12
deb baholangan. Yaponiyadagi bunday holat havo harorati 35—39 daraja
bo‘lganda kuzatilgan.
Hindistonda
odatda issiq keladigan may, iyun oylarida 2013-yilda
500 kishining, 2015-yilda esa havo harorati oxirgi 15 yilda birinchi marta
45 darajagacha, Machilipatnam va Tuni shaharlarida 47 darajagacha,
Olloxobod (Uttar-Pradesh) shahrida 48 darajagacha ko‘tarilishi hisobiga,
1370 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan. Oftobdan jabrlanganlarning
ko‘pligi bois favqulodda vaziyat holati e’lon qilinib, ta’tildagi shifokorlar
ham chaqirib olingan.
2015-yilning iyun oyida havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilishi
oqibatida Pokistonning Karachi shahrida 1000 nafardan ortiq kishi halok
bo‘lgan.
Oftob urishining oldini olish
Oftob urishining oldini olish uchun quyidagi qoidalarga amal
qiling:— boshni yengil yorqin rangdagi bosh kiyim, ko‘zlarni quyoshdan
saqlovchi ko‘zoynak yordamida muhofaza qiling;—
quyoshda,
cho‘milish joylarida uzoq vaqt bo‘lishdan saqlaning;— quyosh nuri
to‘g‘ridan to‘g‘ri tushib turgan ochiq joylarda bo‘lishdan qoching
(ayniqsa, quyosh faolligi davrida – 12.00 dan 16.00 gacha);— quyoshda
toblanishning davomiyligi 15—20 daqiqani tashkil qilishi, agar uzaytirish
lozim bo‘lsa bu asta-sekin amalga oshirilishi.
Biroq uning davomiyligi
ikki soatdan oshmasligi va orada tanaffuslar bo‘lishi zarur;— quyoshda
13
toblanish muolajasi uchun eng maqbul vaqt ertalabki va kechki vaqt
bo‘lib, bu muolajani ovqatlangandan so‘ng kamida bir soatdan keyin
amalga oshiring. (Bu jarayon cho‘milish bilan
almashtirib turilsa yana
ham yaxshi bo‘ladi);— quyoshda toblanishni yotgan holatda emas, balki
harakatlanish jarayonida amalga oshiring;— issiq kunlari yengil, havo
o‘tkazadigan, tabiiy matodan (kanop, paxta)
tikilgan, tanadagi terning
chiqib ketishiga to‘sqinlik qilmaydigan yorqin rangdagi kiyim kiying;—
issiq paytda kaloriyali ovqatlar iste’mol qilmaslikka harakat qiling.
Ko‘proq sut-qatiq mahsulotlari va sabzavotlar iste’mol qiling;—
organizmda suv balansini ushlab turishga harakat qiling (kuniga 3 litr
atrofida suv, mineral suv yoki maxsus tuzli eritmalar iching);—
quyoshdan saqlanish uchun yorqin rangli soyabondan foydalaning;—
vaqti-vaqti bilan yuzingizni sovuq suvda namlangan dastro‘mol
bilan
artib turing;— o‘zingizni noxush sezsangiz, shifokorga murojaat qiling va
zarur choralarni ko‘ring.— issiq sharoitda ishlaganda vaqti-vaqti bilan
imkon darajasida salqin joyda dam oling;—
imkon darajasida ish
joylarida sovutgichlar o‘rnating.
Dostları ilə paylaş: