Shuni ta’kidlash lozimki, jadvalga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng uni bekor qilib bo‘lmaydi. Keraksiz ustunni qo‘shgandan keyin uni o‘chirishga imkoniyat bo‘lmasligi mumkin, masalan, quyidagi so‘rov hamma MBBT larda ham ishlayvermaydi:
ALTER TABLE Vendors
DROP COLUMN vend_phone;
Bunda vend_phone ustunini o‘chirish talab qilinyapti.
ALTER TABLE Vendors
DROP COLUMN vend_phone;
Bunda vend_phone ustunini o‘chirish talab qilinyapti.
Ba’zi hollarda keraksiz jadvallarni o‘chirishga to‘g‘ri keladi. Jadvalni o‘chirish deganda uning yozuvlarini emas, balki uni o‘zini to‘laligicha o‘chirish tushuniladi.
Jadvalni o‘chirish buyrug‘i quyidagi ko‘rinishga ega:
DROP TABLE< table name >;
Masalan: DROP TABLE Vendors;
Bunga ko‘ra Vendors jadvali o‘chiriladi.
Agar Vendors jadvali boshqa jadvallar bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, bu buyruq bajariladi va Vendors jadvali o‘chiriladi.
Agar Vendors jadvali boshqa jadvallar bilan bog‘langan bo‘lsa, ko‘p MBBTlarda jadvallar orasidagi aloqa bekor qilinmaguncha bu buyruq bajarilmaydi. Shuning uchun jadvalni o‘chirishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun relyasion qoidalarga amal qilish tavsiya qilinadi.