Endi “Teachers” nomli jadvalga ham “oqituvchilar” nomli indeks yaratamiz:
So‘rov: Select *from Teachers; So‘rov: Create index oqituvchilar on Teachers(full_name); Natija:
12.5 – rasm. Teachers jadvali uchun ideks yaratish so‘rovi
So‘rov: Show index from Teachers; Natija:
12.6 – rasm. Teachers jadvali uchun yaratilgan indekslarni ko‘rish
“Teachers” jadvalidan “O’qituvchilar” nomli indeksni ko‘ramiz:
So‘rov: Show keys from Teachers in kafedra; Natija: buso‘rov natijasi yuqoridagi so‘rov natijasi bilan bir xil bo‘ladi.
“Teachers” jadvalidan “O’qituvchilar” nomli indeksni o‘chiramiz:
So‘rov: Alter table Teachersdrop index oqituvchilar; Natija:
12.7 – rasm. Teachers jadvalidan o’qituvchilar nomli indeksni o‘chirish so‘rovi
Yuqorida ko‘rib turganingizdek maxsulot jadvalidagi indexlar ko‘rsatilganda ”Empty set ” yani bo‘sh chiqdi;
Xulosa qilib aytganda index bu jadval ustunlarini ko‘rsatadigan ko‘rsatkichdir.
13 - AMALIY MASHG‘ULOTI
Mavzu: Tasavvur (VIEW) yaratish va undan foydalanish Ishdanmaqsad: Berilgan predmet soha ma’lumotlar bazasidan foydalanib tasavvurlar yaratish.
Masalaniqo‘yilishi: Predmet soha ma’lumotlar bazasi shakllantirilgandan so‘ng ob’yektlarda tasavvurlarni yaratish va VIEW dan foydalanish.
Uslubiyko‘rsatmalar: Ba’zi hollarda SELECT operatorini natijasi emas, tasavvur obyekti bo‘lganda edi, unga oddiy ma’lumot bazasini oddiy jadvali kabi murojaat qilinar edi. Ko‘p hollarda esa MB uchta jadvaldan iborat ekanligini xisobga olmay, bitta tasavvur ob’yekti bilan ishlanar edi. Shuning uchun ham MySQLda tasavvurlardan ya’ni VIEWdan foydalaniladi.
Ma’lumotlar bazasi jadvallardan tashkil topadi. Jadvallar aloxida fayl ko‘rinishida, yoki birorta faylni bo‘lagi bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, SELECT operatori yordamida virtual jadvallar yaratish, ya’ni vaqtinchalik jadvallar yaratish mumkin. Bunday jadvallar vaqtinchalik bo‘lib, yaratgan foydalanuvchi o‘zi undan foydalanishi mumkin.
Tasavvurlar ham vaqtinchalik jadvallar bo‘lib, ular ko‘p foydalanuvchilarga murojaat qilishi mumkin va u ma’lumot bazasidan majburan olib tashlanguncha mavjud bo‘ladi.
Tasavvurlar MB oddiy jadvallariga o‘xshash bo‘lib, ma’lumotlar saqlovchi fizik obyekt hisoblanmaydi. Tasavvurlarda ma’lumotlar jadvallardan tanlab olinadi.
Tasavvurlar foydalanuvchilardan jadvallarni ba’zi ustunlarini yashirish yoki ko‘pincha foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan bir nechta jadvaldan bitta yaratish kerak bo‘ladi.