5-6 nafar o`quvchidan iborat 2 guruh saflanadi. Xattaxtaga 2 xil meva nomi ilib qo`yiladi. Guruhlar musobaqa tarzida xattaxtada ilingan mevalar sifatini yozib boradilar.
Namuna:
Olma Anor
Shirin olma qizil anor
Ko`m-ko`k olma chuchuk anor
achchiq anor katta anor
Achchiq olma shirinanor
Qumloq olma dumaloq anor
Qizil olma kuzgi anor
Erta pishar olma achchiq anor
Shuningdek, xattaxtaga hayvonlar, parrandalar va narsalarning rasmlari ilinib, ularning sifatini yozilishi mumkin.
Masalan:
Ayiq bo`ri
Katta ayiq yirtqich bo`ri
Kichik ayiq ochko`z bo`ri
Bahaybat ayiq och bo`ri
N a m u n a
o`quvchi 2- o`quvchi
qushlar uchadi
baqa vaqillaydi
ot kishnaydi
quyon chopadi
qo`y ma`raydi
“ Birga uch” o`yini:
O`yin tartibi:
O`yinda ikkitadan o`quvchi ishtirok etadi. Birinchi o`quvchi narsa nomini, ikkinchi o`quvchi narsaning 3 xil harakatini bildirgan so`z-fe`llarni aytadi.
N a m u n a
1-o`quvchi: 2- o`quvchi
it vovullaydi
ot chopadi
eshak tishlaydi
«Undalmani top» o`yini Ushbu o`yinni o`tkazishda undalmali va undalmasiz gaplar aralashtirilib beriladi. O`quvchilar ikki guruhga bo`linib undalmali gaplarni aniqlab daftarlariga ko`chirib yozadilar. Ikkala guruhga ikki matn beriladi. Ba`zan ikkala guruhga ham bitta matn berilishi mumkin.
Matn
2.1 BOG’LANGAN QO’SHMA GAP. Qadimgi yuqori nemis tilining dastlabki yozma yodgorliklarida har-xil turdagi bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplar uchrab turgan. Bu narsa qo‘shma gaplarning adabiy til yuzaga kelganga qadar barchga german tillarida oldindan vujudga kelganligi to‘g‘risida xabar beradi.
Qo‘shma gap struktura nuqtai nazaridan ikki xil bo‘ladi: Bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gap.
1. Bog‘langan qo‘shma gap qadimgi yuqori nemis tilida xuddi hozirgi zamon nemis tilidagidek ikki xil modelda namoyon bo‘ladi.
a) bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplar. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplarning qismlari maxsus intonatsiya yordamida bir biri bilan bog‘lanadi. Masalan: Sang uuas gisungan, uuig uuas bigunnan, bluot skein in uuangon: Spilodun ther Vrankon. Der Hymnus war gesungen, die Schlacht war begonnen, das Blut stieg in die Wangen: die Franken kamen in Schwung. b) bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap. Thanan tho Zacharias uuard gitruobit thaz sehenti, inti forhta anafiel ubar ian. Zacharias war verwirrt, das sehend, und Furcht überfiel ihn. Qadimgi yuqori nemis tili davrida eng ko‘p qo‘llanadigan bog‘lovchilar: «inti» –und; «ioh»-und «ouh»-auch, «doh»-doch, «abur»-aber; «odo»-oder va boshqalar.
2. Ergashgan qo‘shma gap.
Qadimgi yuqori nemis tili davrida ergash gaplarning quyidagi turlari mavjud bo‘lgan:
1) Ega ergash gap - «ther» der bog‘lovchilari yordamida;
2) Kesim ergash gap - «ther» der shu bilan birga «thiu» «thaz» kabi bog‘lovchilar yordamida:
3) To‘ldiruvchi ergash gap – «thaz» daβ va «oba –ob» kabi bog‘lovchilar yordamida;
4) Aniqlovchi ergash gap- «ther» der; «thaz» daβ kabi bog‘lovchilar yordamida;
5). Payt ergash gap - tho, thar, da; also «als», mit thiu «als», während; ofter thiu, nachdem kabi bog‘lovchilar yordamida;
6) Maqsad ergash gap -thaz, so thaz «(so) daβ» kabi bog‘lovchilar yordamida;
7) Shart ergash gap - ibu, oba «wenn» kabi bog‘lovchilar yordamida;
8) O‘xshatish ergash gap - soso, so, sama so, selp so, «wie» kabi bog‘lovchilar yordamida;
9). To‘siqsiz ergash gap - doh «doch»; ob ouh «auch» kabi bog‘lovchilar yordamida (Moskalskaya -128-139). Gapda inkor belgisining ifodalanishi Qadimgi yuqori nemis tilida gapda qo‘llaniladigan inkor vositasi yoki inkor belgisi asosan ni (ne) yuklamasi yordamida ifodalangan. Masalan: Ni uueiz ih inan. Ich kenne ihn nicht.