Darsningmaqsadi: o’quvchilarga sonli tengsizliklarni darajaga ko’tarish haqida ma`lumot berish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga sonli tengsizliklarni darajaga ko’tarish haqida bilim berish va ulardan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
O‘quv jarayonining mazmuni
Sonli tengsizliklarni darajaga ko’tarish. Darajaga ko’tarishning xossalari.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Uslub: Aralash
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik gruhlarda ishlash.
Vosita:Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
O’quvchilar yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.Ularga sonli tengsizliklarni darajaga ko’tarish va darajaga ko’tarishning xossalari. haqida bilimga va foydalanish ko`nikmalariga ega bo`ladilar.