuroson amiri Nuh ibn Nasr qazo qildi. Amirning yaqin kishilari
poytaxt Buxorodan Alp teginga maktub yo‘llab, «Xuroson amiri qazo qildi,
uning 30 yoshli inisi va 16 yoshli o‘g‘li qoldi. Shu ikki kishidan birini, senga
ma'qul kelganini, davlat tepasiga quymoqchimiz, chunki sen davlat
ustunisan»33.
Markaziy davlat apparatining nisbatan mustahkamlanishi, mamlakatda
osoyishtalikning vujudga kelishi iatijasida devdonlar hamda shahar aholisiiing
ahvoli birmuncha yaxshilandi. Xalq endi ancha erkin nafas ola boshladi. Chunki
u endi bosqinchilik urushlaridan, talon-torojlardan, og‘ir xarbiy soliq va
jarimalardan
21
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov.I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.Muloqot. T. 5-son. 1998y.
2. Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. T.2000.
3. Ernazarova.T, Kognev.V. Tangalar o`tmish darakchilari. T. 1977.
4. Kognev.B. O`zbekiston pullari. "Fan va turmush".1995.
5-6sonlar.
6. Ayupova.F. Qadimiy tangalar. «Moziydan sado» 1-2 sonlar.2000y.
7. Numizmatika Uzbekistana. T.1990.
Dostları ilə paylaş: |